Mehribon Aliyeva
Mehribon Aliyeva (Toʻliq ismi: Aliyeva Mehribon Orif qizi) — Ozarbayjon Respublikasi Birinchi vitse-prezidenti[1][2]; Ozarbayjon Respublikasi Prezidentinining umr yoʻldoshi, Haydar Aliyev Fondi va Ozarbayjon Madaniyati Fondining Prezidenti, YUNESKO va ISESKOning ezgu niyat elchisi[3].
Mehribon Aliyeva | |
---|---|
ozarb. Mehriban Əliyeva | |
Ozarbayjon Respublikasining Birinci vitse-prezidenti | |
Mansab davri 21-fevral 2017 – lavozimda | |
Prezident | Ilhom Aliyev |
Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati | |
Mansab davri 2005 – 2017 | |
ISESKOning ezgu niyat elchisi | |
Mansab davri 24-noyabr 2006 – lavozimda | |
YUNESKOning ezgu niyat elchisi | |
Mansab davri 13-avgust 2004 – lavozimda | |
Haydar Aliyev Fondining prezidenti | |
Mansab davri 10-may 2004 – lavozimda | |
Yangi Ozarbayjon Partiyasi Siyosiy Kengashining aʼzosi | |
Mansab davri 2004 – lavozimda | |
Ozarbayjon Gimnastika Federatsiyasi prezidenti | |
Mansab davri 2002 – lavozimda | |
Ozarbayjon Madaniyati Fondi prezidenti | |
Mansab davri 1995 – lavozimda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
26-avgust 1964 SSSR, Ozarbayjon SSR, Boku |
Fuqaroligi | Ozarbayjon fuqarosi |
Siyosiy partiyasi | Yangi Ozarbayjon Partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Ilhom Aliyev |
Bolalari | Laylo Aliyeva, Orzu Aliyeva, Haydar Aliyev |
Onasi | Aida Imanguliyeva |
Otasi | Orif Pashayev |
Dini | Islom |
Maʼlumoti | N.Narimonov nomidagi Ozarbayjon Davlat Tibbiyot Instituti, Sechenov nomidagi 1-Moskva Tibbiyot Instituti |
Mukofotlari |
Faxriy mukofotlari: 2005 Ozarbayjonda Yil Odami The Business Magazine jurnalining "Yilning Birinchi Xonimi" 2014 Nefertiti Media Productions "Eng nufuzli ayol" 2014 |
Imzosi |
Hayoti
tahrirOilasi
tahrirAliyeva Mehribon Orif qizi 1964- yilning 26-avgustida Boku shahrida, ziyolilar oilasida dunyoga keldi. U yozuvchi, adabiyotshunos, Ozarbayjonda Xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori (1947), professor Mir Jalol Pashayev va atoqli jurnalist, pedagog, Xizmat koʻrsatgan fan arbobi Nosir Imanguliyevning nabirasidir.
Otasi, Orif Pashayev, taniqli olim, pedagog, jamoat arbobi, Milliy Ilmiy Akademiyaning akademigi, Davlat Mukofoti laureati, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 1996-yildan hozirgi kunlarga qadar „Ozarbayjon Havo Yollari“ Davlat Kontserni Milliy Aviatsiya Akademiyasining rektori sifatida ishlab kelmoqda.
Onasi, Aida Imanguliyeva, sharqshunos, adabiyotshunos, tanqidchi, tarjimon, filologiya fanlari doktori, professor. Aida Imanguliyeva arab adabiyoti boʻyicha birinchi doktor, birinchi ayol-professor[4]. Uning koʻplab ilmiy asarlarida (3 monografiya, 70-dan ziyod ilmiy maqolalar) Gʻarb va Sharq madaniy anʼanalari sintezi, faoliyat uslublarining taraqqiy etishi, yangi badiiy oqimlarning shakllanishi tadqiq qilinadi va ular nafaqat arab adabiyoti, balki kelajakda Sharq yangi adabiyotini oʻrganishda ham juda muhim asos boʻlib xizmat qiladi[5]. Aida Imanguliyeva 1992-yil 19-sentyabrda vafot etgan[4].
Maʼlumoti
tahrirMehribon Aliyeva, 1982-yilda Boku shahridagi 23-oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatib, Ozarbayjon Davlat Tibbiyot Institutining davolash-profilaktika fakultetida tahsilni davom ettirdi. Intervyularning birida u kasb tanlashi haqida shunday degandi[6]:
Esimni tanigandan buyon boshqa yoʻl yoʻq edi. Onam sharqshunos-olim, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik Institutining rahbari edi. Ammo maktabni tugatganda shifokor boʻlish orzusida hujjatlarini tibbiyot institutiga topshirgan. Biroq negadir ota-onasi unu fikridan qaytarishga erishishgan, natijada u taniqli filolog boʻlib yetishgan. Onamning ushalmagan orzusi mening kim boʻlishimni belgilab berdi. Ixtisosimni tanlashda esa umr yoldoshim Ilhomning onasi, shifokor-oftalmolog Zarifa xonimning taʼsiri boʻldi.
U 1988-yilda M.Sechenov nomidagi 1-Moskva Davlat Tibbiyot Institutini imtiyozli diplom bilan tugatgach, 1988-yildan 1992-yilgacha Moskvada akademik M.M. Krasnov rahbarligi ostida Koʻz kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida ishladi.
Mehribon Aliyeva 2005-yilda „Eftanaziya va tibbiyotda insonparvarlik muammolari“ mavzusida dissertatsiya yoqladi va falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvaffaq boʻldi.
Oilaviy hayoti
tahrirMehribon Aliyeva 1983-yilda Ilhom Aliyev bilan oila qurdi. Uning ucr farzandi bor: Laylo, Orzu, Haydar.
Umr yoldoshi Ilhom Aliyev unu shunday tavsiflaydi:
Tabiiy, har bir ona kabi mening onam ham kelin topishga intilardi. Ammo men Mehribon bilan tanishgach, oʻz-oʻzimga dedimki, bu qiz menga juda maʼqul… Albatta, zohiriy koʻrinishning ahamiyati katta. Lekin uning doxiliy dunyosidan kelayotgan mehr tashqi koʻrinishi bilan uygʻunlikda yanada koʻproq jalb etardi.
Oʻtgan yillarning mushkulliklariga qaramay Ozarbayjon ziyolilari qurshovida ulgʻaygan Mehribon xonim oʻz oliy maqsadlari, maʼnaviy qadriyatlar, milliy anʼanalarga sodiq qoldi. Bularning barchasi uning shaxsiyatining, milliy oilaviy qadriyatlarga sadoqatlilikning shakllanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Keyinchalik, milliy anʼanalar ustuvor boʻlgan boshqa bir ziyoli oilaning, Haydar Aliyev va tibbiyot fanlari doktori, akademik Zarifa Aliyevalarning kelini boʻlganida bu fazilatlari yanada chuqurroq ildiz otdi.
Mehribon xonim oilada ayolning roli va oilaga munosabatni doimo ilgari surarkan shunday deydi:
Oila muhitini aniqlovchi jihatlar koʻp, lekin asosiysi — fikr va qadriyatlarnihg umumiyligi, bir maqsadga yoʻnaltirilganligi boʻlsa kerak. Eng muhimi—bir-biriga nihoyatda gʻamxoʻr boʻlish. Agar oilaning har bir aʼzosi oʻzining kerakligini, oʻrnini hech kim bosa olmasligini, himoyani, mehr-muhabbatni his qilsa, bu nafaqat oila baxtining negizi, balki shu bilan birga biror maqsadga erishishga ragʻbatlantiruvchi omildir[7].
Har bir ayol ucun oilasi, farzandlari uning hayotining asosini tashkil qiladi. Men oʻzim ham uch farzandning onasiman va bu burchimni hayotimdagi eng muhim eng asosiy burc
h
im deb hisoblayman.
[8]
Shu bilan birga Mehribon xonim ayolga oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-muhabbatning garovi deb qaraydi: Umr yoʻldoshim qizgʻin ish kunidan soʻng uyga qaytib, bu yerda uni qadrlashlari va qoʻllab-quvvatlashlari, sevishlari va tushunishlarini his qilishi men ucun juda muhimdir.
[9] Keyingi yillar davomida nabiralarining dunyoga kelishini hayotidagi eng unutilmas voqealar deb hisoblaydi, ularning tugʻilishini hayotga boshqa nazar bilan boqishga undagan moʻjiza deydi. Jamoat ishlari yukining ogʻirligi, keskin ish kuni, koʻp yoʻnalishli faoliyatiga qaramay u — gʻamxoʻr farzand, umr yoldosh, ona va buvi.[7]
Faoliyati
tahrirMehribon Aliyeva 1988—1992 yillar davomida Moskvada akademik M.M. Krasnov rahbarligi ostida Koʻz kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida ishladi.
Oʻzining aktiv jamoat faoliyatini 1995-yilda Ozarbayjon Madaniyati Fondi bilan boshladi va to shu kungacha bu Fondni boshqarib keladi. 1996-yilda Ozarbayjon madaniyatini keng targʻb etuvchi uch (ozarbayjon, ingliz va rus) tilda nashr etiladigan “Ozarbayjon-Irs” jurnalini taʼsis etdi.[10] Bir intervyuda Mehribon Aliyevaning oʻzi Haydar Aliyev Fondining va „Irs“ jurnalining tashkil etishidan maqsadini maroqli ravishda izohladi:
"Ozarbayjon Madaniyati Doʻstlari Fondini tashkil etarkanmiz, asosiy maqsadimiz Ozarbayjon madaniyati bilan tanishtirish va uning targʻiboti edi. Ana shunda men „Irs“ jurnalini taʼsis etdim. Jurnal Fond faoliyatini yoritar, har bir soni maʼlum bir mavzuga bagʻishlangan boʻlib, ommabop nashr hamda tadqiqiy material hisoblanardi. Bizdan avval hec kim Ozarbayjon madaniyati haqida bunchalar shirin tarzda yozmaganini gʻurur bilan eʼtirof etaman. Masalan, biz oʻz oldimizga miniatyuralar yoki meʼmoriy obidalar haqida hikoya qilishni qoʻyganimizda, akademiya olimlari, jurnalistlarni hamda sanʼatshunoslarni hamkorlikka jalb etardik. Fond ham, jurnal ham kifoyat qadar murakkab vazifalarning uddasidan chiqishi kerak edi. U yillar Ozarbayjon uchun tiklanish yillari edi. Siyosiy, iqtisodiy oʻzgarishlar bilan bir qatorda eski ideologiya xalos boʻlish jarayoni ketayotgan, stereotiplar yemirilayotgan bir davr edi. Nihoyatda hayajonli bir davrda bizning madaniy merosimiz yangidan fikr gʻalviridan oʻtkazilib, koʻhna anʼanalar, ildizlarga qayta boshlayotgandik".[9]
2002-yilda Mehribon Aliyeva Ozarbayjon Gimnastika Federaiyasi prezidenti etib saylandi va oʻzini mohir tashkilotchi sifatida namoyon qildi.[11] Uning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi Xalqaro Gimnastika Federatsiyasining Ozarbayjonda badiiy gimnastika boʻyicha „A“ bosqichdagi xalqaro kubokni (2003), Xalqaro kubokni (2004), 27-Jahon Chempionati, 23 (2007), 25 (2009), 30 (2014) Yevropa Chempionatlarini oʻtkazish haqidagi qarorining qabul boʻlishida hal qiluvchi rol oʻynadi.[12]
Mehribon Aliyeva yosh avlodga Haydar Aliyevning boy merosini oʻrgatish, Haydar Aliyevning milliy davlatchilik gʻoyalarini singdirish maqsadida yaratilgan Haydar Aliyev Fondining prezidentidir.
2004-yilning 10-mayida — Haydar Aliyevning tavallud kunida taʼsis etiladigan Haydar Aliyev Fondining asosiy muddaosi milliy-maʼnaviy qadriyatlarni asrash va Ozarbayjon madaniyatini keng targʻib qilish ishlariga koʻmaklashish, aholi farovonligini yuksaltirishga yoʻnaltirilgan turli tadbirlar va dasturlarni, ilm-fan, maorif, madaniyat, tibbiyot, sport rivojiga hissa qoʻshuvchi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, bolalar va yoshlarning sogʻlom ulgʻayishi, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sodiq tarbiyalanishi hamda har taraflama bilimli boʻlishiga xizman qilish, Ozarbayjonning xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam berishdan iboratdir.[13]
Haydar Aliyev Fondi oʻzining oʻn yillik faoliyati davomida turli sohalar boʻyicha koʻplab loyihalarni amalga oshirishga, jahonning eʼtiborli tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga, tantanali xalqaro anjumanlar oʻtkazishga muvaffaq boʻldi. Haydar Aliyev Fondining amalga oshgan loyihalari Ozarbayjonda hamda mamlakat tashqarisida jamoatchilik tomonidan behad xayrixohlik bilan qarshi olinyapti.
Mehribon Aliyeva sportning rivojiga alohida eʼtibor beradi. 2004-yilning 28-dekabrida Mehribon Aliyeva Milliy Olimpiya Qo’mitasi IV Bosh Majlisida MOQ-ning Ijroiya Qomitasi aʼzosi etib saylandi.
2012-yilning 8-dekabriba Yevropa Olimpiya Qomitasi Bosh Assambleyasi 2015-yilda I Yevropa O’yinlarini Bokuda oʻtkazilishi haqida qaror qabul qildi. Birinchi Yevropa Oʻyinlarini yuksak saviyada oʻtkazish maqsadida 2013-yilning 17-yanvarida Tashkiliy Qomita yaratildi va uning raisi etib Mehribon Aliyeva tayinlandi. 2016-yilning 21-yanvarida, „Boku-2015“ Birinchi Yevropa Oʻyinlari Tashkiliy Qomitasi raisi Mehribon Aliyevaga Yevropada sport taraqqiyoti borasida koʻrsatgan alohida xizmatlari ucun Yevropa Olimpiya Qomitalari Ijroiya Qomitasi qarori bilan Yevropa Olimpiya Qomitalarining eng yuksak mukofoti — Oliy Orden berildi.[14]
2004-yildan boshlab Yangi Ozarbayjon Partiyasi Siyosiy Kengashining aʼzosi, 2013-yildan partiya pahbari muovinidir. 2005—2010-yillarda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisiga saylovlarda 14-sonli Xazar ikkinchi saylov okrugidan Yangi Ozarbayjon Partiyasidan nomzodi koʻrsatilgan Mehribon Aliyeva 92,12 % (23106 ovoz) va 94,49 % (31797 ovoz) ovoz toʻplab deputat etib saylandi.[15]
U Milliy Majlis deputati sifatida oʻz faoliyatida professionallik, siyosiy yetukligini namoyon qildi. "Siz menga ovoz berarkansiz, oʻz orzu-umidlaringizning roʻyobga chiqishiga ovoz berdingiz" — degandi Mehribon Aliyeva va qatiyat, ishni toʻgʻri yoʻlga qoya bilish bor joyda hal etilmagan muammo qolmasligini oʻz faoliyati bilan isbot etdi.
Mehribon Aliyevaning Milliy Majlis deputati sifatidagi faoliyatining yodda qoladigan jihatlaridan biri uning adolat, insonparvarlik gʻoyalariga tayangan holda keng koʻlamli amnistiya aktini qabul etish tashabbusi bilan chiqishidir. 2007-yil 8-mayda Mehribon xonim tayyorlagan "Ozarbayjon xalqining umum milliy rahnamosi Haydar Aliyev xotirasiga bagʻishlangan amnistiya haqida" qaror loyihasini muhokamasida "…xato qilgan, jinoyat sodir etgan insonlarning ozodlikka qaytishiga, oilalari, yaqinlari bilan qovushishlariga, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlariga bir bor imkon berishimiz kerak. Ogʻir jinoyat qilmagan insonlarni kechirarkanmiz, biz ularni normal hayotga qaytaramiz hamda mustaqil Ozarbayjoning insoniylik tamoyillari asosida taraqqiy etganini namoyish etamiz".[16]
Ozarbayjon parlamentarizmi tarixida ilk marotaba Milliy Majlis deputati tarafidan ilgari surilgan va keng jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlangan amnistiya akti yuksak maʼnaviy-axloqiy va siyosiy mazmunga egadir.[17] U bunday oliyhimmat tashabbusni anʼanaga aylantirib, 2009—2013-yillarda ham ayni murocaat bilan chiqdi va natijada 2009-yilda 9564, 2013-yilda esa qariyib 9000 nafar inson ozodlikka chiqarildi.
"Shifikorlik — oʻziga xos pesha. Bu qalb va yurak peshasidir. Bu hamdardlik va shafqat ilmidir. Bu insonlarning holiga kuymoq, muhtojlarga qoʻl uzatmoq peshasidir. Bu gʻamxoʻrlikdir. Mening hayotimda shunday boʻldiki, anchadan buyon oʻz kasbim bilan shugʻullanmayapman. Ammo faoliyatimning har bir sohasida, xususan Haydar Aliyev Fondining prezidenti lavozimida men faqat ana shu prinsiplarga, shu asosga tayanishga intilaman".[18]
Ozarbayjonning birinchi xonimi
tahrir.
Ozarbayjon davlatchiligi tarixida ilk marotaba „birinchi xonim“ statusini Mehribon Aliyeva shakllantirdi va jamiyat hayotiga birinci xonim anʼanasini olib kirdi. Odatda har bir mamlakatning birinci xonimi oʻz oʻlkasida fan, madaniyat, maorifga eʼtibor beradi. Biroq Mehribon Aliyeva hech bir sohani diqqat-eʼtiboridan chetda qoldirmaydi, oʻzining barcha imkoniyati va bilimini turli insonparvarlik tashabbuslarini amalga oshirishga sarflaydi.[19]
Mehribon xonimni olka rahbari bilan camiyat orasidagi eng mohir aloqachi deb hisoblash mumkin. Uning ilgari surgan talaygina tashabbuslari davlat va uning fuqarolari birdamligini taʼmin etilishida muhim rol oʻynamoqda.[20]
Intervyularning birida birinci xonim elkasidagi yukning ogʻirligi qay darajada ekanligi haqida soz yuritarkan, shunday dedi: "Hamma narsa u yoki bu insonning oʻz vazifalariga qay darajada yondashishiga bogʻliq. Muayyan onda sen individuumdan ijtimoiy shaxsga aylanishingni aniq-ravshan anglab yetish kerak. Sen endi oʻzingni yoki oilangni emas, oʻz oʻlkangni taqdim etasan. Bu borada oʻzing oʻzingga hisob berasan, soʻzlaring, qarorlaring, harakatlaring yanada vazmin boʻlishi kerak. Bu nihoyatda mas’uliyatli yukdir…. Fikrimcha, mavqeng va statusingga bogʻliq boʻlmagan holda sen u yoki bu rolni ijro etishga majbur emassan va kimligingni saqlay bilishing kerak. Men birinchi xonim ekanligimni ilk navbatda insonlarning u yoki bu muammolarini hal qilish ucun ob’ektiv fursat deb baholayman".[21]
Soʻnggi yillarda Ozarbayjonda shakllantirilgan birinchi xonim instituti dunyoning koʻpgina oʻlkalariga oʻrnak boʻla oladi. Mavjud voqeliklar Ozarbayjonda birinchi xonim faktorining mohiyatini bizlarga oydin koʻrsatyapti. U oz xalqiga xizmatni asos meʼyor deya qabul etgandi: "davlat rahbarining xonimi sifatida men ucun eng muhimi men oʻz oʻlkam ucun nimalar qilishga qodirligimdir".
Mehribon Aliyevaning insonparvarlik, rahmdillik va oliyhimmatlik kabi yuksak maʼnaviy xislatlaridan kelib chiqqan qatʼiyat va koʻptarmoqli faoliyati poydevorini munosib ravishda millatga xizmat qilish tashkil qiladi. Mehribon Aliyeva jamiyat tushuncasidagi "bir qator sotsiyal muammolarni faqatgina davlat hal etishi kerak" degan stereotipni oʻzgartirishga intildi va jamiyatning barcha tabaqalarining chetdan kuzatuvchi holatidan muayyan faoliyatga oʻtishiga erishdi.
Isroil „Breaking İsrael News“ portal shunday yozadi: "Ozarbayjonning birinci xonimi Mehribon Aliyeva oʻzining zamonaviy qarashlari, oʻz faoliyati bilan jahondagi barcha mamlakatlar ayollariga namuna boʻlmoqda, ularni jamiyatda faol boʻlishga ilhomlantirmoqda".[22]
Mehribon Aliyeva oʻz faoliyati bilan Ozarbayjonda ayollar faolligini jonlantirib, uning tarixida yangi bir bocqichni ochib berdi. Tabiiy, kohna va boy tariximizni har bir sahifasida Ozarbayjon ayolining oqilaligi va qahramonligining yorqin namunalari boʻlgan. Dunyoning qator mamlakatlari ayollaridan avvalroq saylab-saylanish huquqini qoʻlga kiritishi, madaniyat, sanʼat, fanning turli sohalarida ilk odim tashlashi Ozarbayjon ayolining ishbilarmonligi va zakovatining yaqqol ifodasidir.
Siyosatshunos Yevgeniy Kristalyov Mehribon Aliyeva haqida shunday deydi: "Bu ayol butun vujudi bilan yoʻlboshchidir, oʻzining aniq fuqarolik mavqei, ictimoiy mavqei boʻgan ayoldir. U birinchi xonom lavzimining yukini yelkasida „shunchaki“ koʻrtarib yurgani yoʻq, balki mamlakat parlamentining deputati, Haydar Aliyev Fondining rahbari, YUNESKO va ISESKOning ezgu niyat elchisi sifatida oʻlkaning ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan voqealarda bilvosita ishtirok etmoqda. U ana shu vazifalarni shunchaki zarurat uzasidan yoki Ozarbayjon Prezidentining xonimi boʻlgani ucungina emas, bajonidil, samimiy va ongli ravishda ado etmoqda. Mehribon xonimning insoniy fazilatlari unga jahonning baobroʻ arboblari bilan til topishishga yordam beradi".[23]
Ozarbayjonning birinci xonimi Mehribon Aliyeva turli sohalarda keng miqyosli va fidokorona faoliyati ucun qator davlatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak mukofotlarga loyiq koʻrilgan. Mehribon Aliyeva YUNESKO va ISESKOning ezgi niyat elchisidir.
Unvonlari, sovrinlari, mukofotlari
tahrir- YUNESKOning ezgi niyat elchisi (2004y 13-avgust);[24]
- Ozarbayjonda „Yil ayoli“ (2005yil);[25]
- „Yuzyilliklar homiylari“ Xalqaro Xayriya Fondining „Yoqut Xoch“ (9-iyunya 2005god);[26]
- Milliy Qahramon Chingiz Mustafayev Fondi va ANS kompaniyalar guruhu „Yilning 2005 odam“mukofoti;[27]
- BMTning Umumjahon (WIPO) Aqliy Mulk Tashkilotining oltin medali (2006-yil mart);[28]
- ISESKOning ezgi niyat elchisi (2006-yil 23-noyabr);[29]
- Xalqaro Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti (WHO) Ijroiya Qomitasining mukofoti (2007yil 29-yanvar);[30]
- Xalqaro „Oltin yurak“ mukofoti (may 2007yil);[31]
- Ozarbayjon Respublikasi Haydar Aliyev mukofoti (5-maya 2009god);[32]
- Polsha Pespublikasi Buyuk Komandor Xochining „Xizmatlari ucun“ Ordeni (14-sentyabr 2009yil);[33]
- Fransiya Pespublikasi „Faxriy legion“ opdeni (15-fevral 2010yil);[34]
- YUNESKOning „Oltin Motsart“ medali (30-iyul 2010 yil);[35]
- Krans Montan Forumining Oltin medali (24-iyun 2011yil);[36]
- Rossiya Federasiyasi I.M. Sechenov nomidagi birinchi Moskva Davlat Tibbiyot Institutining Faxriy professori (13-aprel 2012 yil);[37]
- MDHda ishtirok etuvchi davlatlarning Gumanitar Hamkorlik Ittifoqi va Davlatlararo Gumanitar Hamkorlik Fondining davlatlararo „Uylduzlar birdamligi“ mukofoti (13-aprel 2012-yil);[38]
- Krans Montan Forumining „Prix de la Fondation“ mukofoti (29 yun 2012 yil);[39]
- Ozarbayjon Kazaklar Ittifoqining „Kazak shuhrati“ oliy mukofoti (2012 yil);[40][41]
- Pokiston „Shahid Benazir Bxutto“ Ayol Barkamolligi Mukofoti — 2013 (27-dekabr 2013);[42]
- Turk-Olmon Doʻstlik Federasiyasining „Kyubele“ Faxriy mukofoti (2014-yil may);[43]
- „The Business Year“ jurnalining „Yilning Birinchi Xonimi“ mukofoti (2014-yil may);[44]
- Xalqaro Olimpiya Akademiyasining maxsus „Olympic Excellence“ Faxriy mukofoti (2014-yil may);[45]
- Rossiya Federasiyasi Astraxan viloyati „ Astraxan viloyatiga xizmatlari uchun“ Ordeni (2014-yil avgust);[46]
- Quvayt davlati Faxriy diplomi (avgust 2014 yil);[47]
- Ozarbayjon „Haydar Aliyev“ Ordeni (29-iyun 2015 yil).
Mehribon Aliyevaning siyosiy faoliyati
tahrirMehribon Aliyeva rahbarligidagi Haydar Aliyev fondi Ozarbayjon haqiqatlarining dunyo jamiyatiga yetkazilishi, jumladan, Armanistonning Ozarbayjonga qarshi tajovuzkor va ishgʻolchilik siyosatining oshkor etilishi yoʻlida tizimli va izchil ishlar olib bormoqda. Ozarbayjon Respublikasining Birinchi vitse-prezidenti, Haydar Aliyev fondi prezidenti, YUNESKO va ISESKO ning ezgu niyat elchisi Mehribon xonim Aliyeva Ozarbayjonda taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, sport taraqqiyoti, oʻlka borasidagi haqiqatlarning dunyoga targʻibi, xalqimizning moddiy-maʼnaviy qadriyatlarining qayta tiklanishi, ularni asrab-avaylash, dunyo xalqlarining madaniyatlariga integratsiyasi yoʻlida katta ishlar koʻrdi. Ozarbayjon va dunyo xalqlarining sotsial-maʼnaviy hayotiga bergan tuhfalar bilan birga Mehribon xonim Aliyeva ijtimoiy-siyosiy faoliyati bilan ham namuna koʻrsatadi.
Fondning Armaniston-Ozarbayjon Togʻli Qorabogʻ nizosi boʻyicha yaratgan internet portali, turli tillarda tayyorlangan “Qorabogʻ haqiqatlari” nomli bukletlar dunyo jamiyatini Armanistonning asrlar davomida ozarbayjonlarga qarshi olib borilgan etnik qirgʻin va etnik tozalash siyosati toʻgʻrisida doim xabardor qiladi. YUNESKOning ezgu niyat elchisi sifatida bu tashkilotning barcha tadbirlarida qochoq va majburiy koʻchmanchi oilalardan boʻlgan bolalarning taʼlimi, shuningdek, ishgʻol qilingan Ozarbayjon tuproqlarida arman vandalizmiga duchor boʻlgan, vayron qilingan tarixiy obidalar bilan bogʻliq muammolarga toʻxtalib, xalqaro jamiyatning diqqatini Ozarbayjon hududining 20% i Armaniston tomonidan ishgʻol etilishi masalasiga yoʻnaltirgan Mehribon xonim Aliyeva rahbarligi ostida tayyorlangan bu loyiha qadimiy Ozarbayjon tuprogʻi boʻlgan Qorabogʻ haqidagi haqiqatlarni dunyo jamiyatiga boricha yetkazish maqsadida amalga oshirilgan.
Mukofotlari va yutuqlari
tahrirOzarbayjon va Polsha oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlari rivojidagi xizmatlariga koʻra Mehribon xonim Aliyeva Polsha Respublikasining “Xizmatlari uchun” Buyuk Komandor Xochi ordeni bilan taqdirlandi.
Fransiyaga munosabatda koʻrsatgan xizmatlari va namoyish etgan sodiqligiuchun Fransiya Respublikasi Prezidenti buyrugʻi bilan “Sharaf legioni” ordenining zobit darajasi bilan taltif etildi. Oʻsha yili yutuq unga yor boʻlib, YUNESKOning “Qizil Motsart” medali Mehribon xonim Aliyevaga taqdim etildi.
Mehribon xonim Aliyeva Turkiy dunyo madaniy merosining boy qismi boʻlgan Ozarbayjon turklarining moddiy va nomoddiy madaniyat obidalarini asrash va targʻibi sohasidagi buyuk xizmatlari uchun TURKSAV ning “Turk dunyosiga xizmat” mukofotiga loyiq koʻrildi. Prezident Ilhom Aliyev buyrugʻi bilan Mehribon xonim Aliyeva Ozarbayjonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida samarali faoliyatiga koʻra “Haydar Aliyev mukofoti” bilantaqdirlandi.
Bularning barchasi Mehribon xonimning ozarbayjon xalqi oldidagi xizmatlariga boʻlgan mukofot va bahodir.
Turkiyaning nufuzli iqtisodiyot va ish dunyosi nashri boʻlgan “Ekovitrin” jurnali oʻtkazgan soʻrov natijalariga koʻra, Ozarbayjonning Birinchi xonimi 2011-yil yakunlari boʻyicha “Yilning birinchi xonimi” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi. “I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti faxriy professori” diploma va esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy, mesenatlik va xayriyachilik faoliyatiga koʻra, taʼlim a madaniyat muassasalarining qoʻllab-quvvatlanishiga, Rossiya va Ozarbayjon xalqlari oʻrtasidagi doʻstlikning mustahkamlanishiga bergan tuhfalari uchun Rossiyaning “Asr mesenatlari” Xalqaro xayriya fondining “Yoqut xoch” ordeniga loyiq koʻrildi.
Keyinchalik, “I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti faxriy professori” diplomi va esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Haydar Aliyev fondi tashabbusi bilan amalga oshirilgan loyihalar mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikning rivojida alohida xizmatlari bilan ajralib turadi.
Koʻrinib turganidek, dunyoning barcha mamlakatlarida fondning Ozarbayjon haqiqatlarining taqdimi boʻyicha amalga oshirayotgan ishlariga munosabat yuqoridir. Dunyoning bir qator nufuzli mukofotlariga loyiq koʻrilish ham aynan bu bashariy qadriyatlarlarga munosabatining va faoliyatining natijasidir. Bugungi kunda Ozarbayjon birinchi vitse-prezidenti Haydar Aliyev fondi prezidenti Mehribon Aliyevaning II darajali Muqaddas Malaksiymo Knyaginya Olga ordeni bilan taqdirlanishi ham u koʻrgan ishlarning natijasidir.
Mehribon xonim Aliyevani bu orden bilan Rus Pravoslav cherkoviga koʻrsatgan yordamiga, shuningdek, Rossiya va Ozarbayjon oʻrtasidagi doʻstlikning mustahkamlanishi sohasida koʻp sonli xizmatlariga koʻra, Moskvaning va butun Rossiyaning patriarxi Kirill mukofotladi.
Ozarbayjonning gullab-yashnashi va xalqaro nufuzining ortishiga katta tuhfalar bergan Mehribon xonim Aliyevaning kelajak faoliyati negizida esa qayd etgan masalalarimizning yana-da keng reja va loyihalar asosida amalga oshirilishi turibdi.
Mehribon xonim Aliyeva ISESKO ning ezgu niyat elchisi sifatida mamlakatimizda, shuningdek, uning hududlaridan tashqarida ham olib borgan xayriya ishlari uchun “Asr xayriyachilari” xalqaro fondining Yoqut xoch ordenini olgan ilk ayoldir.
Shu bilan birga 2009-yilda Mehribon xonim Aliyeva mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida samarali faoliyati uchun Haydar Aliyev mukofotiga loyiq koʻrildi.
Shunday qilib, fond tomonidan amalga oshirilayotgan xayrxoh ishlar Haydar Aliyev gʻoyalariga sadoqatning, shuningdek, bugun vatan, xalq nomiga olib borilgan izchil siyosatni qoʻllab-quvvatlash istagining amaliy namunasidir. Shuningdek, bu fondning jamiyatda va mamlakatimizdan tashqarida ortayotgan nufuzining ifodasidir. Soʻnggi yillarda koʻrilgan barcha ishlar, erishilgan yutuqlar, ilk navbatda, fond prezidenti, YUNESKO va ISESKO ning ezgu niyat elchisi Mehribon xonim Aliyevaning xayrxohlik, gumanizm, vatanparvarlik hislariga, milliy gʻoyaga tayangan faoliyatining, dunyoning taniqli bir qancha ijtimoiy va madaniyat xodimlari tomonidan ham yuksak baholangan ezgu niyat, tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyati mevasidir.
Maqolalari
tahrir- Hayot tarzi
- Musiqa, musiqa…
- Maʼnaviy meros
- Rashid ismli moʻjiza
- Ozarbayjonning oltin merosi
- Ozarbayjon sportining qadimiy anʼanalari
- Uzugimning koʻzi — firuza…
- Ozarbayjon maʼbadlari
- Qorabogʻ maqom maktabi
Rahbarlik qilayotgan tashkilotlari
tahrirFilmografiyasi
tahrir- Soʻzlovchi maktub (film,1975) — (qisqametrajli badiiy film)[48] (Ozarbayjoncha)
- Ozarbayjon sharafi uchun! (film, 2004) — (qisqametrajli hujjatli television film) (Ozarbayjoncha)
- Ozarbayjon sharafi uchun! (film, 2005) — (qisqametrajli hujjatli television film) (Ozarbayjoncha)
- Abadiyat elchisi (film,2005) — (hujjatli serial) (Ozarbayjoncha)
- Iftixor va muhabbat ila Ozarbayjonga (film, 2006) — (qisqametrajli hujjatli television film) (Ozarbayjoncha)
- Buyuk umr davomi (film,2007) — (toʻlametrajli badiiy- hujjatli television film-spektakl) (Ozarbayjoncha)
- Menga ishoning! (film, 2007) — (toʻlametrajli hujjatli television film) (Ozarbayjoncha)
- Matbuot fidoiysi (film, 2007) — (toʻlametrajli hujjatli television film) (Ozarbayjoncha)
- Tabiat qutqaruvchisi (film, 2007) — (qisqametrajli hujjatli television film) (Ozarbayjoncha)
- Muvaffaqiyatga erishish formulasi (film, 2007) — (qisqametrajli hujjatli television film) (Ozarbayjoncha)
- Choʻqqi sari (film, 2007) — (toʻlametrajli hujjatli television film) (Ozarbayjoncha)
- Xaloskor.III Film (film) — (toʻlametrajli hujjatli television film) (Ozarbayjoncha)
Fotosuratlar
tahrirYana qarang
tahrir- Haydar Aliyev Fondi(Ozarbayjoncha)
- Ozarbayjon Madaniyati Dostlari Fondi(Ozarbayjoncha)
Xorijiy oʻtishlar
tahrir- Rasmiy sayt
- Ezgi niyat elchisi. Elektron resurs[sayt ishlamaydi]
Manbalar
tahrir
- ↑ 1,0 1,1 „M.A. Aliyevaning vitse-prezident etib tayinlanishi haqida. Ozarbayjon Respublikasi Prezidentinig Farmoni“ (Azerbaijani). www.president.az. president.az (2017-yil 21-fevral).
- ↑ 2,0 2,1 „Mehribon Aliyeva vitse-prezident etib tayinlandi“ (Azerbaijani). www.mehriban-aliyeva.az. mehriban-aliyeva.az (2017-yil 21-fevral). Qaraldi: 2017-yil 21-fevral.
- ↑ 3,0 3,1 „Ilhom Haydar o’g’li Aliyeb. Biografoya“ (Azerbaijani). www.president.az. president.az (2014-yil 1-oktyabr). 2012-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-mart. (Wayback Machine saytida 4-yanvar 2012-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Aida Imanguliyeva kim?“ (turkcha). www.timeturk.com. timeturk.com (2010-yil 6-noyabr). 2015-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 5,0 5,1 „Aida İmanquliyeva“ (Azerbaijani). www.bsu.edu.az. bsu.edu.az. Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 6,0 6,1 „Mehribon Aliyeva: «Men konkret ishlashni, konkret insonlarga yordam ko’rsatishni istayman»“. www.mehribanaliyeva.preslib.az. preslib.az (2005-yil 26-may). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 Alakbarov, Anar. Mehribon (2014), s. 212.
- ↑ 8,0 8,1 „«Ozarbayjon bolalari himayasi islihiti” milliy konfaransiyadagi nutqdan“. www.heydar-aliyev-foundation.org. heydar-aliyev-foundation.org (2009-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 „"İzvestiya"gazetasiga intervyudan“. www.mehriban-aliyeva.az. mehriban-aliyeva.az (2005-yil 26-may). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 10,0 10,1 „Ozarbayjon Madaniyati Do’stlari Fondi“. Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 11,0 11,1 „Ozarbayjon Gimnastika Federasiyasi“. Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 12,0 12,1 „Ozarbayjon Gimnastikasining bugungi kuni“. www.mehriban-aliyeva.az. mehriban-aliyeva.az (2003-yil 10-avgust). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 13,0 13,1 Haydar Aliyev Fondi 2004-2014. Haydar Aliyev Fondi — 7-bet.
- ↑ 14,0 14,1 „Mehribon Aliyeva Yevropa Olimpiya Qomitasining Bosh Ordeni mukofotiga loyiq deb topildi“. www.azertag.az. azertag.az (2016-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 15,0 15,1 „Saylov Monitoringi Koalisiyasi «Parlament – 2010» 7-noyabrda electron ovoz berish natijalarini e’lon qildi“. www.azertag.az. azertag.az (2010-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 16,0 16,1 „Milliy Majlis Mehribon xonim Aliyeva tomonidan tayyorlangan “Ozarbayjonning umummilliy rahnamosi Haydar Aliyev xotirasiga bag’ishlangan amnistiya haqida”gi qaror loyihasini tasdiqladi. Milliy Majlising Steonagrammasi“. www.meclis.gov.az. meclis.gov.az (2007-yil 8-may). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 17,0 17,1 Jafarov, Zohid. Inson huquqi va ozodligining ishonchli homiysi. Ozarbayjon gazetasi (2010-yil 25-avgust), s. 3.
- ↑ 18,0 18,1 Alakbarov, Anar. Mehribon (2014), s. 61.
- ↑ 19,0 19,1 Alakbarov, Anar. Mehribon (2014), s. 11-12.
- ↑ 20,0 20,1 Alakbarov, Anar. Mehribon (2014), s. 34.
- ↑ 21,0 21,1 ITAR-TASSning Moskva «Ekho planety» haftalik jurnaliga intervyusidan.. Narodnaya gazeta (2009-yil 20-mart), s. 2.
- ↑ 22,0 22,1 „Azerbaijan: A Modern Muslim Nation Openly Defies Stereotypes“. www.breakingisraelnews.com. Israel: breakingisraelnews.com (2014-yil 4-aprel). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 23,0 23,1 Cusov, Oleg „"Pervyye ledi" Kavkaza“ (ruscha). http://www.ekhokavkaza.com. www.ekhokavkaza.com (2011-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 24,0 24,1 „Mehriban Aliyeva designated UNESCO Goodwill Ambassador for Oral and Musical Traditions“ (inglizcha). www.portal.unesco.org. UNESCO. Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 25,0 25,1 „Mehribon Aliyeva “Yilning Ayoli” Faxriy mukofotiga sazovor bo’ldi“. www.az.trend.az. trend.az (2005-yil 18-iyul). 2017-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 26,0 26,1 „Haydar Aliyev Fondi prazidenti, YUNESKOning ezgi niyat elchisi Mehribon xonim Aliyevaning “Firuza Xoch” Ordeni bilan taqdirlanish marosimi“. www.azertag.az. azertag.az (2005-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
- ↑ 27,0 27,1 Bu gün Azərbaycanın birinci xanımının ad günüdür (Wayback Machine saytida 4-aprel 2014-yil sanasida arxivlangan), ANSPRESS, 26.08.2011, Yoxlanılıb: 13.10.2014
- ↑ 28,0 28,1 HEYDƏR ƏLİYEV FONDUNUN PREZİDENTI, YUNESKO-NUN XOŞMƏRAMLI SƏFİRİ, MİLLİ MƏCLİSİN DEPUTATI MEHRİBAN ƏLİYEVA ÜMUMDÜNYA ƏQLİ MÜLKİYYƏT TƏŞKİLATININ QIZIL MEDALINA LAYİQ GÖRÜLMÜŞDÜR, AzərTac, 03.03.2006, Yoxlanılıb:13.10.2014
- ↑ 29,0 29,1 Azərbaycanın birinci xanımı Mehriban Əliyeva ISESCO -nun Xoş Məramlı səfiri adına layiq görülüb[sayt ishlamaydi], TREND, 23 Noyabr 2006, Yoxlanılıb: 13.10.2014
- ↑ 30,0 30,1 Mehriban Əliyeva Ümumdünya Səhiyyə Təşkilatının mükafatına layiq görülüb[sayt ishlamaydi], TREND, 30 Yanvar 2007, Yoxlanılıb: 13.10.2014
- ↑ 31,0 31,1 AZƏRBAYCANIN BİRİNCİ XANIMI MEHRİBAN ƏLİYEVAYA „QIZIL ÜRƏK“ BEYNƏLXALQ MÜKAFATI TƏQDİM OLUNMUŞDUR, AzərTac, 28.05.2007, Yoxlanılıb:13.10.2014
- ↑ 32,0 32,1 M.A.ƏLİYEVANIN HEYDƏR ƏLİYEV MÜKAFATI İLƏ TƏLTİF EDİLMƏSİ HAQQINDA AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASI PREZİDENTİNİN SƏRƏNCAMI, AzərTac, 12.05.2009, Yoxlanılıb:13.10.2014
- ↑ 33,0 33,1 HEYDƏR ƏLİYEV FONDUNUN PREZİDENTİ POLŞANIN „XİDMƏTLƏRƏ GÖRƏ“ BÖYÜK KOMANDOR XAÇI ORDENİ İLƏ TƏLTİF EDİLMİŞDİR, AzərTac, 14.09.2009, Yoxlanılıb:13.10.2014
- ↑ 34,0 34,1 AZƏRBAYCANIN BİRİNCİ XANIMI MEHRİBAN ƏLİYEVA FRANSA PREZİDENTİNİN SƏRƏNCAMI İLƏ „ŞƏRƏF LEGİONU“ ORDENİ İLƏ TƏLTİF EDİLMİŞDİR, AzərTac, 15.02.2010, Yoxlanılıb:13.10.2014
- ↑ 35,0 35,1 Irina Bokova inaugurates the 2nd Gabala International Music Festival in Azerbaijan, UNESCO
- ↑ 36,0 36,1 THE CRANS MONTANA FORUM’S GOLD MEDAL (Wayback Machine saytida 5-fevral 2016-yil sanasida arxivlangan), The Crans Montana Forum
- ↑ 37,0 37,1 Pervaya ledi v „Pervom Mede“ (Wayback Machine saytida 2021-10-06 sanasida arxivlangan), İ. M. Seçenov adına Birinci Moskva Dövlət Tibb Universiteti
- ↑ 38,0 38,1 V Moskve zajglis „Zvezdi Sodrujestva“, „Nezavisimaya“ qəzeti, 23.04.2012, Yoxlanılıb: 13.10.2014
- ↑ 39,0 39,1 Azərbaycanın birinci xanımı Mehriban Əliyevaya Krans Montana Forumunun „Prix de la Fondation“ mükafatı təqdim olunub[sayt ishlamaydi], APA, 30 İyun 2012, Yoxlanılıb:13.10.2014
- ↑ 40,0 40,1 Mehriban Əliyeva Beynəlxalq Kazak Akademiyasının ali mükafatına layiq görülüb (Wayback Machine saytida 31-mart 2017-yil sanasida arxivlangan), heydar-aliyev-foundation.org, 16-noyabr 2012. Yoxlanılıb: 13.10.2014
- ↑ 41,0 41,1 Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliev i Pervaya ledi Mexriban Alieva udostoeni visshix ordena i nagradi kazachestva, day.az, 16-noyabrya 2012, Yoxlanılıb: 13.10.2014
- ↑ 42,0 42,1 Pervaya ledi Azerbaydjana udostoena nagradi „Premiya jenskogo sovershenstva shexida Benazir Bxutto-2013“, 1news.az, 28.12.2013, Yoxlanılıb: 13.10.2014
- ↑ 43,0 43,1 Mehriban Əliyeva Türk-Alman Dostluq Federasiyasının „Kübele“ fəxri mükafatı ilə təltif olunub (Wayback Machine saytida 20-avgust 2014-yil sanasida arxivlangan), APA, 13-may 2014-yil, Yoxlanılıb: 13.10.2014
- ↑ 44,0 44,1 Mehriban Əliyeva dünyada „İlin Birinci Xanımı“ oldu (Wayback Machine saytida 31-iyul 2014-yil sanasida arxivlangan), qafqazinfo.az, 14.05.14, Yoxlanılıb: 13.10.2014
- ↑ 45,0 45,1 Azerbaijani First Lady awarded by International Olympic Academy (Wayback Machine saytida 4-iyul 2014-yil sanasida arxivlangan), vestnikkavkaza.net, 17-iyun 2014-yil, Yoxlanılıb:13.10.2014
- ↑ 46,0 46,1 Mexriban Alieva poluchila orden „Za zaslugi pered Astraxanskoy oblastyu“ (Wayback Machine saytida 31-mart 2017-yil sanasida arxivlangan), rusplt.ru, 15-avgusta 2014, Yoxlanılıb: 13.10.2014
- ↑ 47,0 47,1 Heydər Əliyev Fondunun prezidenti Mehriban Əliyeva Küveyt Dövlətinin yüksək mükafatına layiq görülüb (Wayback Machine saytida 28-avgust 2014-yil sanasida arxivlangan), TREND, 21 Avqust 2014, Yoxlanılıb: 13.10.2014
- ↑ 48,0 48,1 Əliyevanın uşaqlıqda çəkildiyi filmdən[sayt ishlamaydi], qafqazinfo.az, 28.08.14, Yoxlanılıb:13.10.2014