Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi

(OʻzLiDePdan yoʻnaltirildi)

Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi–2003-yil 4-5 oktabr – bir guruh tashabbuskorlar – kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlardan iborat mulkdorlar qatlami, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari hamda boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan umummilliy siyosiy tashkilot, yaʼni partiya tuzish tashabbusi bilan chiqishdi.

Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Yetakchi Aktam Ahmadovich Haitov
Tashkil etilgan 15-noyabr, 2003-yil(2003-11-15)
Shtab kvartiralari Toshkent (Oʻzbekiston)
Qonunchilik palatasidagi
oʻrinlar
41 / 120
(I chaqiriq)
53 / 150
(II chaqiriq)
52 / 150
(III chaqiriq)
53 / 150
(IV chaqiriq)
Vebsayt uzlidep.uz

2003-yil 7-oktabr – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ushbu tashabbuskor guruh aʼzolari bilan uchrashdi [1].

2003-yil 15-noyabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Taʼsis Sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya Dasturi va Ustavi tasdiqlandi, Siyosiy Kengash hamda Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tarkibi saylandi [1].

Shu kuni Toshmatov Qobiljon Fattoxovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi [1].

2003-yil 3-dekabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtdi [1].

2004-yil 1-yanvar – „XXI asr“ ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etildi [1].

2004-yil 24-may – OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi II Majlisida Axmedjanov Maxamadjon Axmedovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi [1].

2004-yil 26-dekabr – partiya ilk bor Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boʻlib oʻtgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 41 nafar deputatlik oʻrnini egallagan OʻzLiDeP parlamentda eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 1908 nafar deputat saylandi [1].

2005-yil 19-mart – OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi V Majlisida Teshaboev Muxammadyusuf Mutalibjonovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi[2].

2005-yil 25-iyul – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdan tashqari III Sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya Dasturi va Ustaviga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi [2].

2006-yil – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi taʼsischiligida Tadbirkorlik va fermerlikni qoʻllab-quvvatlash markazi tashkil etildi. Shu kunga qadar 4000 mingga yaqin tadbirkor va fermerlarning qonuniy huquq va manfaatlari Markaz tomonidan himoya qilindi. Bundan tashqari, mamlakat parlamentida tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilindi, shuningdek, hukumat tomonidan tegishli qonunosti hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi [2].

2006-yil 7-dekabr – OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining VIII Majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga boʻshab qolgan oʻrinlar uchun nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi [2].

2007-yil 6-noyabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining IV Sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga navbatdagi saylovda OʻzLiDePdan nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi. Partiya Sʼezdi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdugʻanievich Karimov nomzodini koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Mazkur yigʻilishda I.Karimov „Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish – oliy saodatdir“ nomli maʼruza bilan ishtirok etdi [3].

2007-yil 27-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlib oʻtgan saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Islom Abdugʻanievich Karimov gʻalaba qozondi [2].

2008-yil 20-sentyabr – OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasining kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtdi. Unda partiyaning dasturiy vazifalarini hayotga tatbiq qilish hamda „Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonun talablarini bajarish doirasida partiya tuzilmalari va deputatlik guruhlari tomonidan olib borilayotgan ishlar holati va navbatdagi vazifalar haqida"gi masala koʻrib chiqildi.

2009y-il 27-dekabr – OʻzLiDeP Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boʻlib oʻtgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 53 nafar deputatlik oʻrnini egallagan OʻzLiDeP ikkinchi bor parlamentdagi eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 2159 nafar deputat saylandi.

2010-yil 2-fevral – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida OʻzLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi fraksiyalari oʻrtasida „Demokratik kuchlar bloki“ga birlashish toʻgʻrisida Bitim imzolandi.

2010-yil 18-dekabr – OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining II Majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Islom Karimovning „Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi“ nomli maʼruzasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan OʻzLiDePning aniq maqsadli kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi[2].

2011-yil 15-iyul – parlamentdagi OʻzLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan mamlakat tarixida ilk bor Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining "Demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi, shuningdek, „Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili“ Davlat dasturi ijrosining borishi toʻgʻrisida"gi hisoboti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma yigʻilishida eshitildi.

2012-yil 31-mart – OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining IV Majlisi boʻlib oʻtdi. Unda „Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasi“ hamda „Mustahkam oila yili“ Davlat dasturining ijrosi boʻyicha OʻzLiDeP tomonidan 2012 yilda amalga oshiriladigan partiyaviy loyihalar toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.

2013-yil 2-dekabr – OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi VI Majlisida Sodiqjon Turdiev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi.

2012-yil – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Bosh bitim imzolandi. Hozirgi kunda mazkur bitim doirasida tabdirkorlar muammolarini yaqindan oʻrganish va ularni oʻz vaqtida bartaraf etish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

2013-yil – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Fermerlari kengashi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Bosh bitim imzolandi. OʻzLiDeP Oʻzbekiston Fermerlari kengashi va uning hududiy tuzilmalari bilan hamkorlikda fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, fermerlar oldida turgan muammolarni oʻrganish, ularni hal qilishni asosiy vazifa deb biladi va bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirib boradi.

2014-yil 13-sentyabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ciyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda OʻzLiDeP ning 2014 yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlardagi faol ishtirokini taʼminlash va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

2014-yil 30-sentyabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ciyosiy Kengashining VIII majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlarda OʻzLiDePning faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan olib borayotgan faoliyati hamda navbatdagi ustuvor vazifalar, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi loyihasi, OʻzLiDePning navbatdagi VI Sʼezdini chaqirish va shu munosabat bilan hududiy partiya tashkilotlarining konferensiyalarini oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

2014-yil 31-oktabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining VI Sʼezdi boʻlib oʻtdi. Sʼezd kun tartibida partiyaning oʻtgan 5 yillik ish faoliyati sarhisobi va kelajakdagi rejalari, shuningdek, mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqea hisoblangan boʻlajak saylovlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi, muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Partiyaning Sʼezdida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovida faol ishtirok etish masalalari muhokama qilindi, delegatlar tomonidan partiyaning Saylovoldi dasturi tasdiqlab olindi va OʻzLiDePdan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatildi.

2014-yil 21-dekabr – OʻzLiDeP Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boʻlib oʻtgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Saylovlar natijasiga koʻra, OʻzLiDeP parlament quyi palatasida eng koʻp – 52 oʻringa, xalq deputatlari viloyat Kengashlarida – 307 (38 %), tuman (shahar) Kengashlarida esa – 1806 (35 %) deputatlik oʻriniga ega boʻlib, parlamentda oʻzining fraksiyasini, joylardagi vakillik organlarida esa – oʻz deputatlik guruhlarini shakllantirdi.

2015-yil 5-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi. OʻzLiDePdan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlardan iborat partiya fraksiyasini taʼsis etish masalasini muhokama etish kun tartibidagi asosiy masala boʻldi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrib chiqildi. OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi S.Turdiev fraksiya rahbari etib saylandi.

2015-yil 15-yanvar – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda joriy yilning 29 mart kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida OʻzLiDePning ishtiroki bilan bogʻliq masalalar ham muhokama qilindi. Siyosiy Kengash Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdugʻanievich Karimov nomzodini koʻrsatish masalasini partiyaning VII Sʼezdi muhokamasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

2015-yil 6-fevral – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining VII sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda jami 344 nafar delegat ishtirok etdi. Sʼezd kun tartibida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi toʻgʻrisidagi masala atroflicha koʻrib chiqildi.

Sʼezd „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi Qonuniga muvofiq, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdugʻanievich Karimovni nomzod etib koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Mazkur yigʻilishda Islom Karimov „Bizning maqsadimiz – erkin va farovon, demokratik hayot qurish“ nomli maʼruza bilan ishtirok etdi.

2015-yil 14-mart – Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi fraksiyalarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Unda parlamentning quyi palatasida „Demokratik kuchlar bloki“ni tuzish masalasi muhokama etildi. Muhokama yakunlariga koʻra Tabirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi fraksiyalari qoʻshma faoliyatining asosiy shartlari va ustuvor yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi ikki tomonlama Bitim imzolandi.

2015-yil 12-dekabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda asosiy eʼtibor Prezidentimiz Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi „Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga koʻtarishdan iborat“ mavzuidagi maʼruzasini har tomonlama oʻrganishga, OʻzLiDeP tuzilmalari va deputatlik birlashmalarining maʼruzadan kelib chiquvchi vazifalari hamda partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish yoʻllariga qaratildi.

2015-yil 25-26-dekabr – OʻzLiDeP ning „Eng namunali boshlangʻich partiya tashkiloti“, „Yilning eng yaxshi deputati“ va „Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti“ koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda „Eng namunali boshlangʻich partiya tashkiloti“ tanlovi boʻyicha Toshkent viloyatidagi „Olmaliq togʻ-kon metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan boshlangʻiya partiya tashkiloti, „Yil deputati“ tanlovi boʻyicha xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi aʼzosi Tohir Baxronov hamda „Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti“ tanlovi boʻyicha esa OʻzLiDeP Samarqand shahar kengashi mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

2016-yil 22-yanvar – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruzasidan kelib chiquvchi partiyaning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.

2016-yil 16-aprel – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda „Sogʻlom ona va bola yili“ Davlat dasturidan kelib chiqadagan partiyaning ustuvor vazifalari, partiyaning oʻtgan yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2016 yilga moʻljallangan Amaliy chora-tadbirlar kompleks harakat dasturiga oʻzgartish kiritish masalalari muhokama qilindi [2].

Partiyaning markaziy nashri – „XXI asr“ ijtimoiy-siyosiy gazetasi [4].

Yana qarang

tahrir


Havolalar

tahrir


  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „OʻZLIDEP / O’ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI“. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI. O‘ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI. Qaraldi: 24-iyul 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 „TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR HARAKATI – O‘ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI TARIXI“. https://www.uzlidep.uz. TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR HARAKATI – O‘ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYAS. Qaraldi: 24-iyul 2024-yil.
  3. „O'zbekistondagi saylovlar tarixi“. https://www.trt.net.tr/uzbek/turk-dunyosi/2016/12/05/o-zbekistondagi-saylovlar-tarixi-623724. Qaraldi: 24-iyul 2024-yil.
  4. „“Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi” (O‘zLiDeP) haqida“. https://ishtixon.uz/bolim/37/. ishtixon. Qaraldi: 24-iyul 2024-yil.