Temur Shirinov
Shirinov Temur Shirinovich (Uchma qishlogʻi, Forish tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston) — tarix fanlari doktori[2], professor, tarixchi, arxeolog.
Temur Shirinovich Shirinov | |
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri | |
---|---|
Mansab davri 2011-yil – 2013-yil | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Avvalgisi | Avazjon Marahimov |
Keyingisi | Ulugʻbek Inoyatov[1] |
Samarqand davlat universiteti rektori | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
6-oktyabr 1950-yil Uchma, Forish tumani, Jizzax |
Mukofotlari |
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi |
Biografiyasi
tahrirTemur Shirinov 1950-yilda Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Uchma qishlogʻida tugʻilgan. Termiz davlat pedagogika institutini tamomlagan . Maʼlumoti — oʻrta maktab tarix va geografiya oʻqituvchisi.[3] 1993–2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori boʻlgan.[4] 2001-yilda Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi etib saylangan. 2004-yildan 2011-yil fevralgacha Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori.[5] 2009-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoniga sazovor boʻlgan.[6] U 2011-yilning 4-iyulida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri lavozimida ishlab, ushbu lavozimda Avazjon Marahimov oʻrniga kelgan. 2013-yilning 8-fevralda Davlat rahbarining farmoniga koʻra, „Temir Shirinov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi“.[7] 2013-2016-yillarda Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti „Oʻzbekiston tarixi, maʼnaviyat, sotsiologiya va madaniyat asoslari“ kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2017-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi rahbari.
Oilasi
tahrirIkki farzandi va nabiralari bor [8].
Bibliografiya
tahrir- Shirinov T. Sharq gavhari (Samarqandning 2750-yilligiga), „Pravda Vostoka“, 2006-yil 4 oktyabr
- Shirinov T. Samarqand — Sharqning Rim shahri (Wayback Machine saytida 2017-02-23 sanasida arxivlangan)
- Shirinov T. Oʻrta Osiyo Mesopotamiyaning bronza davrining ishlab chiqarish qurollari va qurollari: eksperimental-traceologik tadqiqot maʼlumotlariga koʻra. — Oʻzbekiston SSR : „Muxlis“, 1986. — S. 133.[9]
Manbalar
tahrir- ↑ Vazir haqida
- ↑ Postsovet: V Uzbekistane naznachen noviy ministr narodnogo obrazovaniya[sayt ishlamaydi]
- ↑ UZINFORM: V Uzbekistane smenilsya ministr narodnogo obrazovaniya
- ↑ Postanovlenie kabineta ministrov Respubliki Uzbekistan o sozdanii Gosudarstvennogo muzeya istorii Uzbekistana
- ↑ „Состав Центральной избирательной комиссии Узбекистана“. 2017-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-fevral.
- ↑ „Директора института Института археологии им. Я. Гулямова“. 2017-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-fevral. (Wayback Machine saytida 2017-02-23 sanasida arxivlangan)
- ↑ Trend.az: V Uzbekistane naznachen noviy ministr narodnogo obrazovaniya
- ↑ „Rukovodstvo“. 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
- ↑ Orudiya proizvodstva i orujie epoxi bronzi Sredneaziatskogo Mejdurechya v Google Books
Havolalar
tahrir- CenterAsia: Hayot — bu jasorat. (Wayback Machine saytida 2017-02-23 sanasida arxivlangan) "Faoliyat" T. (Wayback Machine saytida 2017-02-23 sanasida arxivlangan) Shirinov Samarqand davlat universiteti rektori etib tayinlandi (Wayback Machine saytida 2017-02-23 sanasida arxivlangan)
- Temur Shirinov intervyu bergan surat