O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-269-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etildi.
Qisqartma | MMTV |
---|---|
Turi | Davlat idorasi |
Maqomi | Vazirlik |
Ishga tushgan sanasi | 1991-yil |
Joylashuvi | Toshkent, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 2a |
Vazir | Hilola Umarova |
Vebsayti | uzedu.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek |
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining ta’limga doir konstitutsion huquqlariga rioya etilishini ta’minlovchi, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.
Vazirlikning asosiy vazifalari
tahrirVazirlikning asosiy vazifalari:
- umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida oʻquvchilarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- maktabdan tashqari ta’limga boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq umumta’lim muassasalari faoliyatini metodik boshqarishni amalga oshirish;
- oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini koʻtarish, umumta’lim muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq ta’limi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash, ularning samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;
- oʻquv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasbiy yoʻnaltirishning samarali uslublarini, oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamalari optimallashuvini inobatga olgan holda oʻqitish va tarbiyalashni joriy qilish;
- umumta’lim muassasalarida chet tilini oʻqitishning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yangilangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;
- nodavlat ta’lim xizmatlari sektorini yanada rivojlantirish, xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish;
- pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni joriy etish;
- “Mehribonlik” uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish;
- jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan hamda davolanish va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim va tarbiya (shu jumladan, inklyuziv) olishlariga koʻmaklashuvchi mos muhitni yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish;
- oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitetga yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
- umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablarining bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;
- umumta’lim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasb-hunar ta’limini ta’minlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
- xalq ta’limi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning bino va inshootlaridan foydalanish boʻyicha ishlar monitoringini olib borish va ushbu ishlarni muvofiqlashtirish
Vazirlikning asosiy funksiyalari
tahrirVazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida, oʻquvchilarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirish borasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- umumiy oʻrta ta’lim davlat ta’lim standartlari va maktabdan tashqari ta’limga qoʻyiladigan davlat ta’lim talablariga muvofiq umumta’lim muassasalari faoliyatini metodik boshqarish;
- oʻqituvchi kasbi mavqeyi va obroʻsini oshirish, umumta’lim muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq ta’limi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash, ularning samarali faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;
- oʻquv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasb-hunarga yoʻnaltirishning samarali shakl va uslublarini kiritish hamda oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamalarining maqbullashuvini inobatga olgan holda oʻqitish va tarbiyalashni kiritish;
- umumta’lim muassasalarida chet tillarini oʻrgatishning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- yangilangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yangi avlod oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilinishini tashkil qilish;
- ta’lim xizmatlari nodavlat sektorini rivojlantirish, xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlarni yaratish.
- pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish
- “Mehribonlik” uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish
- rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan hamda davolanishga va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, ularning ta’lim-tarbiya (shu jumladan inklyuziv) olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar (maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish
- oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitet uchun gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash
- umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish
- umumta’lim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlariga va maktabdan tashqari ta’limga qoʻyiladigan davlat ta’lim talablariga muvofiq xalq ta’limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda oʻquvchilarga kasb-hunarga yoʻnaltirishda metodik rahbarlik qilish
- ta’lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish
Rahbariyat
tahrirVazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi. Vazir oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosi hisoblanadi. Vazirning besh nafar oʻrinbosari, jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi. Vazirning birinchi oʻrinbosari va boshqa oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
№ | Lavozim | F.I.Sh | |
---|---|---|---|
1. | Vazir | Umarova Hilola O‘ktamovna | |
2. | Vazirning birinchi o’rinbosari | Shin Agrippina Vasilyevna | |
3. | Vazirning birinchi o’rinbosari | Sharifxodjayev Usman Ulfatovich | |
4. | Vazir o’rinbosari | Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich | |
5. | Vazir o’rinbosari | Kenjayev Dilshod Mutalibovich | |
6. | Vazir o’rinbosari | Komilov Temurjon Kalandarovich |
Vazirlik huzuridagi Respublika tashkilotlari
tahrirPsixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi[sayt ishlamaydi]
Respublika bolalar kutubxonasi
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markaziDUK
Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Vazirlik tizimida muhim sanalar va hujjatlar
tahrirSana | Hujjat |
---|---|
11.05.2022 | 2022—2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-134-sonli Farmoni qabul qilindi |
11.05.2022 | Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-241-sonli qarori qabul qilindi |
06.11.2021 | Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4884-sonli qarori qabul qilindi |
06.11.2021 | “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6108-sonli Farmoni qabul qilindi |
15.10.2021 | Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 646-sonli qarori qabul qilindi |
13.10.2020 | Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4860-sonli qarori qabul qilindi |
23.09.2020 | Yangi tahrirdagi “Ta’lim to ‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi |
03.05.2019 | Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4306-sonli qarori qabul qilindi |
29.04.2019 | Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5712-sonli Farmoni qabul qilindi |
20.02.2019 | Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida risida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4199-sonli qarori qabul qilindi |
19.02.2019 | Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasining 146-sonli qarori qabul qilindi |
08.12.2018 | «Xalq ta’limi fidoyisi» koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 998-sonli qarori qabul qilindi |
05.09.2018 | Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5538-sonli Farmoni qabul qilindi |
05.09.2018 | Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3931-sonli qarori qabul qilindi |
15.03.2017 | Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarori qabul qilindi |
10.12.2012 | Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1875-sonli qarori qabul qilindi |
07.01.2008 | Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi |
21.05.2004 | 2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi tasdiqlandi |
29.08.1997 | “Ta’lim to ‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi |
29.08.1997 | Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tasdiqlandi |
27.12.1996 | O‘qituvchi va murabbiylar kunini belgilash to‘g‘risida qonun qabul qilindi |
02.07.1992 | O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan “Ta’lim to ‘g‘risida”gi qonunning ilk tahriri qabul qilindi |
Vazirlar roʻyxati
tahrir# | F.I.Sh | Boshlanish | Tugashi | Muddat | Lavozimi |
---|---|---|---|---|---|
1 | Joʻra Yoʻldoshev | 22.07.1991 | 11.08.2000 | 9 yil 1 oy | Xalq ta'limi vaziri |
2 | Risboy Joʻrayev | 11.08.2000 | 7.05.2004 | 3 yil 8 oy | Xalq ta'limi vaziri |
3 | Turobjon Joʻrayev | 7.05.2004 | 26.03.2008 | 3 yil 10 oy | Xalq ta'limi vaziri |
4 | Gʻayrat Shoumarov | 28.04.2008 | 26.02.2010 | 1 yil 9 oy | Xalq ta'limi vaziri |
5 | Avazjon Marahimov | 2.03.2010 | 30.06.2011 | 1 yil 3oy | Xalq ta'limi vaziri |
6 | Temur Shirinov | 4.07.2011 | 7.02.2013 | 1 yil 7oy | Xalq ta'limi vaziri |
7 | Ulugʻbek Inoyatov | 7.02.2013 | 20.06.2018 | 5 yil 4 oy | Xalq ta'limi vaziri |
8 | Sherzod Shermatov | 20.06.2018 | 17.11.2021 | 3 yil 4 oy | Xalq ta'limi vaziri |
9 | Baxtiyor Saidov | 17.11.2021 | 30.12.2022 | 1 yil 1 oy | Xalq ta'limi vaziri |
10 | Hilola Umarova | 30.12.2022 | hozirgacha | Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri |
Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok
tahrirTaʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etib kelinmoqda. Jumladan 2021-yilda PIRLS, 2022-yilda PISA tadqiqotlarida mamlakatimiz ishtirok etdi. 2023-yilda TIMMS tadqiqotida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Vazirlik rasmiy sayti
- Telegram
- E-mail: [[1]]