Samarqanddagi ShHT sammiti (2022)

2022

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammiti2022-yilning 15–16-sentyabr kunlari tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Samarqandda boʻlib oʻtgan sammiti[1][2]. Ushbu sammit tashkilot qayta tashkil qilingandan beri tartib boʻyicha 22-yigʻilish boʻldi.

Samarqanddagi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti (2022)

2022-yilgi sammit logotipi
Mezbon davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sana 15–16-sentyabr 2022-yil
Oʻtkaziladigan joy(lar) «Buyuk ipak yoʻli» turistik zonasi
Kongresslar markazi
Shaharlar Samarqand
Ishtirokchilar

Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Rossiya bayrogʻi Rossiya
Xitoy bayrogʻi Xitoy
Hindiston bayrogʻi Hindiston
Pokiston bayrogʻi Pokiston
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Belorussiya bayrogʻi Belarus
Eron bayrogʻi Eron
Turkiya bayrogʻi Turkiya
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston

Armaniston
Mogʻuliston bayrogʻi Mongoliya
Rais Shavkat Mirziyoyev
Keyingi Dehli 2023
Avvalgi Dushanbe 2021
Veb-sayti http://sectsco.org/

Tarixi tahrir

 
Prezidentlar

ShHTning Samarqand sammiti Oʻzbekistonda oʻtkazilgan bu kabi tadbirlarning toʻrtinchisi boʻldi. Bundan avvalgilari 2004-, 2010- va 2016-yillarda Toshkentda boʻlib oʻtgan. Samarqand sammit mezbonligini qabul qilgan 15-shahar boʻldi[3]. Har yili bir marta ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari yigʻilishi oʻtkazilib kelinadi. Lekin pandemiya sababli 2020- va 2021-yillardagi sammitlar onlayn tarzda boʻlgan edi. 15-16-sentyabr kunlari prezidentlar Samarqand sammitida uch yil deganda ilk marta yuzma-yuz koʻrishishdi va unda 40 dan ortiq hujjat imzolandi. Yakunda Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi va tashkilot raisi maqomi Oʻzbekistondan ilk marta Hindistonga oʻtdi[4].

Sammitga tayyorgarlik tahrir

Invetitsiyalar davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Laziz Qudratov Xalqaro press-klub yigʻilishida ShHTning 2022-yilgi sammiti Samarqand shahrida oʻtkazilishi haqida aytib, shunday degan edi:

Samarqandni qayta qurish boʻyicha katta dastur qabul qilingan. Shahar 2022-yilda ShHT sammitini qabul qiladi. Ushbu tadbirda 20 ga yaqin prezident va rahbarlar ishtirok etadi. Buning barchasi yangi infrastruktura obyektlari va mehmonxonalar qurishni taqozo etadi.

— Laziz Qudratov, in

„Samarkand City“ turistik zonasi va sammit oʻtkaziladigan obyektlarni joylashtirish boʻyicha Samarqand shahar bosh rejasi kontseptsiyasini ishlab chiqish bilan „China Construction Engineering Design Group Corporation Ltd.“ arxitektura-loyiha kompaniyasi shugʻullangan[5]. Sammitga tayyorgarlik doirasida Samarqandda yangi aeroport, 8 ta yangi mehmonxona va Xalqaro turizm markazi qurildi[6].

Sammit Samarqand tumani va Toyloq tumani oʻrtasida joylashgan sayyohlik markazida boʻlib oʻtdi[4].

Avtoraqamlar tahrir

Sammitda xizmat qiluvchi avtomobillar uchun vaqtinchalik SSS va SSP seriyali maxsus avtoraqamlar joriy etilib, ushbu avtoraqamlaridagi avtomobilning qaysi hududga mansubligini bildiruvchi raqamlar oʻrniga ShHT emblemasi tushirilgan[7]. Shuningdek, ShHTning inglizcha qisqartmasi boʻlmish — SCO seriyali, koʻk fonli avtoraqamlar ham chiqarildi[4]. Davlat rahbarlari harakatlanadigan avtomobillar uchun esa SCO VIP seriyali, yashil fonli avtoraqamlar chiqarildi.

Qatnashchilar tahrir

 
2022-yilgi sammitda ishtirok etgan davlat va tashkilot rahbarlari.
 
ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari.
Davlat rahbarlari:
FISh Lavozim Davlat
Shavkat Mirziyoyev prezident   Oʻzbekiston
Vladimir Putin[8] prezident   Rossiya
Si Tszinpin rais   Xitoy
Narendra Modi bosh vazir   Hindiston
Shahboz Sharif bosh vazir   Pokiston
Qosim-Joʻmart Toʻqayev prezident   Qozogʻiston
Sadir Japarov prezident   Qirgʻiziston
Imomali Rahmon prezident   Tojikiston
Aleksandr Lukashenko prezident   Belarus
Ibrohim Raisiy prezident   Eron
Uxnaagiyn Xurelsux prezident   Mongoliya
Rajab Toyyib Erdoʻgʻan[9] prezident   Turkiya
Ilhom Aliyev prezident   Ozarbayjon
Serdar Berdimuhamedov[9] prezident   Turkmaniston

Xalqaro tashkilotlar tahrir

Qatnashmaganlar tahrir

Ushbu sammitda Afgʻoniston vakillari qatnashmayotgani haqida ShHTning Oʻzbekistondan milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov jurnalistlarga quyidagilarni maʼlum qildi:

Samarqanddagi sammitda Afg‘oniston vakili bo‘lmaydi. Shanhay hamkorlik tashkiloti bu davlat bilan vaqtincha aloqada emas[11].

— R. Nurimbetov, in

Shuningdek, «Sputnik Armaniston» 13-sentyabrga oʻtar kechasi Armaniston va Ozarbayjon chegaradagi vaziyat keskinlashgani tufayli Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ShHTning 15-16-sentyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan sammitida qatnashmasligi haqida xabar berdi[12][13][14].

Sammitga tashriflar tahrir

ShHtning Samarqand sammitiga tashriflar jadvali
Tashrif sanasi Davlat rahbari Kutib oldi
14.09.2022   Uxnaagiyn Xurelsux   Abdulla Aripov
14.09.2022   Rosemary DiCarlo ?
14.09.2022   Ibrohim Raisiy ?
14.09.2022   Xi Jinping   Shavkat Mirziyoyev
14.09.2022   Sadir Japarov   Abdulla Aripov
15.09.2022   Emomali Rahmon   Abdulla Aripov
15.09.2022   Serdar Berdimuhamedov   Abdulla Aripov
15.09.2022   Vladimir Putin   Abdulla Aripov
15.09.2022   Shahboz Sharif   Abdulla Aripov
15.09.2022   Aleksandr Lukashenko   Abdulla Aripov
15.09.2022   Ilhom Aliyev   Abdulla Aripov
15.09.2022   Recep Tayyip Erdoğan   Abdulla Aripov

Hazrati Xizr majmuasida ziyorat tahrir

Lukoshenko tahrir

Belarus prezidentiga ushbu majmua tarixi tanishtirildi[15].

Kechki tadbirlar tahrir

Davlat rahbarlari Kongress markazi yonidagi maydonda daraxt ekish marosimida qatnashdilar[16]. Davlat rahbarlari «Boqiy shahar» majmuasida sayr qilishdi[17].

Rahbarlar uchrashuvi tahrir

Mirziyoyev va Xurelsux tahrir

14-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandda ShHTning navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun kelgan Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv yakunida ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha «yoʻl xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi[18].

Mirziyoyev va DiKarlo tahrir

Shuningdek, shu kuni Shavkat Mirziyoyev ShHTning sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan BMT bosh kotibining siyosiy masalalar va tinchlikni barpo etish boʻyicha oʻrinbosari Rozmari DiKarlo bilan uchrashdi.

Rozmari DiKarlo Mirziyoyevga BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomini yetkazdi va u 2022-2026 yillarda Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirib oʻtdi. Uchrashuv soʻngida tomonlar Orol dengizi halokati oqibatlarini kamaytirish, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish, Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotni ilgari surish va oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar[19].

Mirziyoyev va Raisiy tahrir

Samarqanddagi Kongress markazida prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda prezidentlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Afgʻoniston masalasi boʻyicha ham fikr almashildi. Ibrohim Raisiy Oʻzbekiston prezidentini oʻzi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Eronga borishga taklif etdi. Uchrashuv yakunida 18 ta hujjat imzolandi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Qoʻshma bayonot imzoladi[20].

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama imzolangan bitim va memorandumlardi:

  • Ishbilarmonlik va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida bitim;
  • Diplomatik pasportlar egalarini viza talablaridan ikki tomonlama ozod etish toʻgʻrisida bitim;
  • 2022-2025 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi;
  • Fan, texnika va innovatsiya sohalarida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida memorandum;
  • Bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarining harakati toʻgʻrisida elektron bojxona axborotini almashish toʻgʻrisida memorandum;
  • E-TIRga oid elektron axborotni almashish toʻgʻrisida memorandum;
  • Fan, tadqiqotlar, ta’lim va texnologiyalar sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
  • qishloq xoʻjaligi vazirliklari oʻrtasidagi bitim;
  • Sogʻliqni saqlash, davolash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ta’lim, farmatsevtika va tibbiy uskunalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
  • Sport sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
  • Neft, gaz va neft-kimyo tarmoqlaridagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
  • «Chobahor» porti orqali xalqaro yuk tashishlar va tranzitni amalga oshirish toʻgʻrisida memorandum;
  • 2022-2024 yillarda tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik dasturi;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari masalalari boʻyicha memorandum.

Mirziyoyev va Jingping tahrir

15-sentyabr kuni Kongress markazida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinpingning uchrashuvi boʻlib oʻtdi[21]. Mintaqa taraqqiyoti va transport jihatidan oʻzaro bogʻliqligi uchun strategik ahamiyatga ega “Xitoy – Qirgʻiziston –Oʻzbekiston” temiryoʻli qurilishini boshlash toʻgʻrisida kelishuvga erishilgani qayd etildi. Gumanitar hamkorlik, sogʻliqni saqlash, vaksinalar ishlab chiqarish, fan, taʼlim va madaniyat sohalaridagi qoʻshma dasturlarni kengaytirish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. 2023-yilda oʻzaro doʻstlik va anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan «Oʻzbekiston va Xitoy xalqlari madaniyati va sanʼati yili»ni oʻtkazishga kelishib olindi. Uchrashuv yakunida umumiy qiymati 15 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Muzokaralar yakunida Si Jinping Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Xitoyga borishga taklif etdi.

Shundan soʻng Xitoy raisi Si Jinpingga Oʻzbekistonning oliy davlat mukofoti — «Oliy Darajali Doʻstlik» ordenini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Xitoy raisi ushbu ordeniga sazovor boʻlgan birinchi xorijiy davlat rahbari boʻldi.

Ushbu tadbirlar tugagach ikki rahbar Samarqanddagi «Buyuk ipak yoʻli» xalqaro turizm markazi bogʻida birgalikda daraxt ekishdi[22].

Mirziyoyev va Sharif tahrir

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv oʻtkazdi. Shahboz Sharif samimiy qabul tashakkur izhor etdi[23].

Raxbarlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-tranzit sohasidagi hamkorlik, logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratishdi. Transafgʻon temir yoʻli loyihasini tezlashtirish, savdo uchun toʻsiqlarni bartaraf etish, tovarlarni oʻzaro yetkazib berish masalalarini batafsil koʻrib chiqildi.

Mirziyoyev va Aliyev tahrir

15-sentyabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash asosiy vazifalari batafsil koʻrib chiqildi. Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi[24].

Mirziyoyev va Rahmon tahrir

15-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokara oʻtkazdi. Prezidentlar ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanayotganini qayd etishdi. Davlat rahbarlari mamlakatlar va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvchi loyiha — «Yavon» GESni barpo etish boʻyicha ishlar boshlangani muhim ahamiyat kasb etishini takidlashdi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashishdi[25].

Mirziyoyev va Lukashenko tahrir

Oʻzbekiston prezidenti 15-sentyabr kuni ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan ham uchrashuv oʻtkazdi. Eʼtiborlisi Lukoshenko ushbu uchrashuvga galustuk taqmagan holda keldi. Lukoshenko Belarusni ushbu nufuzli xalqaro tuzilmaga qabul qilish tartibotini boshlash masalasini qoʻllab-quvvatlagani uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar ikki mamlakatda savdo uylari va logistika markazlari tarmogʻini kengaytirish, oziq-ovqatni tezlashtirilgan tarzda yetkazib berish boʻyicha «Agroekspress» loyihasini ishga tushirish, tovarlar kelib chiqishini sertifikatlashtirish boʻyicha elektron tizimni joriy qilishga kelishib oldilar.

Oʻzbekiston va Belarus rahbarlari mashinasozlik, agrosanoat, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi boʻyicha oʻzaro manfaatli sheriklikni ilgari surish zarurligini qayd etib, davlatlar hududlari salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi taʼkidladilar. Mirziyoyev Oʻzbekistonda ikkinchi hududlararo forumni oʻtkazishni taklif qildi[26].

Mirziyoyev va Berdimuhamedov tahrir

15-sentyabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti faxriy mehmoni sifatida Samarqandga kelgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Turkmaniston prezidenti Oʻzbekistonda unga koʻrsatilgan mehmondoʻstlik uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi. Turkmaniston milliy kengashi xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomini yetkazdi[27].

15-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatga kelgan Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Japarov Mirziyoyevga mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Butun Markaziy Osiyo mintaqasi rivojiga xizmat qiladigan «Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston» temiryoʻli va «Qambarota-1» GESi qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga eʼtibor qaratilib, oliy darajadagi muloqotlar rejasi va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi[28].

Mirziyoyev va Putin tahrir

15-sentyabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev va ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara oʻtkazdi[29].

Raxbarlar elektronika, farmatsevtika, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida industrial-texnologik sheriklikni rivojlantirish boʻyicha kompleks harakatlar rejasini qabul qilishga, Oʻzbekiston hududlarida qoʻshma sanoat parklarini tashkil etish, joriy yil oktyabr oyida Oʻzbekiston va Rossiya hududlarining navbatdagi forumini oʻtkazishga kelishib oldilar. Ushbu tashrif doirasida mashinasozlik, kimyo, neft-kimyo va geologiya sohalari boʻyicha 4,6 milliard dollarlik yangi investitsiya bitimlari imzolanishi qayd etildi.

Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning maʼlum qilishiga koʻra, Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida keng qamrovli strategik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.

Putin Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni Rossiyaning «Aleksandr Nevskiy» ordeni bilan taqdirladi[30].

Mirziyoyev va Erdoʻgʻon tahrir

16-sentyabr kuni ShHTning Samarqand sammiti doirasida prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan bilan uchrashdi. Uchrashuvda Samarqandda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rejasi koʻrib chiqildi. Qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik va charm sanoati, elektrotexnika, transport, innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar, turizm va madaniyat sohalarida yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi[31].

Mirziyoyev va Modi tahrir

16-sentyabr kuni Samarqandda prezident Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Mirziyoyev Modini Hindiston mustaqilligining 75 yilligi bilan tabrikladi. IT, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi va turizm sohalarida investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Oʻzaro savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazish muhokama qilindi. Oʻzbekiston Hindiston bilan transport aloqalarini, shu jumladan «Chobahor» portidan foydalangan holda mustahkamlashdan manfaatdor ekani taʼkidlandi. Afgʻonistonga insonparvarlik yordamini koʻrsatish va uning iqtisodiy tiklanishiga koʻmaklashish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Hindiston tomoniga BMT Bosh Assambleyasining Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirildi[32].

Putin va Jinping tahrir

 
Vladimir Putin va Xi Jinping

The Wall Street Journal nashrining xabariga koʻra, ushbu sammit doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Xi Jinping 16-sentyabr kuni uchrashuv oʻtkazishi mumkin[33].

Putin, Xurelsux va Jinping tahrir

Putin va Erdoğan tahrir

 
Vladimir Putin va Rajab Erdoʻgʻon. 2020-yil.

Eronning „Tasnim“ nashri Suriya prezidenti Bashar Asad ham Samarqandda boʻlib oʻtadigan sammitga kelib Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻan bilan uchrashi haqida xabar berdi, lekin ShHT boʻyicha Oʻzbekistonning milliy koordinatori Rahmatilla Nurimbetov esa bu maʼlumotni tasdiqlamadi[34][35].

Turkiyaning Hurriyet nashri eʼlon qilgan maqolaga koʻra Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Samarqandda boʻlib oʻtadigan uchrashuvda Vladimir Putinga yana bir bor Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni taklif qilishini xabar qildi[36]

Erdoʻgʻon va Putin uchrashuvining eng muhim mavzusi Ukrainadagi vaziyat boʻlib, bunda asosiy eʼtibor Erdoʻgʻon rossiyalik hamkasbiga Turkiya vositachiligida urushni tugatish va oʻt ochishni toʻxtatishga erishish uchun barcha saʼy-harakatlarini davom ettirishini, muammoni diplomatik yoʻl bilan hal qilishga qaratiladi. Shuningdek, asosiy masalalardan yana biri «don yoʻlagi» haqida boʻlishi ham xabar qilingan[37].

Shuningdek, Putin sammitda Ozarbayjon, Eron, Turkmaniston, Qirgʻiziston, hindiston, Pokiston rahbarlari bilan ham uchrashuvlar oʻtkazadi[38].

Putin va Raisiy tahrir

15-sentyabr kuni RF prezidenti Putin Eron prezidenti Raisiy bilan uchrashdi[39][40]. Uchrashuvda Putin Raisiyga kelayotgan haftada Rossiyaning 80 ta yirik kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya Eronga tashrif buyurishini maʼlum qildi[41].

Biz Eron SHHTning toʻlaqonli aʼzosiga aylanishi uchun barcha ishni qilamiz, faqatgina soʻnggi rasmiyatchiliklar qoldi halos[42].

— V.Putin, in

Putin va Sharif tahrir

Shu kuni V. Putin Pokiston bosh vaziri Shaxboz sharif bilan ham uchrashdi[43]. Ular iqtisodiy hamkorlik va energetika, Pokistonga gaz quvuri qurilishi masalalarini muhokama qilishdi[44].

Putin va Berdimuhamedov tahrir

Putin va Japarov tahrir

Erdoʻgʻon va Aliyev tahrir

Ikki davlat rahbari ShHT sammiti doirasida uchrashdi[45].

Asosiy savollar va qarorlar tahrir

16-sentyabr kuni Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda ShHT faoliyatining muhim sohalaridagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, ShHT Davlat rahbarlari tadbirning bosh yakuniy hujjati boʻlgan Samarqand deklaratsiyasini qabul qilishdi[46][47].

Tashkilot tarixida rekord darajadagi bitimlar, konsepsiyalar, dasturlar va boshqa qarorlar imzolanib, ularning soni umumiy hisobda 44 tani tashkil qildi. Bular:

  • ShHTga a’zo davlatlarning uzoq muddatli yaxshi qoʻshnichiligi, doʻstligi va hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnoma qoidalarini 2023—2027-yillarda amalga oshirish boʻyicha kompleks harakatlar rejasi toʻgʻrisida;
  • ShHTga a’zo davlatlarning oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirish va samarali transport yoʻlaklarini yaratish boʻyicha konsepsiyasi toʻgʻrisida;
  • «ShHTning ezgu niyat elchisi» faxriy unvoni toʻgʻrisidagi nizom toʻgʻrisida;
  • ShHTga a’zo davlatlarning oʻzaro hisob-kitoblarida milliy valutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish boʻyicha «yoʻl xaritasi» toʻgʻrisida;
  • Eronning ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandum imzolangani toʻgʻrisida;
  • Maldiv Respublikasi, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Myanma Ittifoqi Respublikasi, Kuvayt Davlatiga ShHTning muloqot boʻyicha sherigi maqomini berish toʻgʻrisida[48];
  • Varanasi shahrini (Hindiston) 2022—2023-yillarda ShHTning «turizm va madaniy poytaxti» deb e’lon qilish toʻgʻrisida;
  • ShHT kotibiyati va Ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha BMT (YuNeSKO) oʻrtasida memorandumni imzolash toʻgʻrisida;
  • ShHT Bosh kotibining tashkilotning oʻtgan yilgi faoliyati hamda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining 2021-yilgi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari haqida;
  • ShHT Davlat rahbarlari kengashi qarorlarining amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida;
  • ShHT faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi.

ShHT Davlat rahbarlari kengashining bayonotlari:

  • iqlim oʻzgarishiga nisbatan javob harakatlari toʻgʻrisida;
  • ishonchli, barqaror va diversifikatsiyalashgan yetkazib berish zanjirlarini ta’minlash toʻgʻrisida;
  • global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash toʻgʻrisida;
  • energetik xavfsizlikni ta’minlash toʻgʻrisidagi bayonotlari qabul qilindi.

Tadbir doirasida imzolangan hujjatlar:

  • Eronning ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandum;
  • ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • ShHTga a’zo davlatlar oʻrtasida xizmatlar savdosi sohasidagi hamkorlikning hadli asoslari;
  • ShHT mamlakatlarining vakolatli organlari oʻrtasida muzey ishi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
  • ShHT mamlakatlarining vakolatli organlari oʻrtasida oʻsimliklar karantini sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • ShHT mamlakatlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hamkorligi dasturi;
  • ShHT mamlakatlarini infratuzilmaviy rivojlantirish dasturi;
  • ShHT mamlakatlarining ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasini ragʻbatlantirish dasturi;
  • Raqamli savodxonlikni rivojlantirish boʻyicha ShHT dasturi;
  • ShHTga a’zo davlatlarning sun’iy intellektni rivojlantirish boʻyicha hamkorligi dasturi;
  • ShHTga a’zo davlatlarning tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish va davolash masalalarida hamkorlik boʻyicha «yoʻl xaritasi»;
  • ShHTga a’zo davlatlar oʻrtasida ustuvor yoʻnalishlardagi ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha harakatlar rejasi (2022—2025-yillarda);
  • ShHTda mintaqa ichidagi savdoni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma harakatlar rejasi;
  • ShHT mamlakatlarining telemeditsina sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi;
  • ShHT mamlakatlarining «aqlli» qishloq xoʻjaligi va agroinnovatsiyalarni joriy etish sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi;
  • ShHT va Arab davlatlari ligasi kotibiyatlari oʻrtasida memorandum;
  • ShHT kotibiyati va Ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha BMT (YuNeSKO) oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida memorandum;
  • ShHT kotibiyati bilan Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida memorandum va boshqa hujjatlar imzolandi[49].

Eronning ShHTga toʻliq aʼzo boʻlishi tahrir

 
Chjan Min

Eronning ShHTga toʻliq aʼzo boʻlish majburiyatlari toʻgʻrisida memorandum imzolandi[48][50]. 2021-yilda Eronning ShHTga toʻlaqonli aʼzo boʻlish jarayoni boshlangan edi. 2022-yil 15-sentyabr kuni Samarqandda ShHT bosh kotibi Chjan Min va Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Eronning tashkilotga toʻlaqonli aʼzo boʻlish toʻgʻrisidagi memarandumni imzoladilar. ShHT bosh kotibi Chjan Min bugungi kunni Eron va tashkilot uchun muhim kun deb atadi. Abdullohiyonning soʻzlariga koʻra, Eronning ShHTga aʼzo boʻlishi jarayoni bilan bogʻliq barcha hujjatlar mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan maʼqullanib, koʻrib chiqish uchun parlamentga yuborilgan[51].

Bundan buyon turli iqtisodiy, savdo, tranzit va energetik hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘ydik

— Husayn Amir Abdullohiyon, in

Eron Islom Respublikasining mintaqadagi kuchli va barqaror mamlakat sifatidagi holati ShHT uchun muhim hisoblanadi. Eronning a’zo mamlakatlar guruhiga qo‘shilishi Shanhay hamkorlik tashkilotini mustahkamlaydi

— Chjan Min, in

Rasmiy fikrlar tahrir

Shuningdek, rasmiylar sammit boshlanishidan bir necha kun avval quyidagilarni maʼlum qilishdi:

 
O‘zbekistonning ShHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov
 
O‘zbekiston TIV Vladimir Norov

Biz Samarqand sammitiga taqdim etiladigan qo‘shimcha hujjatlar ro‘yxati ustida ishlashni davom ettiryapmiz. Sammitning asosiy yakuniy hujjati davlat rahbarlarining Samarqand deklaratsiyasi bo‘lib, unda ShHT mamlakatlarining mintaqaviy va global muammolarni hal etishga bo‘lgan umumiy yondashuvlari aks ettiriladi, tashkilotni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilanadi[48].

— Oʻzbekistonning ShHT ishlari boʻyicha milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov, in

ShHT faoliyatida toʻliq aʼzo, kuzatuvchi va muloqot boʻyicha hamkor sifatida ishtirok etish uchun 10 yaqin davlatning arizasi koʻrib chiqiladi[52].

— Oʻz. Res. TIV Vladimir Norov, in

Taʼsiri tahrir

Maktablar tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining matbuot kotibi Laylo Rustamovaning Kun.uz axborot saytiga maʼlum qilishiga koʻra, Samarqand viloyati XTB tomonidan vazirlikka Samarqand shahridagi maktablarda oʻquv jarayonlarini kechroq boshlashga rozilik berish yuzasidan xat yuborilgan[53]. Vazirlik bir nechta variantlarni koʻrib chiqmoqda:

  1. Samarqand shahridagi maktablarda darslar 20-sentyabrgacha onlayn koʻrinishida oʻtkazilishi ham mumkin.
  2. oʻquv yili boshlangach 5-10-sentyabr kunlari maktablarda darslar oʻtkazilib, sammit oʻtkaziladigan haftadagi darslar kechiktirilib, keyin 19- yoki 20-sentyabrdan davom ettiriladi.

OTM tahrir

Sammit sababli Samarqand viloyatdagi OTMlarda ham anʼanaviy taʼlim sentyabr oyi oxiridan boshladi. Unga qadar talabalar taʼlimni masofaviy koʻrinishda (onlayn) olib bordi[4].

Koʻchalar yopilishi tahrir

Sammit oʻtkaziladigan kunlari xavfsizlik nuqtai nazaridan 14-sentyabrdan 17-sentyabrgacha Samarqand shahridagi Ibn Sino, Boʻstonsaroy, Universitet xiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Rudakiy, Shohizinda, Usta Umar Joʻraqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulugʻbek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed koʻchalarda transport vositalarining harakatlanishi cheklandi. Faqatgina tez tibbiy yordam va FVV maxsus transport vositalarigina harakatlanishiga ruxsat berildi[54].

5-sentyabrdan 20-sentyabrga qadar Samarqand shaharga yuk mashinalari hamda maxsus texnika vositalari kirishi ham vaqtincha cheklandi. Viloyat hududidan oʻtuvchi M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi, M-37A va M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yoʻllarining Samarqand shahar hududiga kirish-chiqish qismlarida transport vositalarining harakati ham vaqtincha cheklandi. M-37A Samarqand halqa yoʻli avtomobil yoʻlining 40-43-kilometrlari oraligʻida joylashgan avtomobillar ehtiyot qismlari bozori ham ushbu sanalarda vaqtincha ishlamadi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. https://sco-summit2022.uz/uz-Latn/documents
  2. https://kun.uz/ru/news/2019/01/09/samarkand-podgotovyat-k-sammitu-shos-v-2022-godu
  3. „ШҲТ саммити муносабати билан Самарқанддаги ОТМларда ўқиш кечроқ бошланади“ (2022-yil 17-avgust).
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „ShHT sammiti munosabati bilan Samarqanddagi OTMlarda o‘qish kechroq boshlanadi“. Kun.uz (2022-yil 17-avgust).
  5. „Самарканд подготовят к саммиту ШОС в 2022 году“. Kun.uz (2019-yil 9-yanvar).
  6. „Prezident maqolasi, tadbirga tayyor shahar va maxsus avtoraqamlar - ShHT kundaligi“ (oʻzbekcha). Kun.uz (10-aprel). Qaraldi: 10-aprel.
  7. Президент мақоласи, тадбирга тайёр шаҳар ва махсус авторақамлар — ШҲТ кундалиги
  8. https://kun.uz/uz/news/2022/09/06/putin-samarqanddagi-shht-sammitida-ishtirok-etadi
  9. 9,0 9,1 „Rajab Erdo‘g‘anning Samarqandga kelishi tasdiqlandi“. Kun.uz (2022-yil 26-avgust).
  10. „ShHT Samarqand sammitiga keladigan xalqaro tashkilotlar ma’lum bo‘ldi“.
  11. „Afg‘oniston ShHT sammitida nima sababdan ishtirok etmasligi ma’lum bo‘ldi“.
  12. „Pashinyan Samarqandga kelmaydi“.
  13. „Pashinyan Samarqandga kelmaydi“ (2022-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 15-sentyabr 2022-yil.
  14. „Арманистонда намойиш: Пашинянга импичмент талаб қилинмоқда“ (2022-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 15-sentyabr 2022-yil.
  15.   Video YouTubeda
  16.   Video YouTubeda
  17.   Video YouTubeda
  18. „Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti doirasida Mo‘g‘uliston prezidentini qabul qildi“ (oʻzbekcha). Qaraldi: 10-aprel.
  19. „Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi“.
  20. „O‘zbekiston va Eron o‘rtasida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi“.
  21. „O‘zbekiston va Xitoy 15 mlrd dollarlik kelishuvlar imzoladi“. Qaraldi: 10-aprel.
  22. „Shavkat Mirziyoyev va Si Jinping birgalikda daraxt ekdi“. Qaraldi: 10-aprel.
  23. „Ўзбекистон ва Покистон етакчилари икки томонлама шерикликни янада кенгайтириш масалаларини муҳокама қилдилар“. Qaraldi: 10-aprel.
  24. „Ўзбекистон ва Озарбайжон Президентлари амалий ҳамкорликни кенгайтириш борасидаги вазифалар ижросини муҳокама қилдилар“. Qaraldi: 10-aprel.
  25. „Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Yavon GESni qurish masalasini ko‘rib chiqdi“. Qaraldi: 10-aprel.
  26. „O‘zbekiston va Belarus yetakchilari «Agroekspress» loyihasini ishga tushirishga kelishib oldi“. Qaraldi: 10-aprel.
  27. „Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi“. Qaraldi: 10-aprel.
  28. „O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari temiryo‘l va Qambarota-1 GES qurilishini muhokama qildi“.
  29. „O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi“. Qaraldi: 10-aprel.
  30. „Shavkat Mirziyoyev sammit doirasida Putin bilan uchrashdi“. Qaraldi: 10-aprel.
  31. „O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Samarqandda uchrashuv o‘tkazdi“. Qaraldi: 10-aprel.
  32. „O‘zbekiston Hindiston bilan o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi“. Qaraldi: 10-aprel.
  33. „China’s Xi Considers Visiting Central Asia, Potential Meeting With Putin Next Month“. wsj.com. The Wall Street Journal (10-aprel). Qaraldi: 10-aprel.
  34. „Асаднинг ШҲТ Самарқанд саммитига келиши муҳокама қилинмаган - Ўзбекистон миллий координатори“ (oʻzbekcha).
  35.   Novosti Samarqanddagi ShHT sammiti (2022) Telegram mesenjerida
  36. „Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Samarqandda rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan o‘tadigan uchrashuvda yana bir bor unga Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni taklif qiladi.“ (oʻzbekcha). Daryo.uz (10-aprel). Qaraldi: 10-aprel.
  37. Nerdun HACIOĞLU. „Putin, Erdoğan ile ne konuşacak“ (turkcha). www.hurriyet.com.tr (10-aprel). Qaraldi: 10-aprel.
  38.   RIA Novosti Telegram mesenjerida
  39.   spricht von "strategischer Partnerschaft" mit dem Iran Video YouTubeda
  40.   Раисий ва Путин учрашув бўлиб ўтди Video YouTubeda
  41.   RIA Novosti Telegram mesenjerida
  42.   RIA Novosti Telegram mesenjerida
  43.   Шариф ва Владимир Путин Video YouTubeda
  44.   RIA Novosti Telegram mesenjerida
  45.   Video YouTubeda
  46. „Oʻz. Res. TIV“ (2022-yil 29-iyul).
  47. „Samarqand sammiti yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi“. Qaraldi: 10-aprel.
  48. 48,0 48,1 48,2 48,3 „ShHT Samarqand sammitida Bahrayn va Maldivning muloqot bo‘yicha hamkorlikka arizasi ma’qullanadi“. Kun.uz (2022-yil 27-avgust).
  49. „ShHT sammiti yakunida Samarqand deklaratsiyasi imzolandi“. Qaraldi: 10-aprel.
  50. „Eron ShHTga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi“.
  51. „Иран подписал меморандум о полноправном членстве в ШОС“.
  52. „В Самарканде саммит ШОС рассмотрит заявки стран, желающих вступить в организацию“. Kun.uz (2022-yil 15-iyun).
  53. „ShHT sammiti munosabati bilan Samarqanddagi maktablarda darslar 20-sentyabrdan boshlanishi mumkin“ (2022-yil 25-avgust). [sayt ishlamaydi]
  54. „ShHT sammiti munosabati bilan Samarqanddagi bir qator ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi“ (oʻzbekcha). Kun.uz (10-aprel). Qaraldi: 10-aprel.