Turkiy davlatlar tashkiloti

Turkiy davlatlar tashkiloti[1] (ozarbayjoncha: Türk Dövlətləri Təşkilatı, qozoqcha: Түрік Мемлекеттері ұйымы, qirgʻizcha: Түрк мамлекеттеринин уюму, turkcha: Türk Devletleri Teşkilatı, veng.: Török Államok Szervezete, inglizcha: Organization of Turkic States; 2021-yilgacha sobiq Turkiy kengash) — turkiyzabon davlatlardan tashkil topgan xalqaro tashkilot. Tashkilotning asosiy maqsadi aʼzo davlatlarning har tomonlama doʻstlik va hamkorlikni rivojlanirishiga qaratilgan. Ushbu tashkilot 3-oktabr 2009-yilda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida asos solingan.

Turkiy davlatlar tashkiloti

gerb
Ishga tushgan sanasi 3-oktabr 2009-yil
Joylashuvi Turkiya bayrogʻi Turkiya, Istanbul (Kotibiyat)
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon , Boku (Parlament assambleyasi)
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston , Ostona (Turk kengash akademiyasi)
Asoschi(lar)i

 Ozarbayjon
 Qozogʻiston
 Qirgʻiziston
 Turkiya
 Oʻzbekiston
Kuzatuvchilar:

Vebsayti turkkon.org
Til(lar)i

Qozoq tili
Ozarbayjon turkchasi
Qirgʻiz tili
Turk tili
Oʻzbek tili

Ingliz tili
Havo rangda - aʼzo davlatlar, och havo rangda - Kuzatuvchi davlatlar.

TarixiTahrirlash

1992-yilda ilk bor “Turkiyzabon davlatlar sammitiʻʻ boʻlib oʻtdi. 2009-yilning 3-oktabr kuni Ozarbayjonning Naxchivon shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya oʻrtasida “Naxichevan kelishuvi” imzolandi va “Turkiy kengash” xalqaro tashkilotiga asos solindi. Tashkilot kotibiyati bosh binosi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashishi aniqlab olindi[2].

Ushbu tashkilotga asos solinishdan avval, 1992-yilda Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Olmaotada “Birlashgan turkiylar tili va sanʼati maʼmuriyati”ga asos solingan edi. 1998-yilda esa Ozarbayjonning Boku shahrida “Turkiyzabon davlatlar parlamentlik assambleyasi” tashkil etildi. Yaqin kelajakda “Turkiy Kengash”gaTurkmaniston kirishi kutilmoqda.

YigʻilishlarTahrirlash

2021-yilning 23—24-iyun kunlari Oʻzbekistonning Qoʻqon shahrida Turkiy kengash turizm vazirlarining VI yigʻilishi va Turizm boʻyicha ishchi guruhning XV yigʻilishi oʻtkazildi[3]. 24-iyun kuni turizm sohasidagi vazirlarning yigʻilishida Oʻzbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov taklifiga binoan Qoʻqon shahri Turkiy kengashning turizm poytaxti deb eʼlon qilindi[4].

Aʼzo davlatlarTahrirlash

Davlat Poytaxti Maydoni Aholisi soni
(ming)
YIM YIM
Aholi jon boshiga
  Ozarbayjon Boku 86 600 km² 10 073 65 mlrd. doll. 18 500 doll.
  Oʻzbekiston Toshkent 448 976 km² 34 037 76 mlrd. doll. 2800 doll.
  Qirgʻiziston Bishkek 198 500 km² 6 389 8mlrd. doll. 1300 doll.
  Qozogʻiston Nur-Sulton 2 724 902 km² 18 690 185 mlrd. doll. 10000 doll.
  Turkiya Anqara 783 562 km² 83 155 848mlrd. doll. 13500 doll.
Jami: - 4 242 540 km² 152 344 1188 mlrd. doll. 11000doll.

Turkiy Kengashdagi kuzatuvchi davlatTahrirlash

Davlat Poytaxti Aholisi soni Maydoni YIM YIM
Aholi jon boshiga
  Mojariston Budapesht 9 778 371 93 036 км² 242 mlrd. doll. 24 498 doll.
  Turkmaniston Ashxobod 5 240 500 491 200 km² 95,5 mlrd. doll. 17 485 doll.
  Shimoliy Qibris Turk Respublikasi Lefkosiya 3 300 km² 294 900 1.7 mlrd. doll. 10 095 doll.

Tashkilot sohalariTahrirlash

  • Istanbul kotibiyati
  • Prezidentlar kengashi
  • Tashqi ishlar vazirlari kengashi
  • Yuqori martabalilardan tashkil topgan komitet
  • Turkiyzabon davlatlar oqsoqollari kengashi
  • Bokudagi parlament assambleyasi
  • Ostonadagi turkiy akademiya
  • Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti

Tashkilot bosh kotiblariTahrirlash

Xalil Aqinchi[5]   Turkiya 3.10.2009 16.09.2014
Ramil Hasanov   Ozarbayjon 16.09.2014 3.09.2018
Bag’dod Amreyev   Qozogʻiston 3.09.2018 2022
Kubanichbek Omrualiyev Qirgʻiziston 2022 hozirgi kunga qadar

Yana qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash