Kaltacha
ayollarning ustki kiyimi. Oʻrta Osiyo (asosan, oʻzbek, tojik) ayollarining uzun
Kaltacha — ayollarning ustki kiyimi. Oʻrta Osiyo (asosan, oʻzbek, tojik) ayollarining uzun, oldi ochiq, keng yengli, avra-astarli (baʼzan yupqa paxta solib qavilgan) qad. kiyimi. Beqasam, kimxob, baxmaldan tikilgan, yoqasiz (yoqa oʻrnida jiyak yoki sidirgʻa shoyi, adrasdan adip tutilgan), beli qisiq (tor) boʻlgan. Buxoroda K.ning yoqasi, old qismi, etak, yeng uchlariga zardoʻzi gul tikib, atrofiga jiyak tutilgan. 20-asr boshlaridan marosim (aza)larda kiyiladi. Urfdan qolgan.[1]
Manbalar tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |