Shavkat Abdullayevich Ayupov (1952.14.9, Toshkent) – matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1983), professor (1985). A. T. Ayupovning oʻgʻli. Toshkent davlat universitetining matematika fakultetini tugatgan (1974). Toshkent davlat universitetida oʻqituvchi (1977—1979) va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida katta ilmiy xodim (1979—1988), algebra va analiz boʻlimi mudiri (1986-yildan), direktor oʻrinbosari (1986—1992), direktor (1992—1997). 1997-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi. Asosiy ilmiy ishlari funksional analiz va uning zamonaviy tarmoqlaridan biri hisoblangan operatorlar algebralari nazariyasiga oid. Ayupov Yordan algebralari soxasida ham nazariy, ham tatbiqiy yoʻnalishda yirik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirdi. Gilbert fazosidagi oʻz-oʻziga qoʻshma operatorlar Yordan algebrasi tuzilishi va qurilishi boʻyicha muhim natijalar oldi[2].

Shavkat Ayupov
Tavalludi 14-sentyabr 1952-yil (1952-09-14) (71 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston[1]
Mukofotlari

Oʻzbekiston QahramoniOʻzbekiston fan arbobi

Mehnat shuhrati ordeni

Tarjimai holi tahrir

Ziyoli oilada tugʻilgan. Otasi Abdulla Tolipovich Ayupov, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi[3], Toshkent universitetining falsafa kafedrasiga mudirlik qilgan, onasi Margʻuba Hamidova shifokor, 4-shahar klinik shifoxonasida terapevt boʻlib ishlagan.

1974-yilda Toshkent universitetini bitirgan, akademik T. A. Sarimsoqovning shogirdi.

1977-yilda fizika-matematika fanlari nomzodi unvonini)[4], 1983-yilda fizika-matematika fanlari doktori unvonini olgan[5].

1989-yilda „Operator algebralari va nokommutativ integratsiyani tadqiq qilish“ ishi uchun Lenin komsomoli mukofoti sohibi. Ushbu ishda Shavkat Ayupovdan tashqari Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutidan Musulmonqul Berdiqulov, Shuhrat Usmonov, V. I. Lenin nomidagi Turkman davlat pedagogika instituti assistenti Rustamboy Abdullayev, V. I. Ulyanov nomidagi Qozon davlat universiteti dotsenti Nikolay Tunov, assistent Oleg Tixonovlar mualliflar jamoasi tarkibida boʻlgan.

Jahon Fanlar akademiyasi akademigi (2003). 2008—2013-yillarda Italiyaning Triyest shahridagi Abdussalom nomidagi Nazariy fizika xalqaro markazining (ICTP) dotsent aʼzosi.

2020-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.

1992-yilda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutiga rahbarlik qilganref>„Академия наук Республики Узбекистан. Институт математики имени В. И. Романовского Академии наук Республики Узбекистан“. 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr. </ref>.

1994-yilda u Strasburgdagi (Fransiya) Lui Paster universitetida uzoq xizmat safarida boʻlib, professor J.-L. Lode bilan birga ilmiy ish olib bordi.

Oʻzbekiston milliy universitetining algebra va funksional analiz kafedrasi professori[6].

Mukofotlari va unvonlari tahrir

  • Oʻzbekiston Qahramoni (2021-yil 24-avgust) – mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, xalqaro nufuzini oshirish, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini taʼminlashdagi ulkan xizmatlari, jadal va fundamental taraqqiyot jarayonida tashabbuskorligi uchun Yangi Oʻzbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, davlat va xalq farovonligi yoʻlidagi fidokorona mehnat, ishlab chiqarish va ijtimoiy-maʼnaviy sohalardagi koʻp yillik samarali va ibratli faoliyati, yoshlarimizni maʼnaviyatda tarbiyalashga qoʻshgan ulkan hissasi vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishdagi ulkan xizmatlari uchun[7].
  • "Mehnat shuhrati" ordeni (2003).
  • „Shuhrat“ medali (1996).
  • Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (2011).
  • Fan va texnika sohasidagi 1-darajali Davlat mukofoti sohibi (2017).

Fikrlari tahrir

Ilmga intiluvchi yoshlarimizga nima maslahat beramiz? —Avvalo, tillarni yaxshi bilishi kerak, hech boʻlmaganda uchta eng muhim tilni – ona tili, ingliz va rus tillarini bilishi kerak[8].

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „Память народа“. 2022-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  4. „Каталог РНБ“. 2022-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  5. „Каталог РНБ“. 2022-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  6. Национальный университет Узбекистана[sayt ishlamaydi]
  7. „Указ Президента Республики Узбекистан от 24 августа 2021 года «О присвоении звания «Ўзбекистон Қаҳрамони»“. 2021-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  8. „Интервью с академиком Ш. А. Аюповым“. 2020-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.