Oʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksi
Oʻzbekiston avtomobil raqamlari — Oʻzbekiston Respublikasida avtomobillar, avtobuslar, traktorlar, tirkama, oʻziyurarlar, pritseplarni qayd etish uchun joriy etilgan davlat belgilaridir. Davlat raqamlarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati qoshidagi „Oʻzavtomotobelgi“ davlat unitar korxonasi tomonidan[1] amalga oshiriladi. Avtoraqamlarni berish va nazorat qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (harbiy va maxsus texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari, jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari), Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (harbiy texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari) , Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (harbiy texnika, xizmat tizimidagi transport vositalari) va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (qishloq xoʻjaligi transporti) tomonidan amalga oshiriladi[2][3].
TarixiTahrirlash
Oʻzbekistonda birinchi marta avomobil raqamlari 1920-yillarda chiqarilgan. 1938, 1944, 1977-yillarda yangi namunalar chiqarilgan[4]. 1989-yilda chiqarilgan avtomobil raqamlari esa 1998-yilgacha amal qilgan. 1998-yildan 2008-yilgacha yangicha davlat raqamlari joriy etildi va u 2013-yilgacha amal qildi. 2008-yil 1-oktabrdan xalqaro talablarga javob beradigan yangi davlat raqamlari joriy qilindi[5][6].
Avtomototransport vositalari va tirkamalarga beriladigan davlat raqamlari turlariTahrirlash
Raqamlar yuqori texnologoyalar asosida chiqarilgan boʻlib, yorugʻlik qaytaradigan qatlam va korroziyaga hamda qalbakilashtirishga qarshi xususiyatga ega. Davlat raqamlarida chiroyli kombinatsiyalar (001-009, 100, 111, 200, 222, 300, 333, 400, 444, 500, 555, 600, 666, 700, 777, 800, 888, 900, 999), ularga boʻlgan kuchli talab ortidan kelib chiqqan mojarolar tufayli taʼqiqlangan edi[7]. 2017-yilning 11-iyul kuni[8] Oʻzbekiston Prezidentining „Yoʻl harakatini tartibga solishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan chiroyli kombinatsiyalarni auksion orqali sotish tartibi belgilandi[9].
Tasviri | Tavsifi |
---|---|
|
Tip I —
Yuridik shaxslarga beriladigan raqamlar. Tip IA — Tip I shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
Fayl:Tip IIA.gif |
Tip II —
Davlat hokimiyatining yuqori organlari xodimlariga beriladigan davlat raqamlari. Tip IIA — Tip II shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
Tip III —
jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalariga beriladigan raqamlar. | |
Tip IV —
chet davlatlar diplomatic vakolatxonalari, elchixonalar rahbarlarining transportlariga beriladigan davlat raqamlari. | |
Tip V —
xorijiy davlatlar elchixonalari, konsullik idoralari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari. | |
|
Tip VI —
BMT va uning tuzilmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlariga tegishli transport vositlariga beriladigan davlat raqamlari. Tip VIA — Tip VI shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
|
Tip VII —
Chet davlatlar diplomatic vakolatxonalarining texnik-taʼminot xodimlariga tegishli transport vositlariga beriladigan davlat raqamlari. Tip VIIA — Tip VII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
|
Tip VIII —
Savdo vakolatxonalari, konsulliklar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari. Tip VIIIA — Tip VIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
|
Tip IX —
Xalqaro nodavlat tashkilotlar, birlashmalar, banklar, firmalar, korrespondentlik ofislari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqqamlari. Tip IXA — Tip VIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
|
Tip X —
Fuqaroligi chet davlatga tegishli boʻlgan shaxslarga tegishli transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari. Tip XA — Tip VIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
Tip XI —
mototsikllar va motorollerlarga beriladigan davlat raqamlari. | |
Tip XII —
yuk mashinalari va avtomobillarining tirkamasiga beriladigan ikki qatorli davlat raqamlari. | |
|
Tip XIII —
yoʻl harakatida vaqtincha qatnashish uchun beriladigan davlat raqami. Tip XIIIA — Tip XIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
Tip XIV —
Elektromobil uchun beriladigan davlat raqami. Tip XIIIA — Tip XIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari. |
Harbiy qoʻshinlar boʻlinmalari transport vositalariga beriladigan davlat raqamlariTahrirlash
Tasviri | Tavsifi |
---|---|
|
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi qoʻshin boʻlinmalariga beriladigan davlat raqamlari 1998-yilgi namuna boʻyicha (qora fon va oq yozuv) chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, 1998-2018-yillarda aynan shunday namunadagi davlat raqamlaridan foydalandi. 2018-yildan boshlab, oq fondagi qora MV yozuvli yangicha davlat raqamlari joriy etildi[10] |
Hududlar boʻyicha raqamlarTahrirlash
Hudud | 1989-1998-yillardagi | 1998-2008-yillardagi | 2008-yildan keyin |
---|---|---|---|
Toshkent | ТН | 10, 30 | 01-09 |
Toshkent viloyati | ТШ | 11 | 10-19 |
Sirdaryo viloyati | СИ | 12 | 20-24 |
Jizzax viloyati | ДД | 13 | 25-29 |
Samarqand viloyati | СН | 14 | 30-39 |
Fargʻona viloyati | ФЕ | 15 | 40-49 |
Namangan viloyati | НА | 16 | 50-59 |
Andijon viloyati | АН | 17 | 60-69 |
Qashqadaryo viloyati | КФ | 18 | 70-74 |
Surxondaryo viloyati | СД | 19 | 75-79 |
Buxoro viloyati | БХ | 20 | 80-84 |
Navoiy viloyati | НВ | 21 | 85-89 |
Xorazm viloyati | ХЗ | 22 | 90-94 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | КП | 23 | 95-99 |
Yuridik shaxslarga tegishli ayrim avtomobil raqamlaridagi maxsus harflardan iborat kombinatsiyalarning farqlanishiTahrirlash
PAA — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari; PSS — Oʻzbekiston Prezidentining davlat xavfsizlik xizmati xodimlari; PPP — Oliy Majlis deputatlari va senatorlari; APC, APS, PSV — vazirliklar va davlat qoʻmitalari rahbariyati (vazirlarning oʻrinbosarlari); DAV, AVH, BVH, FVH, JVH, KVH, NVH, SVH, TVH, XVH — Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari; USB, BGR — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi qoʻshinlar; VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSP, VSV — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari; PSF, PSP — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari; TSS, TST — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari; ZDF — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari; DXA, PXQ — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari agentligi xodimlari; FVV — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari; MV, MT — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari; TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG, TTH — taksilar; D — diplomatlar (yashil rangli); CMD — xorijiy davlatlar elchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari (yashil rangli); T — elchixona texnik personali (yashil rangli); M — xorijiy firma va kompaniyalar xodimlari, investorlar (yashil rangli); X — konsulliklar, savdo vakolatxonalari xodimlari (yashil rangli); UN — BMT va tuzilmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlari (koʻk rangli); H — Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (sariq rangli). Shuningdek, 2017-yildan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillarga uch bir xil harflardan iborat davlat raqamini (masalan, OOO, VVV, UZB kabi[11][12]) muayyan toʻlov asosida berish tartibi joriy qilindi. 2021-yil 1-noyabrdan boshlab elektromobillar uchun hudud raqami yashil rangli avtoraqam berilishi joriy qilindi[13]
Avtomobil raqamlarining boshlangʻich narxlariTahrirlash
Toshkent shahridaTahrirlash
Toifa nomi | ROʻDRBning seriyadagi soni | ROʻDRBning raqamlar kombinatsiyasi | ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) har xil kombinatsiyadagi harflar bilan | ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan |
---|---|---|---|---|
1-toifa | 9 juft | 001,007, 100, 111, 222, 555, 700, 777, 888 | 100 | 130[14] |
2-toifa | 21 juft | 002, 005, 010, 020, 050, 070, 077, 080, 101, 200, 202, 300, 333, 444, 500, 505, 666, 707, 800, 808, 999 | 30 | 40 |
3-toifa | 27 juft | 003, 004, 006, 008, 009, 011, 022, 030, 040, 055, 088, 090, 110, 303, 400, 404, 550, 600, 701, 717, 757, 770, 900, 909 | 10 | 15 |
4-toifa | 36 juft | 033, 044, 060, 066, 099. 220, 330, 440, 606, 660, 702, 703, 704, 705, 706, 708, 709, 710, 711, 712, 721, 722, 727, 737, 747, 767, 771, 772, 773, 774, 775, 776, 778, 779, 787, 797, 880, 990. | 8 | 10 |
5-toifa | 75 juft | 121, 131, 141, 151, 161, 171, 177, 181, 191.212, 232, 242, 252, 262, 272, 277, 282, 292.313, 323, 343, 353, 363, 373, 383, 393.414, 424, 434, 454, 464, 474, 484, 494.515, 525, 535, 545, 565, 570, 571, 575, 577, 585, 595, 616, 626, 636, 646, 656, 676, 686, 696.733, 744, 755, 766, 788, 799.818, 828, 838, 848, 858, 868, 878, 898.919, 929, 939, 949, 959, 969, 979, 989. | 5 | 7 |
6-toifa | 160 juft | 012, 017, 071, 107, 112, 113, 114, 115, 116, 117, 118, 119, 122, 123, 133, 144, 155, 166, 170, 188, 199.201, 207, 210, 211, 221, 223, 224, 225, 226, 227, 228, 229, 233, 234, 244, 255, 266, 288, 299.301, 307, 311, 322, 331, 332, 334, 335, 336, 337, 338, 339, 344, 345, 355, 366, 377, 388, 399.401, 407, 411, 422, 433, 441, 442, 443, 445, 446, 447, 448, 449, 455, 456, 466, 477, 488, 499.501, 507, 510, 511, 522, 533, 544, 551, 552, 553, 554, 556, 557, 558, 559, 566, 567, 588, 599.601, 607, 611, 622, 633, 644, 655, 661, 662, 663, 664, 665, 667, 668, 669, 677, 678, 688, 699.720, 730, 740, 750, 760, 780, 789, 790.801, 807, 811, 822, 833, 844, 855, 866, 877, 881, 882, 883, 884, 885, 886, 887, 889, 899.901, 907, 911, 922, 933, 944, 955, 966, 977, 988, 991, 992, 993, 994, 995, 996, 997, 998. | 3 | 5 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardaTahrirlash
Toifa nomi | ROʻDRBning seriyadagi soni | ROʻDRBning raqamlar kombinatsiyasi | ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) har xil kombinatsiyadagi harflar bilan | ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan |
---|---|---|---|---|
1-toifa | 9 juft | 001, 007, 100, 111, 222, 555, 700, 777, 888. | 25 | 30 |
2-toifa | 21 juft | 002, 005,010, 020, 050, 070, 077, 080,101, 200, 202, 300, 333, 444, 500, 505, 666, 707, 800, 808, 999 | 10 | 15 |
3-toifa | 27 juft | 003, 004, 006, 008, 009, 011, 022, 030, 040, 055, 088, 090.110, 303, 400, 404, 550, 600, 701, 717, 757, 770, 900, 909 | 5 | 7 |
4-toifa | 36 juft | 033, 044, 060, 066, 099.220, 330, 440, 606, 660, 702, 703, 704, 705, 706, 708, 709, 710, 711, 712, 721, 722, 727, 737, 747, 767, 771, 772, 773, 774, 775, 776, 778, 779, 787, 797, 880, 990 | 4 | 5 |
5-toifa | 75 juft | 121, 131, 141, 151, 161, 171, 177, 181, 191.212, 232, 242, 252, 262, 272, 277, 282, 292.313, 323, 343, 353, 363, 373, 383, 393.414, 424, 434, 454, 464, 474, 484, 494.515, 525, 535, 545, 565, 570, 571, 575, 577, 585, 595, 616, 626, 636, 646, 656, 676, 686, 696.733, 744, 755, 766, 788, 799.818, 828, 838, 848, 858, 868, 878, 898.919, 929, 939, 949, 959, 969, 979, 989 | 3 | 4 |
6-toifa | 160 juft | 012, 017, 071, 107, 112, 113, 114, 115, 116, 117, 118, 119, 122, 123, 133, 144, 155, 166, 170, 188, 199.201, 207, 210, 211, 221, 223, 224, 225, 226, 227, 228, 229, 233, 234, 244, 255, 266, 288, 299.301, 307, 311, 322, 331, 332, 334, 335, 336, 337, 338, 339, 344, 345, 355, 366, 377, 388, 399.401, 407, 411, 422, 433, 441, 442, 443, 445, 446, 447, 448, 449, 455, 456, 466, 477, 488, 499.501, 507, 510, 511, 522, 533, 544, 551, 552, 553, 554, 556, 557, 558, 559, 566, 567, 588, 599.601, 607, 611, 622, 633, 644, 655, 661, 662, 663, 664, 665, 667, 668, 669, 677, 678, 688, 699.720, 730, 740, 750, 760, 780, 789, 790.801, 807, 811, 822, 833, 844, 855, 866, 877, 881, 882, 883, 884, 885, 886, 887, 889, 899.901, 907, 911, 922, 933, 944, 955, 966, 977, 988, 991, 992, 993, 994, 995, 996, 997, 998. | 2 | 3 |
Qimmat avtoraqamlarTahrirlash
2008-2017-yillar davomida yangi namunadagi avtomobil raqamlarining narxlarida rasman qatʼiy belgilangan narxlar boʻlmagan. 2017-yil 1-noyabr kuni samarqandlik yuridik shaxs auksion orqali „30-777-AAA“ davlat raqamini 340 million soʻm (taqriban 37200 AQSh dollari) evaziga qoʻlga kiritib, rekord oʻrnatdi[15]. 2021-yil avgust oyida „30 Z 777 ZZ“ avtoraqami 441,5 mlnga sotilib, yangi rekord oʻrnatildi[16].
ManbalarTahrirlash
- ↑ „2050-1-сон 10.01.2018. «Автомототранспорт воситаларини қайта рўйхатдан ўтказишни (қайд этишни) ташкил этиш ва амалга ошириш тартиби тўғрисидаги Йўриқномани тасдиқлаш ҳақида»ги буйруққа ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида“ . LexUz.
- ↑ Avtomobilnie Nomera Uzbekistana
- ↑ Postanovlenie Kabineta Ministrov
- ↑ http://www.avtonomer.net/content/view/269/45/
- ↑ Avtomobilnie nomera
- ↑ Postanovlenie Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 27 iyunya 2007 g. № 131 „O merax po vnedreniyu novix obrazsov gosudarstvennix registratsionnix nomerov dlya avtomototransportnix sredstv“
- ↑ Krasivie nomera — ponti ili neobxodimost?, archived from the original on 2015-09-07, https://web.archive.org/web/20150907001147/http://bibi.uz/pisyma-chitateley/3233, qaraldi: 2015-09-02
- ↑ https://daryo.uz/2017/07/12/ozbekistonda-chiroyli-avtomobil-raqamlari-auksion-orqali-sotiladi/
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti
- ↑ Mudofaa vazirligiga qarashli avtotransport vositalarining raqamlari oʻzgaradi
- ↑ https://daryo.uz/k/2020/12/08/toshkentda-uzb-raqamli-toyota-haydovchisi-qarama-qarshi-yonalishda-harakatlangani-uchun-jarimaga-tortildi/?utm_source=@daryo_kirill
- ↑ http://avto-nomer.ru/user55639
- ↑ „Elektromobillar uchun alohida davlat raqam belgilari beriladi“ . kun.uz.
- ↑ „Оширилган тўлов ставкалари бўйича бериладиган I, IA, III, IIIA типидаги автотранспорт воситалари учун рўйхатдан ўтказиш давлат рақами белгиларининг“ . LexUz.
- ↑ https://uznews.uz/ru/article/7508
- ↑ „Ўзбекистонда энг қиммат «чиройли» авторақам қанчага сотилгани маълум бўлди“ . Bugun.uz. Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.