Odessa
Odessa (ukraincha: Одеса) — Ukrainaning Odessa viloyati markazi. Ukrainaning yirik sanoat, madaniyat, ilmiy va kurort markazlaridan biri. Qora dengizning shimoli-gʻarbiy sohilidagi port. Shosse va temir yoʻl tuguni. Aholisi 1,017,000 kishi (2014). Shahar 4 tumanga boʻlingan.
Odessa ukraincha: Одеса | |
---|---|
shahar | |
![]() | |
46°28′0″N 30°44′0″E / 46.46667°N 30.73333°E G OKoordinatalari: 46°28′0″N 30°44′0″E / 46.46667°N 30.73333°E G O | |
Mamlakat | Ukraina |
viloyat | Odessa viloyati |
Hukumat | |
• shahar boshi | Oleg Brindak[1] |
Asos solingan | 1794 |
Avvalgi nomlari | Xajibey |
Qachondan beri shahar | 1794 |
Maydon | 2,369 km2 (915 mi²) |
Markazi balandligi | 50 m |
Aholisi (2014) |
↗ 1,017,000[2] |
Zichligi | 4287,7 kishi/km2 |
Milliy tarkib | 62 % ukrainlar, 29 % ruslar |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
Telefon kodi | 48(2) |
Pochta indeks(lar)i | 65000 — 65480 |
|
TarixiTahrirlash
Odessa oʻrnida 15-asrda turklarning "Xajibey" qalʼasi boʻlgan. Uni ruslar egallab, 1793-yil oʻzlarining janubidagi tayanch punktiga aylantirgan. 1794-yildan shahar[3], 1795-yildan rasmiy ravishda Odessa nomini oldi[4]. 1941—44 yillarda Odessani nemis fashistlari egallab turdi. Shahar 1944-yil 10-aprelda ozod qilindi. 1965-yil Odessaga qahramonshahar faxriy unvoni berildi.
MeʼmorligiTahrirlash
Shaharning markaziy qismida A. E. Rishelye haykali va Potyomkin zinasi joylashgan klassik binolar ansambli bor (1826—41). Klassitsizm uslubida qurilgan Voronsov, Pototskiy, Narishkina saroylari, eski birja, gospital, Odessa atrofi va uning chekkalarida — iqlimiy va bal-neobalchiq kurortlar (Arkadiya, Luzanovka va boshqalar) mavjud. Odessada tarixiy voqealar bilan bogʻliq joy koʻp.
SanoatiTahrirlash
Odessada mashinasozlik (stanoksozlik, yuk-transport, sovitkich, tibbiy, savdo, poligrafiya va boshqa asbob-uskunalar, agregatlar, hisoblash mashinalari ishlab chiqarish va boshqalar), kimyo, neftni qayta ishlash, kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, yengil (jut, toʻqimachilik va boshqalar) sanoat korxonalari bor. Poʻlat prokat ishlab chiqarish birlashmasi faoliyat koʻrsatadi.
Ijtimoiy sohaTahrirlash
Odessa — yirik dengiz porti. Havo liniyalari orqali yirik shaharlar bilan bogʻlangan. Odessada Antarktika kit ovlash flotiliyasi bazasi, 14 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), Ukraina Fanlar Akademiyasining Janubiy ilmiy markazi, 7 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), arxeologiya, badiiy, A. S. Pushkin nomidagi, adabiy-memorial muzeylari, sirk, filarmoniya, konservatoriya, kinostudiya bor.[5]
AholisiTahrirlash
Odessaning milliy tarkibi
2001-yil, ming kishi[6]
Ukrainlar | 622,9 | (61,6 %) |
Ruslar | 292,0 | (29,0 %) |
Bolgarlar | 13,3 | (1,3 %) |
Yahudiylar | 12,4 | (1,2 %) |
Moldavanlar | 7,6 | (0,7 %) |
Beloruslar | 6,4 | (0,6 %) |
Armanlar | 4,4 | (0,4 %) |
Polyaklar | 2,1 | (0,2 %) |
Jami | 1010,3 | (100,0 %) |
2001-yil Ukraina aholi sanogʻida Odessa aholisi 1,029,049 kishini tashkil qildi (shulardan — 480,341 nafari erkaklar yoki 47 % va 548,708 nafari ayollar yoki 53 %)[7], doimiy aholisi — 1 010 298 kishi. Odessa — anʼanaviy koʻp millatli shahar hisoblanadi. Shaharda oʻndan ziyod millat vakillari istiqomat qilishadi.[8].
Odessadagi tartibsizliklarTahrirlash
2014-yil 2-may kunida Odessa shahrida roʻy bergan qurolli toʻqnashuvlarda 37 odam halok boʻldi, 200 dan ortiq odam yaralandi[9]. Halok boʻlganlarning aksari rossiyaparastlar ekani aytiladi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga koʻra, Putin qurbonlarni yaqinlariga hamdardlik bildirgan va bu fojeada Kiyev rahbariyatini ayblagan. Ukraina politsiyasiga koʻra, tartibsizliklarga aloqadorlikda gumonlanib, 130 odam hibsga olingan. Jinoyat kodeksining „Qasddan odam oʻldirish“, „jamoatchilik tartibini buzish“, „davlat idoralarini ishgʻol etish“ kabi oʻndan ziyod moddasi boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻotilgan. Rossiya rahbariyati Odessadagi oʻnlab odam oʻlimiga sabab boʻlgan hodisalarda Kiyev va gʻarb hukumatlarini aybladi[10].
ManbalarTahrirlash
- ↑ Одесса получила "временного" мэра - Горсовет принял отставку Костусева - LB.ua
- ↑ „Чисельність наявного населення на 1 листопада 2013 року (наличное население на 01.11.2013)“ (укр). Управление статистики в Одесской области. 15-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. WebCite saytida arxivlandi (2013-05-15)
- ↑ Родилась ли Одесса 2 сентября 1794-го?
- ↑ Одесса в XIX—XX вв., 2014-07-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-04
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 16 (yordam) - ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Данные Всеукраинской переписи населения 2001а в Одесской области“. 9-noyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-may 2014-yil.
- ↑ Численность населения Одессы по Всеукраинской переписи населения 2001
- ↑ Почему одесские армяне учат украинские песни?
- ↑ Одессадаги тартибсизликлар ва ёнғин қурбонлари сони 46 нафарга етди, 2014-05-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-04
- ↑ Odessadagi toʻqnashuv
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |