Kengash — ijtimoiy-siyosiy gazeta. Toshkent shaharda chiqqan (1917, iyun— sentyabr). Turkiston musulmonlari Markaziy shoʻrosining nashri. "Najot" gaz.ning (1917-yil mart—iyun) oʻrniga chop etilgan. Gazetaga dastlab tarixchi olim Zakiy Validiy, keyinchalik Munavvarqori Abdurashidxonov muharrirlik qilgan. "K." Turkiston muxtoriyati gʻoyasini keng targʻib qilgan. Jami 16 soni chiqqan. 1917-yil oktyabrda "Turon" gazeta bilan birlashib, "Turk eli" nomi bilan nashr etilgan.[1]

Manbalar Tahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil