Feruza Farxodovna Eshmatova (tugʻ. 1979-yil, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek huquqshunosi, yuridik fanlari doktori, monografiya, risolalar  100 dan ortiq ilmiy va  publitsistik maqolalar    muallifi. 2021-yil 5-fevraldan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman).

Feruza Eshmatova
Oʻzbekiston Ombudsmani
Mansab davri
5-fevral 2021-yil
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ulug'bek Muxammadiev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1979
Qashqadaryo viloyati
Maʼlumoti Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Hayoti

tahrir

Feruza Eshmatova 1979-yilda[1] Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini 2000-yilda tugatgan. 2002—2014-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2014-yilda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan III chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi[2] deputati, Xalqaro ishlar va parlamentlaaro aloqalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 2020-yilda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylangan va Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi qoʻmitasi raisi boʻlgan[3].

2021-yil 15-yanvarda Qonunchilik palatasi deputatlari Feruza Eshmatovani Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)[4] va 2021-yil 5-fevralda Senat uning nomzodini maʼqulladi[5][6].

Manbalar

tahrir
  1. „ЭШМАТОВА Феруза Фарходовна | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 31-mart 2021-yil.
  2. Kun uz. „Феруза Эшматова избрана новым омбудсманом“ (ruscha). Kun.uz. Qaraldi: 31-mart 2021-yil.
  3. „Другие мероприятия“. parliament.gov.uz. 20-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2021-yil.
  4. „Новым омбудсманом избрана Феруза Эшматова“ (ru-UZ). Газета.uz (15-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 31-mart 2021-yil.
  5. „Сенат утвердил новым омбудсманом Ферузу Эшматову“ (ru-UZ). Газета.uz (5-fevral 2021-yil). Qaraldi: 31-mart 2021-yil.
  6. „Омбудсман“. www.ombudsman.uz. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.