Respublika taʼlim markazi
Respublika taʼlim markazi — 1988-yil 13-dekabrda „Respublika Oʻquv-metodika markazi“ sifatida tashkil topgan.[1] 1995-yildan boshlab „Respublika Oʻquv-metodika markazi“ „Respublika Taʼlim ilmiy-metodika markazi“ deb yuritilgan. 1996-yildan beri esa „Respublika taʼlim markazi“ deb nomlanadi.[2]
Qisqartma | RTM |
---|---|
Turi | Davlat idorasi |
Maqomi | Vazirlik qoshidagi davlat idorasi |
Ishga tushgan sanasi | 1988-yil |
Joylashuvi | Toshkent, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 2a |
Direktor | Shuhrat Sattorov |
Vebsayti | rtm.uzedu.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek |
Respublika taʼlim markazi 2004-yilda Xalq taʼlimi vazirligining 10-dekabrdagi 261-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nizom asosida taʼlim muassasalarining metodik taʼminotini amalga oshiruvchi Davlat metodik tashkiloti hisoblangan[3]. 2020-yilning 16-iyunidan Respublika taʼlim markazi direktori[4] lavozimiga Shuhrat Sattorov tayinlandi.[5] 2021-yil 26-fevralda markaz faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 108-son qarori bilan Respublika taʼlim markaziga darslik va metodik qo‘llanmalar yaratish belgilangan.[6]
Respublika taʼlim markazining vazifalari
tahrir- Respublika taʼlim markazi umumiy oʻrta taʼlimning o‘qitish standartlarini ishlab chiqadi.
- Vazirlik buyurtmasiga asosan tuzuvchilarni tanlaydi hamda qo‘llanma va darslik yaratishning yagona maketlarini ishlab chiqadi.
- Respublika taʼlim markazi yaratilgan darslik va metodik qoʻllanmalarni ekspertizadan oʻtkazadi, qoʻllash boʻyicha xulosa beradi.
- Oʻquv rejasi, dasturlari, yaratilgan darsliklar va metodik qoʻllanmalarni tajriba-sinovdan oʻtkazish ishlariga rahbarlik qiladi.
- Fanlarni oʻqitish metodikasi va oʻquvchilar bilimlarini baholashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqadi.
- Taʼlim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan oʻqitishning fanlararo yondashuvini joriy qiladi va bu boradagi ijobiy tajribani umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ommalashtiradi.
- Oʻquv-tarbiya jarayoniga „STEAM“ fanlarini oʻqitish boʻyicha maqbul metodikalarni joriy etadi. Tahririyat mutaxassisi bilan bogʻlanib yangi oʻquv yilidan joriy etilayotgan darsliklar Respublika taʼlim markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlanmaganiligi va yangi darsliklar haqida maʼlumot boʻlmagani bois mualliflar va markaz metodistlari koʻrsatuvda ishtirok eta olmasliklari tushuntirildi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Respublika ta'lim markazi“. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
- ↑ „Respublika tashkilotlari“. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi qarori“.
- ↑ „Respublika taʼlim markazi direktori lavozimi boʻyicha OTM rektoriga tenglashtiriladi“.
- ↑ „Shuhrat Sattorov respublika ta’lim markazi direktori etib tayinlandi“.
- ↑ „Vazirlar mahkamasi qarori“.
Havolalar
tahrirVeb-sayt (Wayback Machine saytida 2023-02-03 sanasida arxivlangan)