Turkiy davlatlar tashkiloti
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)[1] (ozarbayjoncha: Türk Dövlətləri Təşkilatı, qozoqcha: Түрік Мемлекеттері ұйымы, qirgʻizcha: Түрк мамлекеттеринин уюму, turkcha: Türk Devletleri Teşkilatı, veng.: Török Államok Szervezete, inglizcha: Organization of Turkic States; 2021-yilgacha sobiq Turkiy kengash) — turkiyzabon davlatlardan tashkil topgan xalqaro tashkilot. Tashkilotning asosiy maqsadi aʼzo davlatlarning har tomonlama doʻstlik va hamkorlikni rivojlanirishiga qaratilgan. Ushbu tashkilotga 2009-yil 3-oktabrda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida asos solingan.
gerb | |
Ishga tushgan sanasi | 3-oktabr 2009-yil |
---|---|
Joylashuvi |
Turkiya, Istanbul (Kotibiyat) Ozarbayjon, Boku (Parlament assambleyasi) Qozogʻiston, Ostona (Turk kengash akademiyasi) |
Asoschi(lar)i |
Ozarbayjon |
Vebsayti | turkicstates.org |
Til(lar)i |
Qozoq tili |
Conseilturcique.svg |
Tarixi
tahrir1992-yilda ilk bor "Turkiyzabon davlatlar sammitiʻʻ boʻlib oʻtdi. 2009-yilning 3-oktabr kuni Ozarbayjonning Naxchivon shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya oʻrtasida „Naxichevan kelishuvi“ imzolandi va „Turkiy kengash“ xalqaro tashkilotiga asos solindi. Tashkilot kotibiyati bosh binosi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashishi aniqlab olindi[2].
Ushbu tashkilotga asos solinishdan avval, 1992-yilda Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Olmaotada „Birlashgan turkiylar tili va sanʼati maʼmuriyati“ga asos solingan edi. 1998-yilda esa Ozarbayjonning Boku shahrida „Turkiyzabon davlatlar parlamentlik assambleyasi“ tashkil etildi. Yaqin kelajakda „Turkiy Kengash“gaTurkmaniston kirishi kutilmoqda.
Yigʻilishlar
tahrir2021-yilning 23—24-iyun kunlari Oʻzbekistonning Qoʻqon shahrida Turkiy kengash turizm vazirlarining VI yigʻilishi va Turizm boʻyicha ishchi guruhning XV yigʻilishi oʻtkazildi[3]. 24-iyun kuni turizm sohasidagi vazirlarning yigʻilishida Oʻzbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov taklifiga binoan Qoʻqon shahri Turkiy kengashning turizm poytaxti deb eʼlon qilindi[4].
Aʼzo davlatlar
tahrirDavlat | Poytaxti | Maydoni | Aholisi soni (ming) |
YIM | YIM Aholi jon boshiga |
---|---|---|---|---|---|
Ozarbayjon | Boku | 86 600 km² | 10 073 | 65 mlrd. doll. | 18 500 doll. |
Oʻzbekiston | Toshkent | 448 976 km² | 37 143 | 76 mlrd. doll. | 2800 doll. |
Qirgʻiziston | Bishkek | 198 500 km² | 6 389 | 8 mlrd. doll. | 1655 doll. |
Qozogʻiston | Nur-Sulton | 2 724 902 km² | 20 000 | 185 mlrd. doll. | 10000 doll. |
Turkiya | Anqara | 783 562 km² | 84 155 | 848 mlrd. doll. | 13500 doll. |
Jami: | - | 4 242 540 km² | 157 760 | 1188 mlrd. doll. | 11000doll. |
Turkiy Kengashdagi kuzatuvchi davlat
tahrirDavlat | Poytaxti | Aholisi soni | Maydoni | YIM | YIM Aholi jon boshiga |
---|---|---|---|---|---|
Mojariston | Budapesht | 9 778 371 | 93 036 km² | 242 mlrd. doll. | 24 498 doll. |
Turkmaniston | Ashxobod | 5 240 500 | 491 200 km² | 95,5 mlrd. doll. | 17 485 doll. |
Shimoliy Qibris Turk Respublikasi | Lefkosiya | 3 300 km² | 294 900 | 1.7 mlrd. doll. | 10 095 doll. |
Tashkilot sohalari
tahrir- Istanbul kotibiyati
- Prezidentlar kengashi
- Tashqi ishlar vazirlari kengashi
- Yuqori martabalilardan tashkil topgan komitet
- Turkiyzabon davlatlar oqsoqollari kengashi
- Bokudagi parlament assambleyasi
- Ostonadagi turkiy akademiya
- Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti
Tashkilot bosh kotiblari
tahrirXalil Aqinchi[5] | Turkiya | 3.10.2009 | 16.09.2014 |
Ramil Hasanov | Ozarbayjon | 16.09.2014 | 3.09.2018 |
Bagʻdod Amreyev | Qozogʻiston | 3.09.2018 | 2022 |
Kubanichbek Omrualiyev | Qirgʻiziston | 2022 | hozirgi kunga qadar |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Turkiy Kengash nomi «Turkiy davlatlar tashkiloti» deb oʻzgartiriladi“. Gazeta.uz (12-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 14-noyabr 2021-yil.
- ↑ Нахичеванское соглашение о создании Совета сотрудничества тюркоязычных государств, 27-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 29-mart 2015-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Ўзбекистонда Туркий кенгаш туризм вазирларининг VI йиғилиши ўтказилади“. Bugun.uz. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 11 июнь.
- ↑ „Қўқон шаҳрини Туркий кенгашнинг илк «Туризм пойтахти» сифатида номлаш таклиф қилинди“. Bugun.uz. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 24 июнь.
- ↑ Информация из Официального сайта ТС, 14-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 29-mart 2015-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()
Havolalar
tahrir- Tashkilot rasmiy sayti
- Naxchivon kelishuvi (Wayback Machine saytida 27-dekabr 2010-yil sanasida arxivlangan)