Oʻzbekiston prezidentlik saylovi (2023)

Oʻzbekistonda 2023-yilgi prezidentlik saylovi – Oʻzbekistonda 2023-yil 9-iyul kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovi.

← 2021 •  Oʻzbekiston • 2030 →
Oʻzbekiston prezidentlik saylovi
Oʻzbekiston prezidenti
2023-yil 9-iyul
Tip Prezidentlik
Davr 2023—2030

Saylov demografiyasi
Aholi soni 36 000 000
Ro‘yxatga olinganlarlar 19 593 838
Saylovchilar 15 651 405
Qatnashdi
  
79.88 %
Yaroqsiz ovozlar 177 889 (0,76 %)

Natijalar
Shavkat Mirziyoyev – OʻzLiDeP/MTDP
Ovozlar 13 625 055  
  
87.05 %
Robaxon Mahmudova – „Adolat“ SDP
Ovozlar 693 634  
  
4.43 %
Ulugʻbek Inoyatov – XDP
Ovozlar 629 116  
  
4.2 %
Аbdushukur Xamzayev – OʻEP
Ovozlar 585 711  
  
3.74 %


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

https://saylov.uz/oz/elections-and-referendums/page/12

Konstitutsiyaviy referendum maʼqullangandan soʻng, muddatidan oldin saylovlar oʻtkazilishi belgilandi. Prezidentlik muddatlari yangilandi va amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyevga yana ikki marta yetti yillik muddatga saylanish imkoniyatini berdi[1][2].

2023-yil 8-may kuni qabul qilingan prezident farmoniga muvofiq oʻtkazish belgilangan[3]. 10-may kuni saylovoldi kampaniyasi boshlandi[4]. 19-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov oʻtkazish uchun 174 mlrd soʻm (taqriban 15 million 131 ming AQSh dollari) mablagʻ ajratilganini maʼlum qildi[5].

Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, prezidentlik saylovlarida saylov huquqiga ega fuqarolarning kamida 33 foizi ishtirok etishi shart, aks holda saylov haqiqiy emas deb topiladi. Qonunda, shuningdek, nomzodlarning hech biri 50 foizdan ortiq ovoz olmasa, ikkinchi tur oʻtkazilishi ham nazarda tutilgan.

25-iyun va 2-iyul kunlari prezidentlikka nomzodlar vakillari oʻrtasida debatlar boʻlib oʻtdi. Bahslar televideniye orqali oʻzbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida namoyish etildi[6][7][8].

Nomzodlar

tahrir
Ismi, tavallud yili va partiyasi Siyosiy lavozimi Roʻyxatdan oʻtgan sanasi
Аbdushukur Xamzayev

(1973)

Ekologik partiya

Ekologik partiya raisi

(2022-yilda)[9]

Ekologik partiya raisining oʻrinbosari (2023-yildan)[9]

2023-yil 12-may[9]
Ulugʻbek Inoyatov

(1962)[10]

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi

Xalq taʼlimi vaziri

(2013–2018)[10][11]

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (2019-yildan)[11]

2023-yil 12-may[11]
Robaxon Mahmudova

(1968)[12]

Adolat sotsial-demokratik partiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari

(2020-yildan)[12]

2023-yil 12-may[12]
Shavkat Mirziyoyev

(1957)

mustaqil nomzod

(Liberal-demokratik va Milliy tiklanish partiyalari)[13]

Oʻzbekiston Prezidenti

(2016-yildan)[14]

Oʻzbekiston Bosh vaziri

(2003–2016)[14]

2023-yil 12-may[13]

Natijalari

tahrir

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni 88 foiz ovoz bilan qayta saylandi, deb xabar qildi mamlakat Markaziy saylov komissiyasi. 10-iyul kuni dastlabki natijalarga tayanib, oʻtkazilgan brifingda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev Prezident saylovining dastlabki natijalarini maʼlum qildi. Saylovda 15 milliondan ortiq saylovchi ishtirok etdi[15].

Nomzodlar Partiya Birinchi tur
Ovoz %
Shavkat Mirziyoyev Mustaqil 13 625 055 87,05
Robaxon Mahmudova Adolat partiyasi 693 634 4,43
Ulugʻbek Inoyatov Xalq demokratik partiyasi 629 116 4,02
Abdushukur Xamzayev Ekologik partiyasi 585 711 3,74
Yaroqli ovozlar 15 533 516 99,24
Yaroqsiz ovozlar 117 889 0,76
Jami 15 651 405 100
Saylovchilar umumiy soni 19 593 838 79,88

Saylovga munosabat

tahrir
 
Rahbarlari Mirziyoyevni gʻalabasi bilan tabriklagan davlatlar (yashil) va Oʻzbekiston (qizil)

Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev birinchi boʻlib hamkasbini gʻalaba bilan tabrikladi[16].

Xitoy yetakchisi Xi Jinping ham Mirziyoyevni tabriklab, uning faoliyatini yuqori baholadi[17].

Umuman, Mirziyoyev nomiga 20 dan ortiq davlat rahbarlaridan tabriklar keldi[18].

Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byuro (DIIHB) saylovlar „baʼzi islohotlarga qaramay, haqiqiy siyosiy raqobatda oʻtmaganligini“ keltirdi. Ularning hisobotida „saylov byulletenlarini toʻldirish belgilari, varaqalarda bir xil koʻrinadigan imzolarning koʻplab kuzatuvlari“ keltirildi. „Nomzodlarning hech biri amaldagi prezidentni ochiq tanqid qilmagan yoki muqobil siyosiy qarashlarni taqdim qilmaganligi, saylovoldi tashviqoti butun yil davomida past darajada olib borilgani“ qayd etilgan[19][20][21].

MDH kuzatuvchilari missiyasi saylovlar „shaffof, ochiq, adolatli va demokratik saylovlar tamoyillariga mos“ oʻtganini taʼkidladi. Taʼkidlanganidek, saylov „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksi talablariga toʻliq mos holda oʻtgan“, fuqarolarning oʻz xohish-irodasini erkin bildirish huquqi kafolatlangan[22].

Manbalar

tahrir
  1. „Uzbekistan’s leader calls for snap presidential election in July“ (en). www.aljazeera.com. 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
  2. „Uzbekistan announces early presidential election for July 9 - Trend.Az“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  3. „Ўзбекистонда президентлик сайлови 9 июлга белгиланди“.
  4. „Ўзбекистон президентлиги учун сайлов кампанияси бошланди“.
  5. „Президент сайловини ўтказиш учун 174 млрд сўм ажратилди“.
  6. „Дебаты представителей кандидатов в президенты состоятся 25 июня“ (ru). gazeta.uz (2023-yil 25-iyun). 2023-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  7. „Вторые дебаты представителей кандидатов в президенты пройдут 2 июля“ (ru). gazeta.uz (2023-yil 2-iyul). 2023-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  8. „Сегодня состоятся теледебаты представителей кандидатов в президенты“ (ru). kun.uz (2023-yil 2-iyul). 2023-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  9. 9,0 9,1 9,2 „Стал известен первый кандидат в президенты Узбекистана“ (ru). kun.uz (2023-yil 11-may). 2023-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyul.
  10. 10,0 10,1 „Иноятов Улугбек Ильясович“ (ru). arboblar.uz. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyul.
  11. 11,0 11,1 11,2 „Улугбек Иноятов станет кандидатом в президенты“ (ru). kun.uz (2023-yil 12-may). 2023-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyul.
  12. 12,0 12,1 12,2 „Среди кандидатов в президенты Узбекистана появилась женщина“ (ru). kun.uz (2023-yil 12-may). 2023-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyul.
  13. 13,0 13,1 „Шавкат Мирзиёев будет выдвинут кандидатом в президенты Узбекистана“ (ru). kun.uz (2023-yil 12-may). 2023-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyul.
  14. 14,0 14,1 „Uzbekistan Names Longtime PM Mirziyaev Interim President“ (en). Radio Free Europe (2016-yil 8-sentyabr). 2016-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyul.
  15. „Shavkat Mirziyoyev re-elected President of Uzbekistan“ (en). Azernews.Az (2023-yil 10-iyul). 2023-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyul.
  16. „Uzbekistan finalizes results of presidential elections“. 2023-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  17. „Uzbekistan's leader reelected with 87% of the vote“. DW. 2023-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  18. „Искренние поздравления зарубежных партнеров“. 2023-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyul.
  19. „Uzbekistan’s presidential election lacked genuine political competition despite some efforts to reform, international observers say“. www.osce.org. 2023-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyul.
  20. Jul 12, EIN Presswire „OSCE/ODIHR MISSION HIGHLY APPRECIATED PREPARATIONS FOR PRESIDENTIAL ELECTIONS IN UZBEKISTAN“ (en-US). 2023-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyul.
  21. „Заявление Посольства США“ (ru). Посольство США в Узбекистане (2023-yil 10-iyul). 2023-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
  22. „Миссия СНГ: «Выборы в Узбекистане были прозрачными, открытыми и справедливыми»“ (ru). gazeta.uz (2023-yil 10-iyul). 2023-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyul.