Bosh menuni ochish

Aravasozlik – arava yasash kas-bi; duradgorlikning qadimdan keng tarqalgan tarmog‘i. Arava qattiq, pishiq yog‘ochdan yasalgan. Aravasoz usta avva-lo yog‘och tanlagan. O‘zbekistonda aravaning g‘ildirak gardishi, gupchagi, o‘qi va gardish bilan gupchakni birlashtiruvchi yog‘ochlar qayrag‘ochdan tayyorlangan, ayniqsa gupchak qayrag‘ochning chayir qismidan yasalgan, ba’zan arava o‘qi va shotisiga olma daraxti yog‘ochidan foyda-lanilgan. Arava tanasi – shotisi va yuk qo‘yiladigan qismini hamma duradgorlar yasay olgan. Aravaning gupchagi, xu-susan g‘ildiragini yasash ancha murakkab va qiyin ish bo‘lib, u bir muncha malaka talab qilgan. Shahar va qishloklarda aravalar o‘rnini avtomobillar va trak-torlar egallagach, A.ka ehtiyoj kamaydi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil