Oʻzbekiston milliy universiteti
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU) — Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri; Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi birinchi universitet. 1918 yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan. Turkiston xalq universiteti 1920 yildan Turkiston davlat universiteti, 1923 yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960 yildan Toshkent davlat universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) deb nomlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi. 1995 yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan.
Oʻzbekiston Milliy Universiteti (O'zMU) | |
---|---|
280px | |
Xalqaro nomi | National university of Uzbekistan |
Asos solingan | 1918 |
Oʻquv yurti turi | Universitet |
Rektori | Avazjon Marahimov |
Talabalari | 11 000 dan ortiq[1] |
Fakultetlar | 14 |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 2 yil |
Aspirantura | 3 yil |
Doktorantura | 3 yil |
Manzili | Toshkеnt-100174, Talabalar shaharchasi, Mirzo Ulug`bеk nomidagi O`zbеkiston Milliy univеrsitеti, O`zbekiston |
TarixiTahrirlash
Turkiston untida tibbiyot, fizika-matematika, ijtimoiy-iqtisodiy (ijtimoiy fanlar), tarixfilol., texnika, qishloq xoʻjaligi, harbiy ftlar boʻlib, ularda 2969 talaba oʻqigan. Ishchi va dehqonlarni, ayniqsa, mahalliy millat vakillarini untga kirishga tayyorlash maqsadida uning huzuridagi ishchilar fakulteti muhim rol oʻynadi. universitet yildanyilga kengayib bordi. 1924 yil ijtimoiy fanlar fakulteti asosida mahalliy xoʻjalik va huquq fakulteti tuzildi. Baʼzi ftlar birlashtirildi, ayrim ftlarda bir qancha boʻlim va kafedralar ochildi. universitet mamlakatda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston uchun kadrlar tayyorlashning asosiy markaziga aylandi. Oʻzbek ziyolilarining tarkib topishida muhim rol oʻynadi. 20-yillarning 2-yarmidan untda ilmiy tekshirish ishlariga alohida ahamiyat berildi. 1929 yil aspirantura ochildi. universitet olimlari tomonidan xalq xoʻjaligi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan kashfiyotlar qilindi. Xususan, 1928 yil universitet olimi P.B. Grabovskiy. I.F. Belyanskiy bilan birgalikda elektron nur yordamida harakatdagi tasvirni bir joydan boshqa joyga uzatadigan va qabul qiladigan „radiotelefot“ apparatini yaratdilar. 1928 yildan universitet ftlari asosida mustaqil tarmoq institutlar, jumladan, Oʻrta Osiyo paxtachilik instituti, Oʻrta Osiyo paxtachilik va irrigatsiya politexnika instituti (hozirgi Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti), Oʻrta Osiyo tibbiyot instituti, Tojikiston qishloq xoʻjaligi instituti, Tojikiston agronomiyaped. instituti, Turkmaniston zooveterinariya instituti, Oʻrta Osiyo irrigatsiya muhandislari va texniklari instituti, Oʻrta Osiyo geol.qidiruv instituti, Oʻrta Osiyo industrial instituti (hozirgi Toshkent texnika universiteti), Oʻrta Osiyo ipakchilik instituti, Oʻrta Osiyo moliyaiqtisod instituti (hozirgi Toshkent iqtisodiyot universiteti) va boshqalar institut hamda ilmiy tekshirish muassasalari tarkib topdi. 1931 yil untda biol., texnika, fizikamat., ishchi ftlari ishladi. 1935 yil tarix, tuproqshunoslikgeol.geogr. ftlari tashkil topdi. 1938 yil sirtqi boʻlim ochildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan oldingi davrda universitet oʻqituvchilar tarkibi uni tugatgan milliy kadrlar (T.N.QoriNiyoziy, T.Z.Zohidov, T.A.Sorimsoqov, O.S.Sodiqov va boshqalar) hisobiga kengaydi. 1941 yil noyabrda Oʻzbekiston Davlat Universiteti (hozirgi Samarqand universiteti) SAGUga qoʻshildi (1945 yil yana ajralib chiqdi). Filol. (1942), sharq (1944), geogr. (1945), geol.tuproqshunoslik (1945) ftlari tashkil etildi. 1943 yil aprelda aspirantura kengaytirilib, doktorantura ochildi. universitet olimlari 1943 yil Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasshtnt tashkil topishi va rivojlanishida asosiy rol oʻynadilar. Keyingi yillarda universitet faoliyati yanada kengaydi, oʻquv jarayonlari takomillashdi, ilmiy tadqiqotlarlar yuksaldi. 1991 yil sharq va yuridik ftlari negizida Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent yuridik instituti tashkil topdi. Universitetda 14 ft (fizika, mexanikamat., kimyo, biol.tuproqshunoslik, geogr., geol., oʻzbek filol.si, xorijiy filol., jurnalistika, tarix, falsafa, ijtimoiy-siyosiy fanlar, iqtisodiyot, huquqshunoslik), ft maqomidagi tillar markazi, tayyorlov boʻlimi, 102 kafedra, Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti, Oliy pedagogika instituti, Amaliy ekologiya va tabiatdan unumli foydalanish ilmiy tekshirish boʻlimi, botanika bogʻi, 16 ilmiy laboratoriya, milliy qadriyatlar markazi faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, oʻquv, oʻquvuslubiy, aspirantura, marketing, ichki nazorat va monitoring, rejamoliya, hisob, kadrlar boʻlimlari, magistratura markazi, bosh muhandis xizmati va boshqalar mavjud. Universitetda 3 mln. dan ortiq asarga ega 14 ta kutubxona (ulardan 13 tasi ftlar qoshida) faoliyat koʻrsatadi. Kutubxonada toshbosma va nodir qoʻlyozmalar fondi bor.
Unt 34 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 108 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. 68 mutaxassislik boʻyicha aspirantura, 20 mutaxassislik boʻyicha doktorantura mavjud. 2005 yil 164 aspirant, 16 doktorant, 127 tadqiqotchi ilmiy tekshirish olib bordi, 14 ixtisoslashgan kengash (9 doktorlik va 5 nomzodlik) 30 mutaxassislik boʻyicha faoliyat koʻrsatadi. 2004/05 oʻquv yili untda 10250 talaba taʼlim oldi, 1059 professoroʻqituvchi, jumladan, 136 fan doktori va professor, 387 fan nomzodi va dotsent ishladi. universitet professor oʻqituvchilari orasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari (A.A.Abduvahobov, J.A. Azimov, T.A.Azlarov, Sh.A.Alimov, Sh.A.Ayupov, T.N.Dolimov, T.J.Joʻrayev, T.S.Yoʻldoshboyev, A.T.Mamadalimov, J.A.Musayev, M.M.Musaxonov, A.R.Muhammadjonov, T.M. Moʻminov, N.A.Parpiyev, S.Sh.Rashidova, M.Salohiddinov, Sh.I.Solihov, N.Yu.Sotimov, B.O.Toshmuhamedov, S.Sh.Shermuhamedov va boshqalar) bor. Universitetda muhim fan tarmoqlari boʻyicha ilmiy maktab va yoʻnalishlar yaratildi. Xususan, universitet olimlarining mat. va mexanika (V.I.Romanovskiy, T.A. Sarimsoqov,S.H. Sirojidsinov, Sh.Q. Farmonov, T.A.Azlarov, M.S. Salohiddinov,A.S. Sadullaev, Sh.A. Ayupov, Sh.O.Alimov, M.T.Oʻrozboyev, A.Begmatov), fizika (S.V.Starodubsev, O. Xolmuhamedov, Sh.Otajonov, S.U. Umarov, R.X.Mallin, kimyo (O.S.Sodiqov, R.Tillayev, K.S.Ahmedov, Oʻ.N.Musayev, S.Sh.Rashidova, Sh.T.Tolipov), biol. (Ye.P.Korovin, T.Z.Zohidov, A.T.Toʻlaganov, A.Vahobov), tuproqshunoslik va agrokimyo (S.N.Rijov, X.A.Abdullayev), biokimyo va biofizika (Yo.X.Toʻraqulov), baland togʻlarni oʻzlashtirish (I.A.Raykova), genetika (JA.Musayev), geol. (A.S.Uklonskiy, O.I.Islomov, T.N.Dolimov), geogr. (L.N.Korjenevskiy, A.Soliyev, Z.M.Akramov, H. H. Hasanov), falsafa (A.T. Ayupov, K.S.Sodiqov, E.Yusupov, S. Shermuhamedov, J.M.Boboyev, I.Rahimov), tarix (V.V.Bartold, A.A.Semyonov), huquqshunoslik (H. S.Sulaymonova, O.E.Eshonov, Sh.Z.Oʻrazayev), sharqshunoslik (Sh.Shomuhamedov), filol. (Gʻ.K.Karimov, O.Sharafiddinov, S.D. Dolimov, A.Gʻ.Gʻulomov, L.P.Qayumov, B.Qosimov, U.Normatov, A.Abduazizov, Sh.Rahmatullayev), psixologiya (E.Gʻoziyev), sotsiologiya (N.Aliqoriyev) sohasidagi tadqiqotlari mashhur.
Uni tashkil topgandan beri 110 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlandi (2005). Universitetda taniqli shoir va yozuvchilardan Oybek, M.Avezov, A.Qahhor, A.Muxtor, P.Qodirov, O.Yoqubov, Oʻ.Hoshimov, Oʻzbekiston Qahramonlari O.Sharafiddinov, A.Oripov, E.Vohidov va boshqalar oʻqigan.
Unda „OʻzMU xabarlari“ jurnal (1997) va „Milliy universitet“ gaz. (1918) chiqadi. universitet oʻz bosmaxonasiga ega boʻlib, unda har yili prof, oʻqituvchilarning 100 dan ortiq ilmiy asar va oʻquv metodik adabiyotlari nashr etiladi.
RektorlarTahrirlash
- 1918-1918 — Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli
- 1918-1918 — Aleksey Vasilyevich Popov
- 1918-1919 — Gleb Nikanorovich Cherdansev
- 1919-1920 — Nikolay Dimo
- 1920-1921 — Andrey Fedorovich Solkin
- 1921-1926 — Abram Lvovich Brodskiy
- 1926-1927 — A. A. Znamenskiy
- 1927-1930 — Boris Grigoryevich Gorodetskiy[2]
- 1930-1931 — M. A. Segal
- 1931-1931 — M. G. Antropov
- 1931-1932 — N. M. Murodov
- 1932-1933 — Toshmuhammad Qori-Niyoziy
- 1933-1936 — Vasiliy Yakovlevich Yarotskiy
- 1936-1942 — S. D. Muraveyskiy
- 1942-1943 — Sulton Umarov
- 1943-1944 — Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov
- 1944-1945 — Ya. E. Veliyev
- 1945-1950 — Sulton Umarov
- 1950-1952 — Tesha Zohidov
- 1952-1958 — Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov
- 1958-1966 — Sodiqov Obid Sodiqovich
- 1966-1971 — Saʻdi Sirojiddinov
- 1971-1983 — Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov
- 1983-1987 — Saʻdi Sirojiddinov
- 1987-1990 — Alimov Shavkat Orifjonovich
- 1990-1992 — Yusupov Erkin
- 1992-1996 — Toʻxtamurod Joʻrayev
- 1996-2004 — Toʻrabek Dolimov
- 2004-2006 — R. R. Ashurov
- 2006-2017 — Gʻofurjon Isroilovich Muxamedov[3][4]
- 2017-h.v. — Avazjon Rahimovich Marahimov
Bakalavr yoʻnalishlariTahrirlash
KunduzgiTahrirlash
# | Shifr | Taʼlim yo‘nalishi nomi |
---|---|---|
1 | 5111400 | Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili |
2 | 5111600 | Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi |
3 | 5120101 | Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili |
4 | 5120112 | Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili |
5 | 5120113 | Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tili |
6 | 5120114 | Filologiya va tillarni oʻqitish: fransuz tili |
7 | 5120201 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili |
8 | 5120202 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili |
9 | 5120203 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili |
10 | 5120300 | Tarix (mamlakatlar va mintaqalar boʻyicha) |
11 | 5120400 | Arxeologiya |
12 | 5120500 | Falsafa |
13 | 5121300 | Tarix va ekskursiya-oʻlkashunoslik ishi |
14 | 5121400 | Antropologiya va etnologiya |
15 | 5130100 | Matematika |
16 | 5130200 | Amaliy matematika va informatika |
17 | 5140100 | Biologiya (turlari boʻyicha) |
18 | 5140200 | Fizika |
19 | 5140300 | Mexanika |
20 | 5140400 | Astronomiya |
21 | 5140500 | Kimyo |
22 | 5140600 | Geografiya |
23 | 5140700 | Gidrometeorologiya |
24 | 5140800 | Geologiya |
25 | 5140900 | Geofizika |
26 | 5141100 | Gidrologiya (tarmoqlar boʻyicha) |
27 | 5141200 | Geokimyo |
28 | 5141300 | Neft va gaz kimyosi |
29 | 5141400 | Polimer va kompozitsion materiallar kimyosi |
30 | 5141500 | Biotibbiyot fizikasi |
31 | 5141600 | Foydali qazilma konlarini baholash va geomodellashtirish |
32 | 5141800 | Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi |
33 | 5210100 | Sotsiologiya |
34 | 5210203 | Psixologiya: amaliy psixologiya |
35 | 5210204 | Psixologiya: oila psixologiyasi |
36 | 5210205 | Psixologiya: yoshlar psixologiyasi |
37 | 5220300 | Arxivshunoslik |
38 | 5230100 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
39 | 5231700 | Kadrlar menejmenti |
40 | 5232200 | Ekonometrika |
41 | 5232300 | Mintaqaviy iqtisodiyot |
42 | 5311500 | Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari boʻyicha) |
43 | 5330100 | Axborot tizimlarining matematik va dasturiy taʼminoti |
44 | 5330200 | Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
45 | 5330300 | Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha) |
46 | 5410100 | Agrokimyo va agrotuproqshunoslik |
47 | 5520101 | Ijtimoiy ish (pensiya taʼminoti) |
48 | 5520102 | Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) |
49 | 5610700 | Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish |
50 | 5630100 | Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
SirtqiTahrirlash
# | Shifr | Taʼlim yo‘nalishi nomi |
---|---|---|
1 | 5111600 | Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi |
2 | 5120101 | Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili |
3 | 5120300 | Tarix (mamlakatlar va mintaqalar boʻyicha) |
4 | 5120500 | Falsafa |
5 | 5140100 | Biologiya (turlari boʻyicha) |
6 | 5140600 | Geografiya |
7 | 5140800 | Geologiya |
8 | 5210100 | Sotsiologiya |
9 | 5210203 | Psixologiya: amaliy psixologiya |
10 | 5220300 | Arxivshunoslik |
11 | 5230100 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
12 | 5231700 | Kadrlar menejmenti |
13 | 5311500 | Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari boʻyicha) |
14 | 5330200 | Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
15 | 5410100 | Agrokimyo va agrotuproqshunoslik |
16 | 5520102 | Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) |
17 | 5610700 | Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish |
18 | 5630100 | Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
KechkiTahrirlash
# | Shifr | Taʼlim yo‘nalishi nomi |
---|---|---|
1 | 5120101 | Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili |
2 | 5120112 | Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili |
3 | 5120400 | Arxeologiya |
4 | 5130100 | Matematika |
5 | 5130200 | Amaliy matematika va informatika |
6 | 5140200 | Fizika |
7 | 5140500 | Kimyo |
8 | 5330200 | Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
Magistratura yoʻnalishlariTahrirlash
# | Shifr | Taʼlim yo‘nalishi nomi |
---|---|---|
1 | 5A111601 | Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (maʼnaviyat asoslari) |
2 | 5A120101 | Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti |
3 | 5A120101 | Adabiyotshunoslik: oʻzbek adabiyoti |
4 | 5A120102 | Lingvistika: rus tili |
5 | 5A120102 | Lingvistika: ingliz tili |
6 | 5A120102 | Lingvistika: fransuz tili |
7 | 5A120102 | Lingvistika: nemis tili |
8 | 5A120102 | Lingvistika: oʻzbek tili |
9 | 5A120106 | Kompyuter lingvistikasi |
10 | 5A120201 | Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar boʻyicha) |
11 | 5A120302 | Tarix (yoʻnalishlar va faoliyat turi boʻyicha) |
12 | 5A120303 | Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruvi |
13 | 5A120304 | Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar boʻyicha) |
14 | 5A120401 | Arxeologiya |
15 | 5A120501 | Falsafa (sohalar boʻyicha) |
16 | 5A121401 | Etnografiya, etnologiya va antropologiya |
17 | 5A130101 | Matematika (yoʻnalishlar boʻyicha) |
18 | 5A130102 | Matematik iqtisodiyot |
19 | 5A130103 | Aktuar va moliyaviy matematika |
20 | 5A130201 | Amaliy matematika (sohalar boʻyicha) |
21 | 5A140101 | Biologiya (fan yoʻnalishi boʻyicha) |
22 | 5A140102 | Mikrobiologiya va virusologiya |
23 | 5A140103 | Biofizika va biokimyo |
24 | 5A140104 | Biotexnologiya |
25 | 5A140201 | Fizika (yoʻnalishlar boʻyicha) |
26 | 5A140202 | Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qoʻllash sohalari boʻyicha) |
27 | 5A140204 | Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi |
28 | 5A140205 | Yarimoʻtkazgichlar fizikasi |
29 | 5A140301 | Mexanika va matematik modellashtirish |
30 | 5A140401 | Astronomiya (tadqiqot yoʻnalishi boʻyicha) |
31 | 5A140501 | Kimyo (fan yoʻnalishi boʻyicha) |
32 | 5A140502 | Radiokimyo |
33 | 5A140503 | Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi |
34 | 5A140602 | Geografiya (oʻrganish obʼekti boʻyicha) |
35 | 5A140603 | Amaliy geografiya (sohalar boʻyicha) |
36 | 5A140701 | Meteorologiya, iqlimshunoslik, agrometeorologiya (faoliyat turlari boʻyicha) |
37 | 5A140702 | Gidrometeorologiya (faoliyat turi boʻyicha) |
38 | 5A140703 | Iqlim oʻzgarishi va iqlimiy xatarlarni baholash |
39 | 5A140801 | Geologiya (faoliyat turlari boʻyicha) |
40 | 5A140802 | Geologik sʼyomka va foydali qazilmalar konlarini qidirish |
41 | 5A140805 | Geofizika, foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari |
42 | 5A140808 | Geokimyo, foydali qazilmalarni qidirishning geokimyoviy usullari |
43 | 5A140810 | Mineralogiya va kristallografiya |
44 | 5A140806 | Seysmologiya va seysmometriya |
45 | 5A141001 | Tuproqshunoslik (tadqiqot turi boʻyicha) |
46 | 5A141002 | Eksperimental agrokimyo |
47 | 5A141101 | Gidrologiya (oʻrganish obʼektlari boʻyicha) |
48 | 5A141102 | Gidrogeologiya (oʻrganish obʼekti boʻyicha) |
49 | 5A210101 | Sotsiologiya (yoʻnalishlar boʻyicha) |
50 | 5A210101 | Sotsiologiya (ommaviy kommunikatsiyalar sotsiologiyasi) |
51 | 5A210102 | Ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot va psixologik xavfsizligi |
52 | 5A210201 | Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha) |
53 | 5A210201 | Psixologiya (oilaviy munosabatlar psixologiyasi) |
54 | 5A210201 | Psixologiya (ijtimoiy psixologiya) |
55 | 5A220301 | Hujjatchilik, hujjatshunoslik va arxivshunoslik |
56 | 5A230102 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
57 | 5A230103 | Makroiqtisodiyot |
58 | 5A231601 | Inson resurslarini boshqarish |
59 | 5A232201 | Ekonometrika |
60 | 5A311502 | Geodeziya va kartografiya (funksiyalari boʻyicha) |
61 | 5A311701 | Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʻyicha) |
62 | 5A313401 | Geodeziya va geoinformatika |
63 | 5A320101 | Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha) |
64 | 5A330101 | Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yoʻnalishlar boʻyicha) |
65 | 5A330201 | Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
66 | 5A330204 | Axborot tizimlari (tarmoqlar boʻyicha) |
67 | 5A330301 | Kriptografiya va kriptoanaliz (yoʻnalishlar boʻyicha) |
68 | 5A330302 | Axborot xavfsizligi (yoʻnalishlar boʻyicha) |
69 | 5A520101 | Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari boʻyicha) |
70 | 5A520101 | Ijtimoiy ish (yoshlar bilan ishlashni tashkil etish) |
71 | 5A630102 | Ekologiya (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
ManbalarTahrirlash
- ↑ Oʻzbekiston Milliy universiteti 90 yilligiga bagʻishlanadi, archived from the original on 2010-05-31, https://web.archive.org/web/20100531050107/http://yubiley.nuu.uz/index.php?lk=main&ln=ru, qaraldi: 2012-12-24
- ↑ GORODYeTsKIY Boris Grigorevich
- ↑ Milliy universitet rahbarlari
- ↑ Ректоры и деканы факультетов Ташкентского университета.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |