Shanxay hamkorlik tashkiloti

xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (15-iyun 2001-yil). SHHTning vujudga kelish tarixi „Shanxay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogʻliqdir. Dastlab Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari („Shanxay beshligi“) uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Unda chegaradosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996) va qoʻshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarogʻlarni qisqartirish (1997) toʻgʻrisida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998-yildan „beshlik“ mamlakatlarining oʻzaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi boʻylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash choralariga oʻtishga qaratildi. SHHTning Dushanbe (2000) sammitida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda „beshlik“ negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. SHHT taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning maqsad va prinsiplarini eʼlon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning Sankt-Peterburgda boʻlgan 2-sammitida (2002-yil iyun) ustav hujjati — SHHT Xartiyasiga imzo chekildi. SHHT ning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida joylashgan)dan iborat.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti,
xitoycha: 上海合作组织
ruscha: Шанхайская организация сотрудничества

Davlat rahbarlari hujjatlarni imzolash jarayoni

  Aʼzolar
  Kuzatuvchilar
  Muloqat boʻyicha hamkorlar
Turi Xalqaro tashkilot
Ishga tushgan sanasi 15-iyun 2001-yil[1]
Joylashuvi Pekin, XXR Xitoy
Asoschi(lar)i Qozogʻiston,
Xitoy,
Qirgʻiziston,
Rossiya,
Tojikiston,
Oʻzbekiston
Bosh kotib Chjan Min[2]
Ijrochi kotib Xitoy Zhang Ming
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori Oʻzbekiston Ruslan Mirzayev[3]
Aʼzolari

10 aʼzo davlatlar[4]



2 ta kuzatuvchi davlat



6 muloqat boʻyicha hamkorlar


Vebsayti www.sectsco.org
Til(lar)i Rus, Xitoy
Shanghai Cooperation Organization after 2022 Samarkand Summit.png

Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 1-yanvar 2004-yildan faoliyat koʻrsata boshladi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qoʻmitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orkali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqoʻm faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijroqoʻmda esa oʻzaro tasdiqlangan lavozim oʻrinlariga muvofiq SHHTga aʼzo davlatlardan vakillar ishlaydi. SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentda boʻlgan majlisida Tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini oʻtkazib turish haqidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.

SHHT aʼzo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Iqtisodiy hamkorlik borasida oldinda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xom ashyo zaxiralarini oʻzlashtirish, suv energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid va boshqa masalalar bor.

Tarkib

tahrir

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar:

ShHT ijroiy kotiblari

tahrir
Sana Davlat Ism
1 2012   Rossiya Dmitriy Mezentsev
2 2021—2022-yillar   Oʻzbekiston Vladimir Norov
 

Tashkilot faoliyati 1996-yilda Rossiya va Xitoy davlatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikdan boshlangan. Shu yili ShHT aʼzoligiga Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va 2001-yilda Oʻzbekiston kelib qoʻshilgan.

ShHTning boshqa sobiq SSSR hududi joylashgan hududiy tashkilotlardan farqi ushbu tashkilotga MDH davlatlaridan tashqari unga Xitoy, Hindiston va Pokiston ham qoʻshilgan.

Eron islom respublikasi endi toʻlaqonli aʼzo.

Kuzatuvchi davlatlar

tahrir

Shanxay hamkorlik tashkilotining kuzatuvchi davlatlariga Moʻgʻuliston, Afgʻoniston, Belorussiya kiradi.

Tarixi

tahrir

ShHT aʼzo-davlatlari boshliqlarining uchrashuvlari

tahrir
Sana Oʻtkazilgan joyi Davlat Yigʻilishlar
1 26-27-aprel 1996 Shanxay   Xitoy
2 24-25-aprel 1997 Moskva   Rossiya
3 3-4-iyul 1998 Almati   Qozogʻiston
4 25-26-avgust 1999 Bishkek   Qirgʻiziston
5 4-5-iyun 2000 Dushanbe   Tojikiston
6 14-15-iyun 2001 Shanxay   Xitoy
7 7-iyun 2002 Sankt-Peterburg   Rossiya
8 28-29-may 2003 Moskva   Rossiya
9 17-iyun 2004 Toshkent   Oʻzbekiston Toshkent sammiti
10 5-iyul 2005 Nur-Sulton   Qozogʻiston
11 14-15-iyun 2006 Shanxay   Xitoy
12 16-avgust 2007 Bishkek   Qirgʻiziston
13 28-avgust 2008 Dushanbe   Tojikiston
14 15-16-iyun 2009 Yekaterinburg   Rossiya
15 10-11-iyun 2010 Toshkent   Oʻzbekiston Toshkent sammiti
16 14-15-iyun 2011 Ostona   Qozogʻiston
17 6-7-iyun 2012 Pekin   Xitoy Pekin sammiti
18 13-14-sentyabr 2013 Bishkek   Qirgʻiziston
19 11-12-sentyabr 2014 Dushanbe   Tojikiston Dushanbe sammiti
20 9-10-iyul 2015 Ufa   Rossiya
21 23-24-iyun 2016 Toshkent   Oʻzbekiston Toshkent sammiti
22 8-9-iyun 2017 Ostona   Qozogʻiston Ostona sammiti
23 9-10-iyun 2018 Sindao   Xitoy
24 13-14-iyun 2019 Bishkek   Qirgʻiziston
25 10-noyabr 2020 Sochi   Rossiya
26 16-17-sentyabr 2021 Dushanbe   Tojikiston
27 1516-sentyabr 2022 Samarqand   Oʻzbekiston Samarqand sammiti
28 4 iyul 2023 Nyu-Dehli   Hindiston
29 3-4 iyul 2024 Ostona   Qozogʻiston
30 2025   Xitoy

Tashkiliy tuzilmasi

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir

Kun.uz [1]