Yoga
Yoga (sanskritcha — birlashish, muloqot) —1) inson ruhiyati va fiziologiyasini boshqarish taʼlimoti va metodi. "Xalos boʻlish" (moksha yoki nirvana) holatiga erishishni maqsad qilib qoʻygan hind diniy va falsafiy tizimlarining tarkibiy qismi. Insonda (ruhiyatni muayyan yoʻsinda chogʻlash orqali) organik va anorganik jarayon va jismlarni boshqarish uchun qandaydir kuch va imkoniyatlar mavjudligini tan oladi. Y.da jismoniy mashqlar tizimi ishlab chiqilgan va organizmning nafas olish va b. fiziologik funksiyalarini boshqarishda, insonda xohlagan ruhiy holatni vujudga keltirishda maʼlum muvaffaqiyatlarga erishilgan. Asosiy falsafiy gʻoyasi— inson psixofiziologiyasi bilan koinot oʻrtasidagi uygʻunlik; 2) hind falsafasidagi 6 ortodoksal (vedalarni eʼtirof etadigan) tizimlardan biri. Qad. hind faylasufi Patanjali (mil. av.2-asr bilan mil. 2-asr oraligʻi) asos solgan. Y. metodlari tabiati va funksiyalarini, ularni qoʻllanish bosqichlari va b. ni tadqiq etgan. Umumiy falsafiy masalalarda sankxya taʼlimotiga ergashadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |