„Koʻp goʻsht yeyapmiz“OʻzLiDeP yetakchisi, Oʻzbekiston fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va yer egalari kengashining raisi Aktam Hayitov tomonidan aytilgan va keng muhokamaga sabab boʻlgan jumla[1].

Tarixi tahrir

2019-yilning 10-sentabr kuni Aktam Hayitov Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida jurnalistlarning goʻsht narxi nega qimmatlashaytotgani haqidagi savoliga „Biz juda ko‘p go‘sht yeyapmiz“ qabilida javob bergan[2]:

Go‘sht narxi nega qimmatlab ketyapti deb o‘ylaysizlar? To‘g‘ri, ozuqa yetishmasligi birinchi sabab, ikkinchidan, bugun biz juda ko‘p go‘sht iste'mol qilyapmiz. Shunchalik ko‘p go‘sht yemoqdamizki, buning natijasida ko‘pgina kasalliklar paydo bo‘lyapti...

— Aktam Hayitov, [3]

Manbalar tahrir