Javlon Vahobov

o'zbek davlat arbobi, O'zbekistonning AQShdagi sobiq elchisi

Javlon Abdujalolovich Vahobov – oʻzbek huquqshunosi, diplomat. 2023-yildan Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori. 2017—2023-yillarda Oʻzbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi[1]. 2015-2017-yillarda va 2023-yilda tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari[2].

Javlon Abdujalolovich Vahobov
Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori
Mansab davri
2023-yil 30-dekabrdan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Vladimir Norov
 Oʻzbеkistоnning AQShdagi elchisi
 
Mansab davri
2017-yil 12-oktabrdan – 2023-yil 3-martgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Gʻulomov
Vorisi Furqat Siddiqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-avgust 1980-yil (1980-08-07) (43 yosh)
Toshkent
Mukofotlari

Biografiya tahrir

1980-yil 7-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ingliz va ispan tillarini biladi.

2001-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr bosqichini, 2003-yilda mazkur universitet magistratura bosqichini „xalqaro huquq“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

2001—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi referenti, attashesi, 3-kotibi, boʻlim boshligʻi.

2006—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati yetakchi konsultanti, bosh konsultanti.

2011—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari.

2013—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori.

2013—2015 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

2015-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

2017—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi.

2018—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Kanadadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2021—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Braziliyadagi favqulodda va muxtor elchisi[3].

2023—2023 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

2023-yildan – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori.

Oilasi tahrir

Amakisi Abrol Vahobov – Oʻzbekiston Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi.

Oilali, uch nafar farzandi bor. Ukasi – Davron Vahobov, 2022-yildan Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi[4].

Manbalar tahrir