Hilola Umarova

oʻzbekistonlik siyosatchi (1988—)

Umarova Hilola O‘ktamovna (1988-yil, Veymar, Germaniya Demokratik Respublikasi) — 2020-yildan Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan[1]. 2022-yil 30-dekabrda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Mansab davri
2022-yil 30-dekabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Lavozim yangi joriy etilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-avgust 1988-yil (1988-08-09) (36 yosh)
Germaniyaning Veymar shahri
Mukofotlari Oʻzbekiston belgisi nishoni

Mutaxassisligi - tashqi iqtisodiy faoliyat. Oʻzbek, rus, ingliz tillarini mukammal biladi[2].

Tarjimai holi

tahrir

Umarova Xilola Uktamovna 1988-yili Olmoniyaning Vaymer shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2013-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

tahrir

Mehnat faoliyatini 2014-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti hujjat taʼminoti va nazorati guruhi 1-toifali mutaxassisligidan boshlagan.

  • 20162018 — Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorlikni rivojlantirish va homiylarni jalb etish bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
  • 2018 — Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.
  • 2018 — Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i.
  • 2018 — O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi.
  • 20182020 — Toshkent shahridagi Inha universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha bosh menejeri[2].
  • 20202022 — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori[3].
  • 2022-yil 30-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri[4]

Manbalar

tahrir
  1. „Hilola Umarova Prezident maktablari agentligiga rahbar bo‘ldi“ (2020-yil 9-oktyabr). 2023-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Umarova Hilola Uktamovna“ (2018-yil 1-avgust). 2018-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
  3. „Hilola Umarova yangi lavozimga tayinlandi“ (2020-yil 9-oktyabr). 2023-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
  4. Oʼzbekiston hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi