Yakutsk (saxa.: Дьокуускай, ruscha: Яку́тск) — shahar, RF Saxa Respublikasi poytaxti. Lena daryosi boʻyidagi port. Aholisi 367 ming kishi (2024). Respublikaning sanoat va madaniyat markazi. Yakutsk Lena daryosining oʻng sohilida, 1632-yilda ostrog (oʻtkir uchli yogʻochlar bilan oʻralgan qalʼa) sifatida vujudga kelgan. 1642—43 yillarda daryoning chap sohiliga koʻchirilgan. 17 — 18-asrning 1-yarmida Yakutsk shimoli-sharqiy Sibirning harbiy-maʼmuriy va savdo markazi hamda Uzoq Sharqda rus mustamlakachiligining tayanch punkti boʻlgan. Yakutsk aholisini, asosan, ruslar (kazaklar, sanoatchilar, savdogarlar, badargʻa qilinganlar) tashkil qilgan. 1708-yildan Yakutsk Sibir guberniyasida, 18-asr oxiridan Irkutsk guberinyasi tarkibiga kirgan. 1851-yildan Yakutiya viloyati markazi, 1922-yildan Yakutiya Muxtor SSR poytaxti.

Yakutsk

saxa.: Дьокуускай, ruscha: Якутск
Skyline of Yakutsk
Yakutsk
Bayroq
Yakutsk
Gerb
62°1′38″N 129°43′55″E / 62.02722°N 129.73194°E / 62.02722; 129.73194
Mamlakat Rossiya
{{{mintaqa_turi}}} Saxa Respublikasi
Hukumat
 • Hokim Evgeny Grigoriev
Asos solingan 1632
Ilk eslatilishi 1634
Maydon 122 km2 (47 kv mi)
Markazi balandligi 95 m
Aholisi
 (2021)
355 443
Zichligi 2913 kishi/km2
Konfessiyaviy tarkib pravoslavniylar, musulmonlar va boshqalar
Telefon kodi +7 4112
Pochta indeks(lar)i 677xxx
Yakutsk xaritada
Yakutsk
Yakutsk

20-asr oʻrtalaridan Yakutsk sanoat, ilmiy va madaniy markaziga aylandi. Qurilish materiallari ktlari, kemasozlik, kema taʼmirlash, sut, baliq, pivo, likyoraraq va boshqalar zavodlar, yengil sanoat (shu jumladan, koʻnpoyabzal) korxonalari, GRES ishlab turibdi. Universitet, bir qancha oʻrta maxsus bilim yurtlari, Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimining ilmiy markazi, 3 teatr, telemarkaz, 6 muzey, jumladan, tarix — oʻlkashunoslik, adabiyot, Gʻarbiy Yevropa sanʼati, tasviriy sanʼat, olmos muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Spas monastiri (17-asr), voyevoda kanselyariyasi (18-asr) binolari saqlangan.