Feruza Yuldashevna Maxmudova (tugʻ. 1975-yil[1], Toshkent[1], Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek diplomat-ayol. Oʻzbekistonning Isroildagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasini bajaruvchi[2]. 2010-yil yanvaridan 2012-yil iyuligacha Ispaniyada elchi boʻlgan Gulnora Karimovadan keyingi mamlakat tarixidagi ikkinchi ayol elchi[1][3][4].

Feruza Maxmudova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1975-yil
Toshkent
Maʼlumoti Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Biografiyasi

tahrir

1975-yilda Feruza Yuldashevna Maxmudova Oʻzbekiston SSR poytaxti Toshkent shahrida tugʻilgan[1].

1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining (JIDU) xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan. 2009-yilda Tübingen universitetida gumanitar fanlar boʻyicha magistr darajasini oldi[1][4].

1996—2006-yillarda u Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida ishlagan, oliy darajadagi tashriflarni tashkil etishda ishtirok etgan. 2014—2018-yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ishlagan. 2018—2020-yillarda Feruza Maxmudova Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan[1][2][4].

2020-yil 19-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Feruza Maxmudovaning Isroildagi elchisi etib tayinlanishini maʼqulladi[1][2][4].

2023-yil 2-oktyabrda elchilikdan ozod etilgan[5].

Manbalar

tahrir