Oʻzbekiston bayrogʻi
Oʻzbekiston bayrogʻi (rasmiy atalishi: Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi) — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng 1991-yilning 18-noyabrida[2] Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.
Oʻzbekiston bayrogʻi | |
---|---|
![]() | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Mutanosibligi | 1:2 |
Qabul qilindi | 18-noyabr, 1991-yil | )
Dizayn | Gorizontal yorqin moviy, oq va yorqin yashil boʻlaklar orasini ikkita qizil rangli chiziqlar ajratib turadi. Yarimoy va oʻn ikkita besh yulduz koʻk boʻlakning chap tomonida joylashgan. |
Bayroq mualliflari | Farhod Yoʻldashev[1] |
Ushbu maqolani Oʻzbekiston bayroqlari bilan birlashtirish taklif etiladi. |
TaʼrifiTahrirlash
Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi matoda aks etgan boʻlib, uchta asosiy gorizontal rangdor boʻlaklarga boʻlingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu boʻlaklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.
Oʻzbekiston bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.
Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.
Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.[3][4]
Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.[5]
RangTahrirlash
Ranglar sxemasi |
Koʻk | Qizil | Yashil | Oq |
---|---|---|---|---|
CMYK | 100-15-0-29 | 0-96-84-19 | 87-0-70-29 | 0-0-0-0 |
HEX | #009AB6 | #CF0921 | #18B637 | #FFFFFF |
RGB | 0-154-182 | 207-9-33 | 24-182-55 | 255-255-255 |
KonstruksiyaTahrirlash
Oʻzbekiston hududlarining bayroqlariTahrirlash
Qoraqalpogʻiston Respublikasining bayrogʻi
Oʻzbekistonning tarixiy bayroqlariTahrirlash
BuxoroTahrirlash
Buxoro xonligi, keyinroq Buxoro amirligi, keyin Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi.
1922-yil 6-apreldan 1923-yil 15-iyulga qadar choʻzilgan xalq qoʻzgʻolonining bayrogʻi (1990-yillarga Erk demokratik partiyasi ham foydalangan)
XivaTahrirlash
Xorazm, keyinchalik Xiva xonligi, keyin Xorazm Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi.
Turkiston muxtoriyati (Qoʻqon muxtoriyati)Tahrirlash
Sobiq Qoʻqon xonligining hududi 1917-yil Mustafo Choʻqay boshchiligidagi jadidlar, erksevarlar tomonidan mustaqil Turkiston muxtoriyatiti eʼlon qiladilar. Turkiston muxtoriyatining bayrogʻi Turkiya bayrogʻidan andoza olingan holda loyihalashtirilgan.
TurkistonTahrirlash
Turkiston general-gubernatorligi, keyinroq Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi.
OʻzbekistonTahrirlash
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi.
Oʻxshash bayroqlarTahrirlash
Qoraqalpogʻiston bayrogʻi
Namibiyaning Kaprivi Afrika milliy birligi siyosiy partiyasi bayrogʻi
Kolumbiya, Caldas departamenti Centro Sur okrugiga qarashli Villamaría munitsipaliteti bayrogʻi
Lesoto bayrogʻi
Boshqirdiston bayrogʻi
Syerra-Leone bayrogʻi
Tayvanning Hakka partiyasi bayrogʻi
Yana qarangTahrirlash
ManbalarTahrirlash
- ↑ https://www.facebook.com/groups/974922235916739/posts/2930521463690130/
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi haqida
- ↑ Waters, Bella. Uzbekistan in Pictures. Twenty-First Century Books, 2006 — 191 bet. ISBN 9780822526735.
- ↑ „Uzbekistan“. The World Factbook. CIA. Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ Legislative Chamber of Oliy Majlis of Uzbekistan. „Ўзбекистон Республикасининг Давлат Байроғи“ [National Flag of the Republic of Uzbekistan] (Uzbek). Oliy Majlis. 15-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-noyabr 2021-yil.
HavolalarTahrirlash
Vikiomborda Oʻzbekiston bayrogʻi haqida turkum mavjud |
- Oʻzbekiston Flags of the World saytida (ingl.)
- Uzbekistan — Vexillographia (rus.)