Toshmuhammad Sarimsoqov
Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (1915.10.9, Andijon viloyati Shahrixon qishlogʻi — 1995.17.12, Toshkent) — matematik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), Mehnat Qahramoni (1990). Fizikamat. fanlari doktori (1942), professor (1942). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1936), shu universitetda assistent, dotsent, professor va kafedra mudiri (1931—42; 1983—8 1943—45, 1952—58 va 1971—83 yillarda universitet rektori. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitseprezidenti (1943—46), prezidenta (1946—52), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1959—71). 1988-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumida maslahatchi. Ilmiy ishlari ehtimollar nazariyasi, geofizika meteorologiyasiga bagʻishlangan. Topologiya va funksional analiz boʻyicha Toshkent ilmiy maktabi asoschisi. Yarim maydonlar nazariyasi va uning ehtimollar nazariyasiga tatbikini ishlab chiqqan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967, 1992). "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2002)[1].
Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov | |
---|---|
Тошмуҳаммад Алиевич Саримсоқов | |
![]() | |
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidenti | |
Mansabda 1946-yil — 1952-yilgacha | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-sentabr 1915-yil Andijon |
Vafoti |
17-dekabr 1995-yil (80 yoshda) |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
ManbalarTahrirlash
- ↑ Osnovi teorii protsessov Markova, M., 1954; Topologicheskiye algebri Bulya, T., 1963 (v soavtorstve); Haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasi, T., 1968; Topologicheskiye polupolya i teoriya veroyatnostey, T., 1969.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |