Jizzax don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyati
„Jizzax don mahsulotlari“ aksiyadorlik jamiyati — oziqovqat sanoati korxonasi. Jizzax viloyati Jizzax tumanida joylashgan. „Oʻzdonmahsulot“ davlat aksiyadorlik korporatsiyasi tarkibiga kiradi. 1972 yilda ishga tushirilgan. Asosan un, aralash yem va makaron ishlab chiqaradi. Korxona sutkasiga 240 t bugʻdoy uni, 210 t aralash yem, 180 kg makaron ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona 1972—83 yillarda Jizzax un kombinati, 1983— 92 yillarda Jizzax don mahsulotlari kombinati, 1992—95 yillarda „Jizzax don mahsulotlari“ i.ch. birlashmasining bosh korxonasi, 1995 yildan hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 1972 y. korxonada 47 ming t sigʻimga ega elevator (don saqlash boʻlimi), 2 ming tun saqlashga moʻljallangan omborxona qurilgan, 1976 yildan 17 ming t sigʻimga ega elevator ishlaydi. Korxona Shveysariyaning „Byuller“ firmasi texnologik uskunalari bilan jihozlangan[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |