Aktam Ahmadovich Haitov (1974-yil 12-mart, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani) — oʻzbek siyosatchisi, 2018-yil 3-avgustdan Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi yetakchisi, 2019-yil dekabridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Iqtisod fanlari nomzodi[1].

Aktam Haiytov
Aktam Haitov (cropped).jpg
Flag of Uzbekistan.svg
 Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi yetakchisi
Mansab davri
2018-yildan — 
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Yoqubov
Flag of Uzbekistan.svg
 O'zbekiston mehnat vaziri
Mansab davri
2017-yildan — 2018-yilgacha
Oʻtmishdoshi Aziz Abduhakimov
Vorisi Sherzod Qudbiyev
Flag of Uzbekistan.svg
 Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri
Mansab davri
2006-yildan — 2014-yilgacha
Oʻtmishdoshi Oqiljon Obidov
Vorisi Aziz Abduhakimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-mart 1974-yil (1974-03-12) (49 yosh)
Qashqadaryo viloyati
Siyosiy partiyasi OʻzLiDeP
Otasi Ahmad Xaitov
Unvoni Mehnat shuhrati ordeni

Tarjimai holTahrirlash

TaʼlimTahrirlash

1994-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini „Iqtisodiyot va menejment“ mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.

Mehnat faoliyatiTahrirlash

1994—2000-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis institutida, shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi axborot-tahlil guruhida ishlagan. 2000—2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil boʻlimi yetakchi mutaxassisi, 2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar yigʻma axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi, 2005-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 2005—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, 2006—2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri[2], 2014—2016-yillarda „Biokimyo“ AJ Boshqaruv raisi oʻrinbosari, 2016—2017-yillarda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori, 2017—2018-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimlarida ishlagan.
2018-yil 3-avgustda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining oʻninchi yigʻilishida partiya rahbari (siyosiy kengash ijroiya qoʻmitasi raisi) etib saylandi[3]. Shuningdek, u Oʻzbekiston fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va yer egalari kengashi kengashining raisi[4][5].
2019-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, spiker oʻrinbosari lavozimlarida ishlab kelmoqda.

TanqidlarTahrirlash

2019-yilgi Oliy Majlis deputatligi uchun saylov kompaniyasi davrida Aktam Hayitovning „koʻp goʻsht yeyapmiz“ mazmunidagi gaplari koʻplab memlar va muhokamalarga sabab boʻlgan edi[6].

ManbalarTahrirlash