Risboy Joʻrayev
akademik, pedagogika fanlari doktori (1995), professor (1998)
Risboy Joʻrayev 1946-yil 25-iyulda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi, akademik, pedagogika fanlari doktori (1995), professor (1998).
Risboy Joʻrayev | |
---|---|
Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri | |
Mansab davri 2000-yildan — 2003-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Oʻtkir Sultonov |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Joʻra Yoʻldoshev |
Vorisi | Turobjon Joʻrayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
25-iyul 1946-yil Sirdaryo |
BiografiyaTahrirlash
- 1968-yilda Toshkent politexnika institutini bitirgan.
- 1968-1975 — Toshkent politexnika institutida oʻqituvchi.
- 1977-1988 — Kasb-hunar va texnik taʼlimi davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
- 1988-1989 — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari.
- 1987-yilda nomzodlik ishini himoya qilgan.
- 1988-yilda dotsentlik unvonini olgan.
- 1989-1992 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining madaniyat, taʼlim va sogʻliqni saqlash boʻlimi boshligʻi.
- 1992-1998 — Guliston davlat unversiteti rektori.
- 1995-yilda doktorlik ishini himoya qildi.
- 1995-1997 — Pedagogika va ijtimoiy fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi.
- 1996-yilda professorlik unvonini oldi.
- 1998-yildan — Pedagogika va ijtimoiy fanlar Akademiyasining aʼzosi.
- 1998-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari.
- 1999 — A.G.Nebolsina nomidagi kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Fondi sovrindori.
- 2000-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri
- 2003-2009 — Qori-Niyoziy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rektori.
- 2009-yildan „Uzluksiztaʼlim“ jurnalida bosh muharrir va OʻzPFITI „Innovatsion texnologiya va taʼlimni axborotlashtirish“ boʻlimi boshigʻi boʻlib ishlab kelmoqda.[1]
ManbalarTahrirlash
- ↑ Djuraev Risbay Xaydarovich, 2021-01-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-02