Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti

Aʼzo davlatlar
Tashkilot nomi Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti
Aʼzo davlatlar soni 14 ta
Shtab-kvartira Turkiya bayrogʻi Turkiya, Anqara
Rasmiy tillar turkcha, ruscha, inglizcha
Rahbar Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti Dyusen Kaseinov
Tashkil etilgan sana 1993-yil, 12-iyul
Rasmiy sayti turksoy.org

Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti (TURKSOY) — turkiy davlatlardan tashkil topgan xalqaro madaniyat tashkiloti. Tashkilotning asosiy maqsadi bu turkiy davlatlar va xalqlar orasidagi doʻstlikni va hamkorlikni kuchaytirishdir. Bu hakorlik iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarni oʻz ichiga oladi. Tashkilot bosh binosi Turkiya poytaxti Anqarada joylashgan. Hozirgi vaqtda, tashkilot bosh direktori Qozogʻistonlik Dyusen Kaseinov hisoblanadi. Tashkilot 3 ta rasmiy tiliga ega, bular: turk, rus va ingliz tillaridir.

TarixiTahrirlash

 
International Organization of Turkic Culture, headquarters.

Tashkilot tarixi ilk marta 1992-yilda Boku va Istanbuldagi Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkmaniston va Oʻzbekiston madaniyat vazirlari uchrashuvida kelishilgan. 1993-yilning 12-iyul kuni Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Almatida «Turkiy madaniyat rivojlanishi hamkorligi tshkiloti»ga asos solindi va tegishli xujjatlar imzolandi.

1996-yildan, TURKSOY va YUNESKO oʻrtasida rasmiy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. 2009-yilda tashkilot nomi hozirgi nomga oʻzgartirildi. Oʻsha yili, ushbu tashklot Turkiy kengash tarkibiga kirdi.

Aʼzo mamlakatlarTahrirlash

TURKSOY tarkibiga 10 ishtirokchi kiradi, bular mustqail suveren davlatlar, boshqa davlatlar tarkibidagi federal subyektlar va muxtor viloyat va regionlardir.

Mamlakat Poytaxti Rasmiy tili Aholisi soni
  Gagauziya Komrat Gagauz tili 163 200
  Ozarbayjon Boku Ozarbayjon tili 9 780 700
  Qozogʻiston Ostona Qozoq tili 17 440 270
  Qirgʻiziston Bishkek Qirgʻiz tili 5 776 580
  Shimoliy Qibris Turk Respublikasi Lefkosiya Turk tili 294 900
  Yoqutiston Yakutsk Yoqut tili 956 890
  Tatariston Qozon Tatar tili 3 855 000
  Turkiya Anqara Turk tili 77 695 000
  Turkmaniston Ashxobod Turkman tili 5 250 000
  Oʻzbekiston Toshkent Oʻzbek tili 31 050 000

ManbalarTahrirlash