PIRLS (inglizcha: Progress in International Reading Literacy Study') — bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.

Tadqiqot davriy ravishda – har besh yilda bir marta oʻtkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda oʻtkazilgan.

PIRLS 2016

PIRLS oʻqish taʼlimini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:

  • global miqyosida taʼlim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib borish;
  • yangi yoki qayta koʻrib chiqilgan taʼlim siyosatining taʼsirini kuzatib borish;
  • taʼlimning zaif nuqtalarini belgilash va oʻquv islohotini amalga oshirish;
  • PIRLS maʼlumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali oʻqitish va oʻqishni takomillashtirish;
  • adolatlilikni kuzatish yoki qoʻshimcha sinflarda oʻquvchilarni baholash kabi tegishli ishlarni olib borish;
  • oʻqishni va oʻqitishni oʻrganish.

Tarixi

tahrir

PIRLS loyihasi Taʼlim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA – International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) shafeligida yaratilgan. Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun Chestnut Hill (Massachusets, AQSh) Boston kolleji mas’ul hisoblanadi. Xalqaro tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Gamburgdagi (Germaniya) maʼlumotlar markazida amalga oshiriladi.

Ozbekistonda ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Wayback Machine saytida 2022-06-30 sanasida arxivlangan) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Tadqiqot uslubi

tahrir

PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqib tushunish koʻnikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi maʼlumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, oʻqish va oʻqitishni yaxshilashda taʼlim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin boʻlgan tahlillarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda PIRLS taʼrifiga koʻra, oʻqish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda maʼno hosil qila olish qobiliyati hamdir[1].

Tadqiqot doirasida asosiy eʼtibor tushunishni namoyon qilishdan oʻzlashtirilgan maʼlumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qoʻllay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilgan.

Oʻquvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi boʻlib, maʼno yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali oʻqish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qoʻllaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda oʻquvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega boʻlishi mumkin. Bular anʼanaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli koʻrinishdagi yozma shakllarni ham oʻz ichiga oladi.

PIRLS tadqiqotida oʻquvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida oʻqishini ikki turi baholanadi:

  1. Oʻquvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida oʻqish;
  2. Maʼlumotni oʻzlashtirish va undan foydalanish maqsadida oʻqish.

Tadqiqot qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion matnlarni oʻqiyotganda oʻqish qobiliyatining toʻrtta guruhi baholanadi:

  • aniq koʻrsatilgan maʼlumotlarni topish;
  • xulosalarni shakllantirish;
  • maʼlumotlarni talqin va sintez qilish;
  • mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.

Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga koʻra, oʻrtacha 500 dan 800 tagacha, oʻquvchilarning oʻqish savodxonligi darajasi past boʻlgan mamlakatlar uchun 400–500 ta, ePIRLSda esa, taxminan 1000 ta soʻzdan iborat boʻladi.

Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi oʻquvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga juda xos boʻlgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda oʻquvchiga unchalik tanish boʻlmaydi.

PIRLS tadqiqotida oʻqish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:

Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – Oʻquvchilar matnni yaxlit oʻzlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bogʻliq holda tushunadi. Muallifning gʻoyasini izohlashda oʻz fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi.

Yuqori daraja (550 ball) – Oʻquvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib oʻz xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga eʼtibor qarata oladi.

Oʻrta daraja (475 ball) – Oʻquvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining baʼzi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan oʻz xulosalarini chiqaradi.

Quyi daraja (400 ball) – Oʻquvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson boʻlgan xabarni ajratib oladi.

Natijalarni baholash tartibi

tahrir

PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim qoʻllanadi:

- javobni tanlash usulidagi toʻgʻri javoblar 1 ball bilan baholanadi;

- mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi toʻgʻri javoblar 1 ball bilan baholanadi;

- erkin javob berishg kerak boʻlgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi.

Natijalarni yakuniy qayta ishlash uchun zamonaviy sinov nazariyasi qoʻllanadi.

Tadqiqot natijalari

tahrir

PIRLS-2001

tahrir

PIRLS-2001 tadqiqotida 35 ta davlat ishtirok etgan[2]. Tadqiqotda 4-sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligi baholangan.

Reyting Mamlakat Oʻrtacha
balli
1   Shvetsiya 561
2   Niderlandiya 554
3   Angliya 553
4   Bolgariya 550
5   Latviya 545
6   Kanada 544
7   Litva 543
7   Vengriya 543
9   AQSh 542
10   Italiya 541
11   Germaniya 539
12   Chexiya 537
13   Yangi Zelandiya 529
14   Shotlandiya 528
14   Singapur 528
14   Rossiya 528
14 Gonkong 528
18   Fransiya 525
19   Gretsiya 524
20   Slovakiya 518
21   Islandiya 512
21   Ruminiya 512
23   Isroil 509
24   Sloveniya 502
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar 500
25   Norvegiya 499
26   Kipr Respublikasi 494
27 Moldova 492
28   Turkiya 449
29   Shimoliy Makedoniya 442
30   Kolumbiya 422
31   Argentina 420
32   Eron 414
33 Quvayt 396
34   Marokash 350
35   Beliz 327

PIRLS-2006

tahrir

PIRLS-2006 tadqiqotida 40 ta davlatdan 215 000 ga yaqin oʻquvchilar ishtirok etgan[3].

2006-yildagi tadqiqotda baholash testi toʻrtta jarayonni koʻrib chiqdi:

  • aniq koʻrsatilgan maʼlumotlarni olish
  • toʻgʻri xulosalar qilish
  • gʻoyalar va maʼlumotlarni talqin qilish va umumlashtirish
  • tarkib, til va matn elementlarini tekshirish va baholash
Reyting Mamlakat Oʻrtacha
ball
1   Rossiya 565
2 Gon Kong 564
3   Kanada (Alberta) 560
4   Singapur 558
4   Kanada (Britaniya Kolumbiyasi) 558
6   Lyuksemburg 557
7   Kanada (Ontario) 555
8   Italiya 551
8   Vengriya 551
10   Shvetsiya 549
11   Germaniya 548
12   Niderlandiya 547
12   Belgiya 547
12   Bolgariya 547
15   Daniya 546
16   Kanada (Yangi shotlandiya) 542
17   Latviya 541
18   AQSh 540
19   Angliya 539
20   Avstriya 538
21   Litva 537
22   Xitoy Taypeyi 535
23   Kanada (Kvebek) 533
24   Yangi Zelandiya 532
24   Slovakiya 532
26   Shotlandiya 527
27   Fransiya 522
27   Sloveniya 522
29   Polsha 519
30 Ispaniya 513
31   Isroil 512
32   Islandiya 511
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar 500
33 Moldova 500
33   Belgiya (French) 500
35   Norvegiya 498
36   Ruminiya 489
37   Gruziya 471
38   Shimoliy Makedoniya 442
39 Trinidad va Tobago 436
40   Eron 421
41   Indoneziya 405
42   Qatar 353
43 Quvayt 330
44   Marokash 323
45 Janubiy Afrika 302

PIRLS-2011

tahrir

PIRLS-2011 tadqiqotida 45 mamlakatdan 325000 oʻquvchi qatnashdi. Anʼanaga koʻra, tadqiqotlarda Angliya, Shimoliy Irlandiya, Belgiyaning fransuz tilida soʻzlashuvchi qismi va Gonkong mustaqil ishtirokchilar sifatida qatnashdi, chunki ularning taʼlim tizimi sezilarli farqlarga ega. Tadqiqotda ishtirok etuvchi har bir mamlakatning 150-200 maktabidan 4000 ga yaqin oʻquvchilar qatnashgan[4].

2011-yil maʼlumotlariga koʻra Gonkong, Rossiya, Finlandiya va Singapurda oʻquvchilar oʻqishni yaxshi oʻzlashtiradilar. Ushbu davlatlarning toʻrtinchi sinf oʻquvchilari barcha ishtirok etgan boshqa davlatlar orasida eng yaxshi natijalarni koʻrsatdilar. Ushbu mamlakatlarning oʻrtacha ballari orasidagi farq unchalik katta emas. Boshqa ishtirokchi davlatlarning natijalari yetakchi toʻrt mamlakatning natijalaridan ancha past.

Reyting Mamlakat Oʻrtacha
ball
1 Gonkong 571
2   Rossiya 568
2   Finlandiya 568
4   Singapur 567
5 Shimoliy Irlandiya 558
6   AQSh 556
7   Daniya 554
8   Xorvatiya 553
8   Xitoy Taypeyi 553
10   Irlandiya 552
10   Angliya 552
12   Kanada 548
13   Niderlandiya 546
14   Chexiya 545
15   Shvetsiya 542
16   Italiya 541
16   Germaniya 541
16   Isroil 541
16   Portugaliya 541
20   Vengriya 539
21   Slovakiya 535
22   Bolgariya 532
23   Yangi Zelandiya 531
24   Sloveniya 530
25   Avstriya 529
26   Litva 528
27   Avstraliya 527
28   Polsha 526
29   Fransiya 520
30 Ispaniya 513
31   Norvegiya 507
32   Belgiya (French) 506
33   Ruminiya 502
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar 500
34   Gruziya 488
35   Malta 477
36 Trinidad 471
37   Ozarbayjon 462
38   Eron 457
39   Kolumbiya 448
40   Birlashgan Arab Amirliklari 439
41   Saudiya Arabistoni 430
42   Indoneziya 428
43   Qatar 425
44   Ummon 391
45   Marokash 310

PIRLS-2016

tahrir

PIRLS-2016 tadqiqot natijalari 2017-yil 5-dekabrda chop etildi[5]. Ushbu siklda ikkita qoʻshimcha tashabbus qoʻllandi:

1) PIRLS savodxonligini baholash (ilgari prePIRLS nomi qoʻllangan) qamrov doirasi va hajmi boʻyicha PIRLSga teng va PIRLS kabi oʻqish tushunchasini aks ettiradi.

2) 2016-yilda joriy etilgan ePIRLS – oʻquvchilarning onlayn oʻqish paytida maʼlumot olish va undan foydalanish qobiliyatini kompyuterda oʻqishni baholash tashabbusi. Baholash ilm-fan va ijtimoiy fanlar boʻyicha maktabga oʻxshash haqiqiy topshiriqlar bilan qiziqarli, simulyatsiya qilingan internet muhitini oʻz ichiga oladi. Ushbu ePIRLS onlayn oʻqish yutuqlari shkalasi mamlakatlarga toʻrtinchi sinf oʻquvchilarining onlayn oʻqish koʻrsatkichlarini PIRLS oʻqish yutuqlari shkalasidagi koʻrsatkichlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.

Mamlakatlar boʻyicha talabalarning erishgan yutuqlari boʻyicha PIRLS-2016 natijalariga koʻra, 18 ta davlatda oʻrtacha koʻrsatkich yuqoriroq, 13 mamlakatda bir xil oʻrtacha yutuq va 10 mamlakatda oʻrtacha koʻrsatkich pastroq boʻlib, 50 ta davlatning 48 tasida qizlarning oʻqish darajasi oʻgʻil bolalarga qaraganda yuqori boʻlgan[6][7]

PIRLS-2016 tadqiqot natijalariga koʻra, oʻrtacha oʻqish darajasi eng yuqori boʻlgan oʻnta mamlakat: Rossiya Federatsiyasi, Singapur, Gonkong, Irlandiya, Finlandiya, Polsha, Shimoliy Irlandiya, Norvegiya, Tayvan va Angliya davlatlaridir[8].

Reyting Mamalakat Oʻrtacha
ball
1   Rossiya 581
2   Singapur 576
3 Gonkong 569
4   Irlandiya 567
5   Finlandiya 566
6   Polsha 565
6 Shimoliy Irlandiya 565
8   Norvegiya 559
8   Xitoy Taypeyi 559
8   Angliya 559
11   Latviya 558
12   Shvetsiya 555
13   Vengriya 554
14   Bolgariya 552
15   AQSh 549
16   Litva 548
16   Italiya 548
18   Daniya 547
19 Makao 546
20   Niderlandiya 545
21   Avstraliya 544
22   Chexiya 543
22   Kanada 543
24   Sloveniya 542
25   Avstriya 541
26   Germaniya 537
27   Qozogʻiston 536
28   Slovakiya 535
29   Isroil 530
30   Portugaliya 528
30 Ispaniya 528
32   Belgiya 525
33   Yangi Zelandiya 523
34   Fransiya 511
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar 500
35   Belgiya (French) 497
36   Chili 494
37   Gruziya 488
38 Trinidad 479
39   Ozarbayjon 472
40   Malta 452
41   Birlashgan Arab Amirliklari 450
42   Bahrayn 446
43   Qatar 442
44   Saudiya Arabistoni 430
45   Eron 428
46   Ummon 418
47 Quvayt 393
48   Marokash 358
49   Misr 330
50 Janubiy Afrika 320

PIRLS-2021

tahrir
Reyting Mamalakat Oʻrtacha
ball
1   Singapur 587
2   Irlandiya 577
3 Gonkong 573
4   Rossiya 567
5   Shimoliy Irlandiya 566
6   Angliya 558
7 [[Shimoliy Irlandiya|  Xorvatiya]] 557
8   Litva 552
9   Finlandiya 549
9   Polsha 549
11   AQSh 548
12   Xitoy Taypeyi 544
12   Shvetsiya 544
14   Bolgariya 540
14   Avstraliya 540
14   Chexiya 540
17   Vengriya 539
17   Daniya 539
17 [[Norvegiya|  Norvegiya]] 539
20   Italiya 537
21   Makao 536
22   Avstriya 530
23   Slovakiya 529
24   Latviya 528
25   Niderlandiya 527
26   Germaniya 524
27   Yangi Zelandiya 521
27   Ispaniya 521
29   Portugaliya 520
29   Sloveniya 520
31 [[Malta|  Malta]] 515
32   Fransiya 514
32   Serbiya 514
34   Albaniya 513
35   Kipr Respublikasi 511
35   Belgiya (flamand) 511
37   Isroil 510
38   Qozogʻiston 504
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar 500
39   Turkiya 496
40   Gruziya 494
40   Belgiya (French) 494
42   Chernogoriya 487
43 [[Qatar|  Qatar]] 485
44   Birlashgan Arab Amirliklari 483
45   Bahrayn 458
46   Saudiya Arabistoni 449
47   Shimoliy Makedoniya 442
48   Ozarbayjon 440
49   Oʻzbekiston 437
50   Ummon 429
51   Kosovo 421
52 [[Braziliya|  Braziliya]] 419
53   Eron 413
54   Iordaniya 381
55 [[Misr|  Misr]] 378
56 [[Marokash|  Marokash]] 372
57 [[Janubiy Afrika Respublikasi|  Janubiy Afrika]] 288

PIRLS 2021 tadqiqotida Oʻzbekiston oʻquvchilari ham ishtirok etib 57 mamlakatlar orasida 49-oʻrinni egalladi. Birinchi oʻrin esa, Osiyoning yana bir mamlakati Singapur, ikkinchi oʻrin Irlandiya, uchinchi oʻrin Gonkong mamlakati yuqori oʻrinlarni egallagan. Maʼlumot uchun, MDX mamlakatlari ham ushbu nufuzli tadqiqotda ishtirok etib, Rossiya 4-oʻrin, Qozogʻiston 38-oʻrin, Gruziya 41-oʻrin va Ozarbayjon 48-oʻrinlarni egallagan.[9]

Manbalar

tahrir
  1. PIRLS xalqaro baholash dasturi
  2. PIRLS 2001 International Report
  3. PIRLS 2006 International Report
  4. PIRLS 2011 International Report
  5. PIRLS 2016
  6. [PIRLS 2016 natijalari]
  7. PIRLS 2016 oʻqish yutuqlari tendentsiyalari
  8. Oʻquvchilar natijalari haqida umumiy maʼlumot
  9. „PIRLS 2021 natijalari“.