Avazjon Rahimovich Marahimov (1960-yil, 9-oktyabr, Uchkoʻprik tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.

Avazjon Marahimov
Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri
Mansab davri
2010-yildan – 2011-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Gʻayrat Shoumarov
Vorisi Temur Shirinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-oktyabr 1960-yil (1960-10-09) (64 yosh)
Uchkoʻprik tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi OʻzLiDeP OʻzLiDeP
Taʼlim Toshkent politexnika instituti
Kasbi muhandis-matematik
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Avazjon Marahimov 1960-yil 9-oktyabr Uchkoʻprik tumanida tugʻilgan[1]. 1983-yilda Toshkent politexnika instituti amaliy matematika fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-matematik. 1984—1988-yillarda Toshkent politexnika instituti ilmiy xodimi, muhandis, katta muhandis, 1988—2001-yillarda institutning avtomatika va telemexanika kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti, 2001—2002-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti tarmoq texnologiyalari kafedrasi mudiri, 2002—2004-yillarda Informatsion texnologiyalar bo‘yicha prorektor, 2004—2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi informatsion texnologiyalar va masofaviy o‘qitishni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, 2006—2010-yillarda vazir o‘rinbosari, 2010-—2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vaziri[2][3], 2012—2016-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti Boshqarishda axborot texnologiyalari kafedrasi professori[4], 2016—2021-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori[2] lavozimida faoliyat yuritgan[1]. 2021-yildan Termiz davlat universiteti rektori[5][6]. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.

Oilasi

tahrir

Oilali. 5 nafar farzandi bor[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Avazjon Marahimovning ilmiy ishlari axborot texnologiyalari va boshqarishning intellektual tizimlari sohasiga oid boʻlib, 120 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 5 ta monografiya va 3 ta o‘quv qo‘llanma muallifi. Xalon texnologiya universiteti (Isroil)[7] va Soka universiteti (Yaponiya) faxriy professori, Yevroosiyo universitetlari rektorlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.

Manbalar

tahrir