Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi

Oʻzbekiston nodavlat-notijorat tashkiloti

Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi – Oʻzbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkiloti[2].

Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi
Maqomi amalda
Ishga tushgan sanasi 2006-yil
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Raisi Davron Vahobov
Rayosat raisi Adham Ikromov[1]
Vebsayti chamber.uz
Til(lar)i Oʻzbek, Rus, Ingliz

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, palata aʼzolarining huquqlarini ifoda etish, himoya qilish, tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish; boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilari haqidagi axborotni, ish imkoniyatlariga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan biznes-kataloglar eʼlon qilinishini tashkil etish; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ifoda etish hamda himoya qilish; tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar taʼlimi va ularning malakasini oshirishdan iborat.

2023-yil 18-dekabrda Investitsiyalar vazirligining hududiy boʻlimlari tugatilib, funksiyalari savdo-sanoat palatasiga oʻtkazildi[3].

Raislari

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir