Alisher Shayxov

oʻzbek davlat arbobi

Alisher Erkinovich Shayxov (1956-yil 7-noyabrda Toshkent viloyati Boʻka tumanida tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi (2006-2017)[1][2].

Alisher Erkinovich Shayxov
Алишер Эркинович Шайхов

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Alisher Shayxov 2006-yil 8-mart kuni Nyu-Dehli shahrida Ittifoqning Savdo va sanoat vaziri Shri Kamal Nath bilan uchrashuvi
Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi
Mansab davri
2006-yildan – 2017-yilgacha
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Adham Ikromov
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vaziri
Mansab davri
2005-yildan – 2006-yilgacha
Oʻtmishdoshi Nasriddin Najimov
Vorisi Elyor Gʻaniyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-noyabr 1956-yil (1956-11-07) (67 yosh)
Boʻka tumani, Toshkent viloyati
Otasi Shayxov Erkin Turdiyevich

Biografiyasi

tahrir

1979-yil Toshkent universiteti Sharqshunoslik fakultetining tarix boʻlimini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha iqtisodchi. 1983-yil iqtisod fanlari nomzodi boʻlgan.

1979—1992 — Sharqshunoslik instituti Ilmiy Akademiyasining ilmiy xodimi, direktor oʻrinbosari.

1987—1988 — Misr Arab Respublikasi Qohira universitetida ish oʻrganuvchi.

1992—1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish istiqbollari va tahlili bosh boshqarmasi boshligʻi.

1993—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi.

1994—1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari.

1995—1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish Departamenti boshligʻi.

1996—1998 — Oʻzbekiston Respublikasining Olmoniya va Avstriya Respublikasidagi elchisi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi.

1998—2001 — Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchisi.

2001—2004 — Oʻzbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATO huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi.

2004—2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi.

2005—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.

20062017 — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi[3].

20172019Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi favqulodda va muxtor elchisi.[4][5].

Manbalar

tahrir
  1. „Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi — Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining tarjimai holi“. 2017-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
  2. arxiv nusxasi, 2017-12-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-12-25
  3. Savdo sanoat palatasi raisi, 2017-12-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-12-25
  4. Xorijiy davlatlardagi elchilar, 2018-05-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-05-08
  5. Oʻzbekiston elchisi qirolicha Yelizaveta IIga ishonch yorliqlarini topshirdi

Havolalar

tahrir