Oltoy tiliturkiy tillardan biri. 1948-yilgacha oyrot tili deb atalgan. Rossiya Federatsiyasi Oltoy oʻlkasining Togʻli Oltoy viloyatida tarqalgan, 60 mingga yaqin kishi soʻzlashadi. Lahjalari 2 guruhga boʻlinadi: janubiy (qirgʻiz-qipchoq guruhi) va shimoliy (uygʻur guruhi). Oltoy tili unlilar tizimi xususiyatiga va lab singarmonizmining umumiy qonunlariga koʻra qirgʻiz tiliga yaqinroq turadi. Undoshlar tizimida oʻxshashliklar bilan birga muayyan tafovutlar ham bor: qirgʻiz tilidagi soʻz boshida keluvchi qorishiq j oʻrnida Oltoy tilida dʼ mos keladi; qirgʻiz tilidan farqli ravishda unlilar orasida jarangsiz undoshlar jarangli undoshlarga aylanadi. Feʼllar tuslanganda, shaxs koʻrsatkichining reduksiyaga uchrashi Oltoy tili morfologiyasining asosiy xususiyatidir.

Oltoy tili
Milliy nomi Алтай
Mamlakatlar Rossiya Rossiya
Xitoy Xalq Respublikasi XXR
 Moʻgʻuliston
Rasmiylik holati  Oltoy Respublikasi
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 55 720[1]
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Togʻli-Oltoy guruhi
Qirgʻiz-qipchoq ostguruhi
Alifbosi kirill
Til kodlari
ISO 639-1 atv
ISO 639-2 alt
ISO 639-3 alt

Adabiy tili janubiy lahjalarga asoslanadi. Yozuvi 1939-yildan rus grafikasi asosida.[2]

Oltoy tili — oltoy xalqining tili. Turkiy tilli xalqlar. Rossiya va Mo'g'uliston chegarasida joylashgan Gorno-Altayda va Xitoy-da keng tarqagan.

Oltoy tili (1948-gacha oʻyrat tili deb atalgan) asosan Togʻli Oltoy AV-da (60 015) istiqomat qiladigan oltoy xalqining milliy, adabiy tili. Ularning umimiy soni — 71 317 kishi (1989). Oltoy tili janubiy (oltoy, toʻlengit, televit) va shimoliy (kumandi, tuva, chalkan) dialektlariga boʻlinadi. Adabiy tilining shakllanishida janubiy dialektining (aptay kiji) ulushu koʻproq boʻlgan. Oltoy xalqi 1928—1938-yili lotin alifbosini qoʻllandi va nihoyat 1938-yildan buyon kirill alifbosini foydaniladi.

Manbalar

tahrir