Erkin Roʻziyev (siyosatchi)

Erkin Maxmudovich Ro'ziyev (tug'.1947-yil, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2020-yil 22-avgust) — oʻzbek muhandisi va davlat arbobi, Toshkent viloyati hokimi (1995-yil 9-yanvar — 1998-yil 9-noyabr), Samarqand viloyati hokimi (1992-yil 9-noyabr — 2001-yil 11-sentabr), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I chaqiriq deputati (1998-2000-yillar fevral).

Erkin Ro'ziyev
Emblem of Uzbekistan.svg
 Toshkent viloyati hokimi
Mansab davri
1995-yil — 1998-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Mirzamurod Ikromov
Vorisi Shavkat Mirziyoyev
Emblem of Uzbekistan.svg
 Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
1998-yil — 2001-yilgacha
Oʻtmishdoshi Alisher Mardiev
Vorisi Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1947

BiografiyaTahrirlash

Erkin Ro'ziyev 1947-yil Toshkent viloyatida tugi'lgan. Ro'ziyev Toshkent Oliy partiya maktabini va Toshkent Iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

MartabaTahrirlash

Mehnat faoliyatini 1964-yilda avtobazada tokarlikdan boshlagan. Soʻngra “Bekobodgaz” trestida chilangar, marten sexida ishchi, poʻlat erituvchi yordamchisi va Oʻzbekiston metallurgiya kombinatida muhandis boʻlib ishlagan. Besh yil davomida u partiya ishiga rahbarlik qildi[1].

1990-yilda xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi raisi, soʻng Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1991-1992-yillarda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashi birinchi kotibi , soʻngra Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati qoʻmitasining Toshkent viloyati boʻyicha boʻlimi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1992-yil oktabr oyida Bekobod shahri hokimi etib tayinlandi. 1993-yil 9-dekabrda esa Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi[2].

1995-yil 9-yanvarda Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi[3]. 1998-yil 9-noyabrdan 2001-yil 11-sentabrgacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan.

1998-yil fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati etib saylangan[4].

Erkin Ro'ziyev 2020-yil 22-avgustda vafot etdi.

ManbalarTahrirlash

  1. Ташкентская правда“. press.natlib.uz. 27-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2021-yil.
  2. Хоким Ташкентской области. Ташкентская правда (11 января 1995).
  3. Указ Президента Республики Узбекистан «О назначении Э. М. Рузива хокимом Ташкентской области» // Народное слово : газета. — 1995. — 10 января (вып. 1017, № 7). — С. 2.
  4. ЦентрАзия“. centrasia.org. Qaraldi: 19-aprel 2021-yil.