Anqara — Turkiya Respublikasining poytaxti, Anqara vilotatining maʼmuriy markazi. Aholisi 4 million kishi (shahar atrofi bilan, 1997). Shahar Anadolu yassitog‘ligida, Anqara va Chubuk daryolari tutashgan joyda, dengiz sathidan taxminan 890 m balandlikda. Anqara va avtomobil yo‘llari tuguni, xalqaro aeroport bor. Mamlakatning yirik sanoat, savdo va madaniyat markazi. Anqara Kichik Osiyoning ko‘hna shaharlaridan biri; milloddan avvalgi VII asrda Osiyoni Yevropa bilan bog‘lagan savdo yo‘llaridagi Rim imperiyasiga qarashli muhim savdo markazi sifatida maʼlum. XI asrdan Anqara saljukiy turklar tasarrufida. XIV asrning 1-yarmidan usmonlilar saltanati tarkibidagi Anqara poshsholigining maʼmuriy markazi. 1402-yil 20-iyulda Anqara yonida katta buyuk Amir Temur bilan turk sultoni Boyazid I Yildirim oʻrtasida jang bo‘lgan (qarang Anqara jangi). 1864-yildan esa viloyat markazi. 1920-yil 23-aprelda Anqarada Turkiya Buyuk Millat majlisi ochildi va unda yangi milliy hukumat tashkil etildi. 1923-yil 13-oktabrdan Anqara Turkiya poytaxti, 1923-yil 29-oktabrdan Turkiya Respublikasining poytaxti deb eʼlon qilindi. Anqarada Turkiyaning asosiy harbiy sanoat (o‘qdori, qurol-aslaha, samolyot zavodlari), mashinasozlik va metallsozlik, elektrotexnika, sement, yog‘ochsozlik, to‘qimachilik, oziq-571ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Anqarada bir necha universitet, konservatoriya, Otaturk nomidagi pedagogika instituti, Tasviriy sanʼat akademiyasi, oliy texnika maktabi, bir qancha hunar o‘quv yurtlari, teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, kino-teatrlar va boshqa ilmiy-madaniy muassasalar bor. Shahar 2 qismdan iborat. Shimoliy yoki eski Anqarada o‘rta asr meʼmoriy yodgorliklari saqlanib qolgan. Anqara poytaxt bo‘lgach, uning janubiy qismida zamonaviy binolar qurilgan.

Kızılay Square in Ankara, Turkey.JPG

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil