O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-269-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Qisqartma MMTV
Turi Davlat idorasi
Maqomi Vazirlik
Ishga tushgan sanasi 1991-yil
Joylashuvi Toshkent, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 2a
Vazir Hilola Umarova
Vebsayti uzedu.uz
Til(lar)i Oʻzbek

Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining ta’limga doir konstitutsion huquqlariga rioya etilishini ta’minlovchi, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.

Vazirlikning asosiy vazifalari tahrir

Vazirlikning asosiy vazifalari:

  • umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida oʻquvchilarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • maktabdan tashqari ta’limga boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq umumta’lim muassasalari faoliyatini metodik boshqarishni amalga oshirish;
  • oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini koʻtarish, umumta’lim muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq ta’limi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash, ularning samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;
  • oʻquv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasbiy yoʻnaltirishning samarali uslublarini, oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamalari optimallashuvini inobatga olgan holda oʻqitish va tarbiyalashni joriy qilish;
  • umumta’lim muassasalarida chet tilini oʻqitishning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yangilangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;
  • nodavlat ta’lim xizmatlari sektorini yanada rivojlantirish, xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish;
  • pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni joriy etish;
  • “Mehribonlik” uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish;
  • jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan hamda davolanish va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim va tarbiya (shu jumladan, inklyuziv) olishlariga koʻmaklashuvchi mos muhitni yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish;
  • oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitetga yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
  • umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablarining bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;
  • umumta’lim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasb-hunar ta’limini ta’minlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
  • xalq ta’limi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning bino va inshootlaridan foydalanish boʻyicha ishlar monitoringini olib borish va ushbu ishlarni muvofiqlashtirish

Vazirlikning asosiy funksiyalari tahrir

Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida, oʻquvchilarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirish borasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • umumiy oʻrta ta’lim davlat ta’lim standartlari va maktabdan tashqari ta’limga qoʻyiladigan davlat ta’lim talablariga muvofiq umumta’lim muassasalari faoliyatini metodik boshqarish;
  • oʻqituvchi kasbi mavqeyi va obroʻsini oshirish, umumta’lim muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq ta’limi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash, ularning samarali faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;
  • oʻquv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasb-hunarga yoʻnaltirishning samarali shakl va uslublarini kiritish hamda oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamalarining maqbullashuvini inobatga olgan holda oʻqitish va tarbiyalashni kiritish;
  • umumta’lim muassasalarida chet tillarini oʻrgatishning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • yangilangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yangi avlod oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilinishini tashkil qilish;
  •  ta’lim xizmatlari nodavlat sektorini rivojlantirish, xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlarni yaratish.
  • pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish
  • “Mehribonlik” uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish
  • rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan hamda davolanishga va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, ularning ta’lim-tarbiya (shu jumladan inklyuziv) olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar (maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish
  • oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitet uchun gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash
  • umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish
  • umumta’lim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlariga va maktabdan tashqari ta’limga qoʻyiladigan davlat ta’lim talablariga muvofiq xalq ta’limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda oʻquvchilarga kasb-hunarga yoʻnaltirishda metodik rahbarlik qilish
  • ta’lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish

Rahbariyat tahrir

Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi. Vazir oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosi hisoblanadi. Vazirning besh nafar oʻrinbosari, jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi. Vazirning birinchi oʻrinbosari va boshqa oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Lavozim F.I.Sh
1. Vazir Umarova Hilola O‘ktamovna  
2. Vazirning birinchi o’rinbosari Shin Agrippina Vasilyevna
3. Vazirning birinchi o’rinbosari Sharifxodjayev Usman Ulfatovich  
4. Vazir o’rinbosari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich  
5. Vazir o’rinbosari Kenjayev Dilshod Mutalibovich
6. Vazir o’rinbosari Komilov Temurjon Kalandarovich

Vazirlik huzuridagi Respublika tashkilotlari tahrir

Abdulla Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti

Respublika taʼlim markazi

Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi[sayt ishlamaydi]

Respublika bolalar kutubxonasi

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markaziDUK

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi

Maktabgacha ta’lim agentligi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

Vazirlik tizimida muhim sanalar va hujjatlar tahrir

Sana Hujjat
11.05.2022 2022—2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-134-sonli Farmoni qabul qilindi
11.05.2022 Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-241-sonli qarori qabul qilindi
06.11.2021 Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4884-sonli qarori qabul qilindi
06.11.2021 “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6108-sonli Farmoni qabul qilindi
15.10.2021 Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 646-sonli qarori qabul qilindi
13.10.2020 Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4860-sonli qarori qabul qilindi
23.09.2020 Yangi tahrirdagi “Ta’lim to ‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi
03.05.2019 Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4306-sonli qarori qabul qilindi
29.04.2019 Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5712-sonli Farmoni qabul qilindi
20.02.2019 Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida risida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4199-sonli qarori qabul qilindi
19.02.2019 Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasining 146-sonli qarori qabul qilindi
08.12.2018 «Xalq ta’limi fidoyisi» koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 998-sonli qarori qabul qilindi
05.09.2018 Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5538-sonli Farmoni qabul qilindi
05.09.2018 Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3931-sonli qarori qabul qilindi
15.03.2017 Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarori qabul qilindi
10.12.2012 Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1875-sonli qarori qabul qilindi
07.01.2008 Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi
21.05.2004 2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi tasdiqlandi
29.08.1997 “Ta’lim to ‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
29.08.1997 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tasdiqlandi
27.12.1996 O‘qituvchi va murabbiylar kunini belgilash to‘g‘risida qonun qabul qilindi
02.07.1992 O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan “Ta’lim to ‘g‘risida”gi qonunning ilk tahriri qabul qilindi

Vazirlar roʻyxati tahrir

# F.I.Sh Boshlanish Tugashi Muddat Lavozimi
1 Joʻra Yoʻldoshev 22.07.1991 11.08.2000 9 yil 1 oy Xalq ta'limi vaziri
2 Risboy Joʻrayev 11.08.2000 7.05.2004 3 yil 8 oy Xalq ta'limi vaziri
3 Turobjon Joʻrayev 7.05.2004 26.03.2008 3 yil 10 oy Xalq ta'limi vaziri
4 Gʻayrat Shoumarov 28.04.2008 26.02.2010 1 yil 9 oy Xalq ta'limi vaziri
5 Avazjon Marahimov 2.03.2010 30.06.2011 1 yil 3oy Xalq ta'limi vaziri
6 Temur Shirinov 4.07.2011 7.02.2013 1 yil 7oy Xalq ta'limi vaziri
7 Ulugʻbek Inoyatov 7.02.2013 20.06.2018 5 yil 4 oy Xalq ta'limi vaziri
8 Sherzod Shermatov 20.06.2018 17.11.2021 3 yil 4 oy Xalq ta'limi vaziri
9 Baxtiyor Saidov 17.11.2021 30.12.2022 1 yil 1 oy Xalq ta'limi vaziri
10 Hilola Umarova 30.12.2022 hozirgacha Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok tahrir

Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etib kelinmoqda. Jumladan 2021-yilda PIRLS, 2022-yilda PISA tadqiqotlarida mamlakatimiz ishtirok etdi. 2023-yilda TIMMS tadqiqotida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

Vazirlik rasmiy sayti

Telegram

Facebook

Instagram

E-mail: [[1]]