Zarifa Aliyeva
Zarifa Aziz qizi Aliyeva (ozarbayjoncha: Zərifə Əliyeva; 28-aprel 1923-yil – 15-aprel 1985-yil) – ozarbayjonlik oftalmolog, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi akademigi va professori[1].
Zarifa Aliyeva | |
---|---|
Zərifə Əliyeva | |
Tavalludi |
28-aprel 1923-yil Şahtaxtı, Şərur, Ozarbayjon SSR, SSSR |
Vafoti |
15-aprel 1985-yil (61 yoshda) Moskva , Rossiya SFSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Turmush oʻrtogʻi |
Haydar Aliyev (turm. 1948) |
Veb-sayt | www.zarifa-aliyeva.az |
Zarifa Aliyeva Ozarbayjonning uchinchi prezidenti Haydar Aliyevning rafiqasi va Ozarbayjonning toʻrtinchi prezidenti Ilhom Aliyevning onasidir.
Tarix
tahrirZarifa Aliyeva 1923-yilda Şərur yaqinidagi Şahtaxtı qishlogʻida, tugʻilgan. Aliyevaning otasi Aziz Aliyev Ozarbayjon SSR Sogʻliqni saqlash xalq komissari, keyinchalik Kommunistik partiyaning Dogʻiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi qoʻmitasining birinchi kotibi boʻlgan. Zarifa Aliyeva 1948-yilda Haydar Aliyev bilan turmush qurgan. 1955-yil 12-oktyabrda ularning qizi Sevil, 1961-yil 24-dekabrda esa oʻgʻli Ilhom dunyoga keldi. 1982-yilda oilasi bilan birga Moskvada istiqomat qilgan.
Aliyeva mehnat faoliyatining koʻp qismini Ozarbayjon davlat tibbiy imiy tadqiqotlar institutida oʻtkazgan[2]. Zarifa Aliyeva koʻz kasalliklarini davolashning yangi usullarini ishlab chiqgan va joriy qilgan[3]. Zarifa Aliyeva 14 ta monografiya, yuzlab ilmiy tadqiqotlar muallifi boʻlgan.
Oilasi
tahrirOtasi Aziz Aliyev (1.01.1897 – 27.07.1962), sovet va ozarbayjon davlat va partiya arbobi, diplomat, Ozarbayjon SSR sogʻliqni saqlash xalq komissari (1939—1941), Ozarbayjon SSR Oliy Kengashi raisi (1941-1944), VKP (b) Dog‘iston ASSR qoʻmitasining birinchi kotibi (1942—1948). Onasi Leyla Jabbor qizi Abbosova. Akasi Tamerlan Aziz oʻgʻli Aliyev (3.10.1921 – 7.04.1997), endokrinolog, Ozarbayjon Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh terapevti, tibbiyot fanining taniqli vakili, xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Davlat mukofoti laureati (1981), tibbiyot fanlari doktori, professor[2]. Singlisi Gulara Aziz qizi Aliyeva (17.11.1933 – 27.07.1991), ozarbayjonlik musiqachi, pianinochi, bastakor, o‘qituvchi, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi (1966), Ozarbayjon SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Ukasi Jamil Aziz oʻgʻli Aliyev (30.03.1946), onkolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, xizmat koʻrsatgan fan arbobi (2000), Respublika onkologiya milliy markazi direktori, Rossiya TEA va Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi akademigi. Eri Haydar Aliyev (10.05.1923 – 12.12.2003), sovet va ozarbayjon davlat arbobi, partiya va siyosat arbobi, Ozarbayjonning uchinchi prezidenti, ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1979, 1983). Qizi Sevil Haydar qizi Aliyeva (12.10.1955). Oʻgʻli Ilhom Aliyev (24.12.1961), ozarbayjonlik davlat va siyosat arbobi, Ozarbayjonning toʻrtinchi prezidenti[2].
Oʻlimi
tahrir1985-yil 15-aprelda Zarifa Aliyeva saraton kasalligidan vafot etgan va Moskvadagi Novodevichiy qabristoniga dafn qilingan. Keyinchalik, 1994-yilda uning jasadi olinib, Bokudagi Sharaf xiyobonida qayta dafn etilgan.
Xotira
tahrir2022-yil 28-aprelda Zarifa Aliyev nomi berilgan Ro-Pax rusumli parom suvga tushirilgan[4][5]. Zarifa Aliyevaga bagʻishlangan pochta markalari 2003, 2008 va 2013-yillarda chiqarilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Bu gün aprelin 28 görkəmli oftalmoloq alim, akademik Zərifə xanım Əliyevanın anadan olmasının 87-ci ildönümüdür“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Зарифа Алиева“. 2012-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Распоряжение Президента Азербайджанской Республики О проведении 100-летнего юбилея академика Зарифы Алиевой » Официальный сайт президента Азербайджанской Республики“ (ru). president.az. 2022-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
- ↑ „Судно-паром «Зарифа Алиева» типа Ro-Pax отправилось в первое плавание“ (az). asco.az. 2023-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-fevral.
- ↑ „Азербайджанское судно "Зарифа Алиева" выполнило свыше 160 рейсов в порты стран ЦА“ (ru). Day.Az (2023-yil 28-aprel). 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.