Fiskal insituti
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut oliy oʻquv yurti. 2020-yil 4-noyabrdagi „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4879-son qaroriga asosan tashkil topgan. Oliygoh asosan soliq va soliqqa tortish yoʻnalishida oliy maʼlumotli mutaxassislarni oʻqitish va ularning koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan tayanch oliygohi hisoblanadi[1][2][3][4]. Institutni tashkil etish va rivojlantirish yo'lida Jahon banki tomonidan 10 million dollar kredit berilgan[5]. Istitutda kunduzgi va sirtqi ta'lim yo'nalishlari mavjud. Prezidentning 8-fevraldagi qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti bitta oliy ta’lim muassasasiga birlashtirildi.
Turi | institut |
---|---|
Rektori | Sherzod Kudbiyev |
Fakultetlar |
Kasb mahoratini oshirish fakulteti Buxgalteriya va iqtisod fakulteti Soliq va soliqqa tortish fakulteti |
Doktorantura | Mavjud emas |
Manzili |
Toshkent shahar Uchtepa tumani Kichik xalqa yo'li 3-uy |
Veb-sayti | https://fiin.uz/ |
Tarixi
tahrirFiskal atamasinung asli kelib chiqishi Rossiya iperatori boʻlgan Pyotr I ga taqaladi. Bungga sabab uning bu atamani ilk bor qoʻllagani edi. Fiskal lavozim hisoblanib bu lavozimdagi odamlar sud va moliya sohasida faoliyat yurituvchi insonlarni ishlarini nazorat qilish va ularga yordam berishdan iborat edi. Ayni damda Fiskal lavozimi rivojlangan davlatlarda soliq, moliya hamda boshqa sohalarga yoʻnaltirilgan[6].
2024-yil 8-fevral kuni Moliya va Fiskal institutlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti („Narxoz“) tarkibiga qoʻshib yuborildi[7]. Toʻlqin Teshaboyev esa universitet rektori etib tayinlanadi[8].
Yoʻnalishlar
tahrir- Soliq va soliqqa tortish
- Buxgalteriya hisobi va audit
- Raqamli iqtisodiyot
- Ma’lumotlar ilmi (Data Science)
- Xalqaro soliqqa tortish[9]
-
Yoqoxona binosi
-
Yopiq hamda ochiq sport maydoni
-
Fiskal instituti maʼmuriy binosi
-
Oʻquv binosi
-
Fiskal institut oʻquv binosi
Manbalar
tahrir- ↑ „Fiskal instituti“.
- ↑ „FISKAL INSTITUTGA QABUL QILISH TARTIBI TASDIQLANDI“ (2021-yil 18-iyun). Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „Ўзбекистон Давлат солиқ қўмитаси ҳузурида Фискал институт ташкил этилди“ (2020-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI HUZURIDA FISKAL INSTITUTNI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA“ (2020-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „O‘zbekistonda Fiskal institut tashkil etish rejalashtirilmoqda“ (2020-yil 17-mart). Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „Soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut joriy etiladi“ (2020-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „Moliya va Fiskal institutlari «Narxoz» tarkibiga o‘tkazildi“. kun.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Moliya va Fiskal institutlari «Narxoz» tarkibiga o‘tkazildi“. kun.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut“. Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.[sayt ishlamaydi]