Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev (ozarbayjoncha: İlham Heydər oğlu Əliyev; 1961-yil, 24-dekabr; Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) — Ozarbayjonlik siyosiy va davlat arbobi. 2003-yilning 31-oktabridan Ozarbayjon Respublikasining toʻrtinchi prezidenti lavozimini egallagan. Undan oldinroq 2003-yilning 4-avgustidan oʻsha yilning 4-noyabrigacha Ozarbayjon Respublikasi bosh vaziri.

Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev
ozarb. İlham Heydər oğlu Əliyev
Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev
Bayroq
Ozarbayjon Prezidenti
Bayroq
2003-yil 31-oktyabrdan
Oʻtmishdoshi: Haydar Aliyev
Bayroq
Ozarbayjon Bosh vaziri
Bayroq
2003-yil 4-avgustdan — 2003-yil 4-noyabrgacha
Oʻtmishdoshi: Artur Rosizoda
Vorisi: Mehribon Aliyeva
 
Fuqaroligi: Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Dini: islom
Tavalludi: 12-dekabr 1961-yil (1961-24-12) (59 yosh)
Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR
Otasi: Haydar Aliyev
Onasi: Zarifa Aliyeva
Xotini: Mehribon Aliyeva
Bolalari: oʻgʻli: Haydar
qizlari: Orzu va Leyla Alieva
Partiyasi: „Yangi Ozarbayjon“
 
Sayti: www.president.az
 
Avtograf: Avtograf
 
Mukofotlari: Відзнака Президента України «Іменна вогнепальна зброя».png1-klass Turkiya ordeniOrder Ismoili Somoni Rib.pngŞeyxülislam ordeni.jpgOrder Stara planina ribbon.png
Uch Yulduz katta xoch ordeni kavaleri
Qirol Abdulaziz ordeni

HayotiTahrirlash

  • Ilhom Aliyev 1961 yil 24 dekabrda Boku[1] shahrida tugʻilgan. 1967-1977 yillarda Boku shahridagi 6-oʻrta maktabda tahsil olgan.
  • 1977 yilda Моskva davlat xalqaro munosabatlar institutiga oʻqishga kirgan. Uni tugatgandan soʻng institutning aspiranturasiga qabul qilingan, 1985 yilda dissertasiya himoya qilib, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.[2][3]
  • 1985-1990 yillarda Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar institutiinstitutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.[2][3]
  • 1991-1994 yillarda xususiy biznes sohasida ishlagan. Bir qator mahsulot — kommersiya muassasalariga rahbarlik qilgan.[2][3]
  • 1994 yildan 2003 yil avgust oyiga qadar Оzarbayjon Respublikasi Davlat Neft Shirkatinning vitse-prezidenti, birinchi vitse-prezidenti boʻlgan. Haydar Aliyevning neft strategiyasini amalga oshirishda faol ishtirok etgan.
  • Suveren Ozarbayjon neft siyosatining geosiyosiy aspektlariga oid bir qator tadqiqot isharining muallifi. Siyosiy fanlar doktori.
  • 1995 yilda va 2000 yillarda Оzarbayjon Respublikasi Milliy Majlisiga deputat etib saylangan. 2003 yilda Ozarbayjon Bosh vaziri lavozimiga tayinlanishi sababli deputatlik faoliyatini toʻxtatgan.
  • 1997 yildan Оzarbayjon Milliy Olimpiya qoʻmitasining Prezidenti. Sport va Olimpiya harakatining rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlari uchun Хalqaro Olimpiya Qoʻmitasining yuksak ordeni bilan mukofotlangan.
  • 1999 yilda Yangi Ozarbayjon Partiyasi raisining oʻrinbosari 2001 yilda raisning birinchi oʻrinbosari, 2005 yilda esa partiyaning raisi etib saylangan.
  • 2001-2003 yillarda Еvropa Soveti Parlament Assambleyasida Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi vakillar hay’atining rahbari boʻlgan.
  • 2003 yilning yanvarida Evropa Soveti Parlament Assambleyasi raisining oʻrinbosari, ESPA Byuro aʼzosi etib saylangan.[2][3]
  • 2004 yilning aprelida ESPA faoliyatidagi faol ishtiroki va Evropa ideallariga sadoqati uchun ESPAning faxriy aʼzosi diplomi va ESPA medali bilan mukofotlangan.
  • 2003 yil 4 avgustda Milliy Majlis tomonidan tasdiqlangach, Ozarbayjon Respublikasining Bosh Vaziri etib tayinlangan.
  • 2003 yil 15 oktabrda Ozarbayjan Respublikasining Prezidenti etib saylangan. Prezident saylovlarida saylovchilarning 76 % dan ortigʻi Ilhom Aliyev uchun ovoz bergan. 2003 yil 31 oktabrdan oʻz vazifasini bajarishga kirishgan.
  • 2008 yilda qaytadan prezident etib saylangan. 2013 yilda uchinchi muddatga prezident etib saylangan va hozirda prezident vazifasini bajarishda davom etmoqda.
  • Ozarbayjon, rus, ingliz, fransuz va turk tillarini biladi.[2][4]
  • Oilali. Uch farzandi, toʻrt nevarasi bor.[5]

MukofotlariTahrirlash

  • 28.04.2005 —   “Haydar Aliyev” ordeni[6][7]
  •   „Qirol Abdulaziz“ ordeni
  •   „Shuhrat“ ordeni
  •   „Muborak al-Kabir“ ordeni
  •   „Uch yulduz“ ordeni „Katta xoch kavaleri“ darajasi[1]
  •   Bolgariya Respublikasining yuksak mukofoti — „Stara Planina“ ordeni[8]
  •   Belarus Respublikasi, Doʻstlik tartibi[9]
  •  Xalqaro munosabatlar va tinchlik uchun Xayriya Murabbiysi mukofoti
  •   „Yil kishisi“ — 2010 yilning noyabr oyida Buxarest shahrida Ruminiyaning „BalcaniişiEuropa“ („Bolqonlar va Evropa“) jurnali tomonidan taqdim etilgan[10]
  •   Gretsiya parlamentining Oltin medali
  •   „Shayxulislom“ ordeni
  •   Rossiya Pravoslav Cherkovining „Prepodobniy Sergiy Radonejskiy“ birinchi darajali Ordeni
  • „Katta Kordon“ Shuhrat Ordeni (xalqaro Harbiy -Sport Soveti)
  • FILA — Shuhrat Zalining eng yuksak „Sport Afsonasi“ ordeni
  • Evropa Adolatli Oʻyinlar harakatining „Shuhrat“ ordeni
  •   MDH mamlakatlari Sport Tashkiloti Xalqaro konferensiyasining „Shuhrat Ordeni“
  •   „Birlik ordeni“[11]
  •   „Ismoili Somoniy“ ordeni
  •   „Xalqlar doʻstligi“ ordeni
  •   Birinchi darajali Тurkiya Respublikasi Davlat Ordeni (2013)[12]
  •   Ozodlik ordeni (2013)[13]
  •   Janub-Janub mukofoti[14](2015)

Faxriy doktori boʻlgan universitetlarTahrirlash

  •   Boku Davlat universitetining faxriy doktori
  •   Linkoln Universitetining faxriy doktori
  •   Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar universitetining faxriy doktori
  •   L.N.Gumilyev — Ovrosiyo Milliy universitetining professori
  •   Bilkent universitetining faxriy doktori
  •   Soliqlar boʻyicha Milliy akademiyaning faxriy doktori
  •   Ploesti Neft va Gaz universitetining faxriy doktori
  •   Milliy va Jahon Iqtisodiyoti universitetining faxriy professori
  •   Kyung Hi Universitetining faxriy doktori
  •   Iordaniya Universitetining faxriy doktori
  •   Korvinus universitetining ijtimoiy fanlar boʻyicha faxriy doktori
  •   M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining faxriy professori
  •   Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining faxriy doktori
  •   Maxtumquli nomidagi Turkmaniston universitetining faxriy professori
  •   Belorus Davlat universitetining faxriy professori[15];
  •   Turk Havo Qurumi universitetining faxriy doktori[16].

Faxriy fuqaroligiTahrirlash

  •   Astraxan shahrining faxriy fuqarosi[17].

HavolalarTahrirlash

TasvirlarTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. 1,0 1,1 Prezident.az — Biografiyasi
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Bugun Ilhom Aliyevning tugʻilgan kuni
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev
  4. Ilhom Haydar o’g’li Aliyev:Biografiyasi (az). president.az. Asl nusxadan arxivlandi (2016-01-23). 2016-01-23.
  5. Azerbaydjanskiy Kulturniy Tsentr imeni Geydara Alieva pri Posolstve Azerbaydjanskoy Respubliki v Respublike Uzbekistan
  6. Ilxamu Alievu vruchili orden Geydara Alieva. news.bbc.co.uk
  7. Ozarbayjon prezidenti ilhom Aliyev mukofotlar taqdim etildi. president.gov.az (Ozarbayjoncha)
  8. http://www.azertag.com/node/882721
  9. http://news.day.az/politics/306161.html
  10. Ozarbayjon respublikasi prezidenti ilhom Aliyev Ruminiyaning Buharest shahrida „Yil kishisi“ deb eʼlon qilindi, archived from the original on 2010-11-27, https://web.archive.org/web/20101127004739/http://lent.az/news.php?id=49191, qaraldi: 2017-02-22 
  11. VALENTINA MATVIENKO ILHOM ALIYEVA ORDEN TOPSHIRDI, archived from the original on 2017-02-22, https://web.archive.org/web/20170222201232/http://www.mediaforum.az/az/2012/04/10/VALENT%C4%B0NA-MATV%C4%B0YENKO-%C4%B0LHAM-%C6%8FL%C4%B0YEV%C6%8F-ORDEN-T%C6%8FQD%C4%B0M-091836743c00.html, qaraldi: 2017-02-22 
  12. Official State visit of Azerbaijan (Photo). Precidency of Republic of Turkey.
  13. Prezidenti Ukraїni ta Azerbaydjanu obmіnyalisya derjavnimi nagorodami // Ukraina Prezidenti sayti, 18.11.2013, ukraina tilida
  14. http://www.qafqazinfo.az/siyaset-2/bmt-ilham-eliyevi-teltif-etdi-foto-124064
  15. http://president.az/president/biography
  16. Ilhom Aliyev faxriy doktor qilingan, archived from the original on 2017-02-22, https://web.archive.org/web/20170222200524/http://avropa.info/news/22758.html, qaraldi: 2017-02-22 
  17. http://news.day.az/politics/301857.html