Boku davlat universiteti
Boku Davlat Universiteti, M. E. Rasulzoda nomidagi Ozarbayjon universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1919-yil Boku shahrida ochilgan. Avval Boku, 1922-yildan Ozarbayjon universiteti. 1930-yil tibbiyot, pedagogika, xalq xoʻjaligi va boshqa mustaqil oliy oʻquv yurtlariga boʻlinib ketdi. 1934-yil universitet sifatida qayta tiklandi. Matematika, mexanika, fizika, kimyo, biologiya, geol., geografiya, tarix, filologiya, huquq, sharqshunoslik, jurnalistika boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 13 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 1,5 mln.dan ortiq asar bor.[1]
Asos solingan sanasi | 1919-yil |
---|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |