Shuhrat Sattorov – „Xabar.uz“ saytining sobiq kolumnisti, 2020-yildan Respublika taʼlim markazi direktori[1]. 2023-yilning 16-noyabridan boshlab Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi direktori[2].

Shuhrat Sattorov
Respublika taʼlim markazi direktori
Mansab davri
2020-yil 16-iyun
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Maʼlumoti Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

Faoliyati

tahrir

2004—2008-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika, 2008—2009-yillarda Puna universiteti (Hindiston Respublikasi)ning Ommaviy aloqalar va jurnalistika fakultetida tahsil olgan.

2018—2020-yillarda Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida Davlat, biznes va tadbirkorlik fakultetida magistratura yoʻnalishini tamomlagan[3].

2012-yildan axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Mobil texnologiyalar, kommunikatsiya, „elektron hukumat“ tizimi yoʻnalishlarida ilmiy izlanish olib boradi[4].

2020-yilning 16-iyunidan Respublika taʼlim markazi direktori lavozimiga tayinlandi[5].

2023-yilning 16-noyabridan Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi direktori lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda.

Asarlari

tahrir

Shuhrat Sattarov „Biz gʻalaba qozonamiz“ kitobi muallifi[6].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir