Oybek Usmonov

Oʻzbekiston davlat arbobi
Ushbu maqola diplomat haqidadir. Oybek soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
Oybek Orifbekovich Usmonov
 Oʻzbеkistоnning Pokistondagi elchisi
 
Mansab davri
2020-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Furqat Siddiqov
Mansab davri
2006-yildan – 2011-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Anvar Solihboyev
Vorisi ?
 Oʻzbеkistоnning Isroildagi elchisi
 
Mansab davri
2001-yildan – 2006-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi ?
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-sentyabr 1962-yil (1962-09-24) (62 yosh)
Toshkent

Oybek Orifbekovich Usmonov — oʻzbek diplomati, filolog. Oʻzbekistonning Isroil va Pokiston davlatlaridagi sobiq elchisi[1].

Biografiyasi

tahrir

1985-yilda Toshkent davlat universiteti (O‘zbekiston Milliy universiteti) sharqshunos-filologiya fakultetini tamomlagan. Ingliz, doriy va pushtun tillarida so‘zlashadi.

1985-1986 — O‘zbekiston komsomoli markaziy qo‘mitasi huzuridagi maktabning tashqi aloqalar bo‘limi tarjimoni.

1986-1988 — Harbiy xizmat.

1988-1989 — „Rainbow“ nashriyoti Sharq mamlakatlari bo‘limi katta referenti.

1989-1992 — O‘zbekiston teleradiokompaniyasining xorijiy davlatlarga eshittirishlar tahririyati boshlig‘i.

1992-1997 — O‘zbekiston xalqaro madaniy aloqalar milliy assotsiatsiyasi katta inspektori, bo‘lim boshlig‘i.

1997-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi birinchi kotibi.

1998-2001 — O‘zbekiston Respublikasining Karachi shahridagi Bosh konsulligida ikkinchi kotib, Bosh konsul.

2001-2006 — O‘zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi va Falastin muxtoriyatidagi vakili.

2006-2011 — O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2011-2020 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.

2020-2024 — O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[2].

2024-yildan — O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Amirligidagi favqulodda va muxtor elchisi[3].

Manbalar

tahrir