Furqat Siddiqov

Oʻzbekiston davlat arbobi

Furqat Ahmedovich Siddiqov — oʻzbek diplomati, texnolog. 2015—2020-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi[1]. 2023-yil 3-martdan Oʻzbekistonning AQShdagi elchisi[2].

Furqat Ahmedovich Siddiqov
 Oʻzbеkistоnning AQShdagi elchisi
 
Mansab davri
2023-yildan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Javlon Vahobov
 Oʻzbеkistоnning Pokistondagi elchisi
 
Mansab davri
2015-yildan – 2020-yilgacha
Oʻtmishdoshi Parviz Aliyev
Vorisi Oybek Usmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-fevral 1971-yil (1971-02-07) (53 yosh)
Toshkent

Biografiyasi tahrir

1971-yil 7-fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Rus va ingliz tillarini biladi.

1993-1995 — „UzDaewoo Electronics“ qo‘shma korxonasi katta mutaxassisi.

1995-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi.

2002-2007 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi attashesi.

2007-2011 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi.

2011-2015 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi birinchi kotibi.

2015-2020 — O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2020-2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.

2022-2023 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari[3].

2023-yil 3-martdan — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi. 1-may kuni AQSh Prezidenti Joe Bidenga ishonch yorligʻini topshirdi[4].

Manbalar tahrir