Toʻrabek Dolimov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. (2025-02) |
Toʻrabek Nu'monovich Dolimov (1936.18.8 — Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995). Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1981), professor (1985) N. Dolimovning oʻgʻli. ToshDUni tugatgan (1960). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutida aspirant (1962), ilmiy xodim (1965 — 83). 1973—74 yillarda Oʻzbekiston Geologiya vazirligi qoshidagi Oʻrta Osiyo geologiya va mineral xom ashyo institutida shoʻba mudiri. 1983 yildan ToshDU geologiya fakultetida kafedra mudiri, dekan (1985-87). ToshDU ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1987—95), 1995 yildan hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti rektori. Ilmiy ishlari burmalangan oʻlkalardagi vulkan jinslarining petrologiyasi va Tyanshanning geodinamikasiga bagʻishlangan.
Oʻzbekiston "Xalq birligi" harakati raisi (1995 yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1995 yildan). "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997 yildan), "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (1998). Uning rahbarligida 1ta fan doktori va 5ta fan nomzodi tayyorlandi. Hozirgi kunda shogirdlari Ya.M.Rafiqov, I.N.Ganiyev, X.D.Ishbayev, A.I.Usmanov, F.K.Divaevlar Gʻarbiy Tyanshanda petrologik tadqiqotlar olib borishmoqdalar.
Manbalar
tahrir- Fatsialnost granitnix formatsiy, T., 1972; Vulkanogennie formatsii Oʻzbekistana, T., 1971; Riftogenez v istorii razvitiya paleozoid, T., 1988; Kisliy vulkanizm skladchatix oblastey na primere Sredinnogo i Yujnogo TyanShanya, T., 1981; Istoriya magmatizma Tyan-Shanya, T., 1989.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |