Tatyana Karimova
Tatyana Akbarovna Karimova (ruscha: Татьяна Aкбаровна Kаримова) — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning turmush oʻrtoʻgi. 1991-yildan 2016-yilgacha Oʻzbekiston birinchi xonimi lavozimini egallagan[1][2].
Tatyana Karimova | |
---|---|
![]() | |
Oʻzbekiston birinchi xonimi | |
Mansab davri 1991-yil — 2016-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | Ziroatxon Hoshimova |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
26-avgust 1948-yil Fargʻona |
BiografiyaTahrirlash
Ikkinchi jahon urushidan keyingi ogʻir yillarda harbiy oilada tugʻilgan Karimova asli rossiyalik va tojikistonlik boʻlgan. 1952-yilda ota-onasi bilan Fargʻona viloyatiga koʻchib kelgan.Uning yaqinlaridan singlisi — Tamara Sobirova bor. Tatyana Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot institutida tadqiqotchi boʻlib ishlagan. Islom Karimov birinchi xotini Natalya Petrovna Kuchmi bilan 1964-yilda ajralishigan va 1967-yilda Tatyana Akbarovnaga uylangan. Ikki qizi, Gulnora Karimova (1972 yil tugʻilgan) va Lola Karimova-Tillayeva[3][4] (1978 yil tugʻilgan) bor. Bundan tashqari, besh nabirasi: Iman Karimova, Maryam Tillyaeva, Umar Tillyaev, Safiya Tillyaeva ham bor. 2013-yilda Tatyana Karimova va uning toʻngʻich qizi Gulnora Karimova oʻrtasidagi adovat Twitterga yoyildi[5]. Gulnora Karimova onasini amakivachchasi Akbarali Abdullayevning hibsga olinishiga yoʻl qoʻygani uchun „yoʻq qilishga“ urinayotganlikda aybladi. u singlisi Lola Karimova-Tillayevani ham „sehrgarlik“da ayblagan. Gulnora Karimovaning Twitterdagi akkaunti ayblovlardan koʻp oʻtmay toʻxtatilgan va u 2014-yilda uy qamogʻiga qoʻyilgan[5][6]. Karimova 2016 yilda Islom Karimov vafotiga qadar xayriya ishlari va rasmiy davlat funksiyalari bilan shugʻullangan[7].
ManbalarTahrirlash
- ↑ MacFarquhar, Neil. „With Uzbekistan’s Ruler Gravely Ill, Questions Arise on Succession“. New York Times (29-avgust 2016-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Первая леди Узбекистана Татьяна Каримова“. Svobodnaya Pressa (30-avgust 2014-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Biography“. Lola Karimova-Tillyaeva's Official website. Qaraldi: 20-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Uzbekistan's feuding first family“. The Guardian. Qaraldi: 20-aprel 2020-yil.
- ↑ 5,0 5,1 Lillis, Joanna. „Uzbekistan's ruling family feud spills into open with Twitter row“. The Guardian (21-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2016-yil.
- ↑ Walker, Shaun. „Uzbekistan's feuding first family and the mystery of the president's missing daughter“. The Guardian (16-iyul 2014-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Obituary: Uzbekistan President Islam Karimov“. BBC News (2-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2016-yil.