Oʻzbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik birlashmasi

"Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati – qora metallurgiya sanoati korxonasi boʻlib, Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan. Qora metallurgiya mahsulotlarining eng muhim turlari (poʻlat, choʻyan, poʻlat quvurlar va poʻlat prokat), armatura poʻlati, shvellerlar, poʻlat sharlar, poʻlat emallangan idishlar ishlab chiqaradi hamda respublika boʻyicha yigʻiladigan temirtersak, metall chiqindilarini qayta eritadi.

Oʻzbekiston metallurgiya kombinati
Turi Aksiyadorlik birlashmasi
Tarmogʻi metallurgiya
Status faoliyat koʻrsatmoqda
Birja listingi UZSE: UZMK
Qachon asos solingan 1944-yil
Joylashuvi Bekobod, Toshkent v., Oʻzbekiston
Direktori Dilshod Ahmedov[1]
Mahsulot(lar)i poʻlat, choʻyan
Aylanma daromadi 8 454 000 000 000[2]
Sof foydasi 1 153 000 000 000[2]
Vebsayti uzbeksteel.uz

Tarixi

tahrir

Kombinat 1942-yildan umumxalq hashari yoʻli bilan qurila boshlagan va 1944-yil 5-martda ishga tushirilgan. 3-dekabrda marten sexi, choʻyan quyish sexi va 1974-yildan emallangan poʻlat idishlar ishlab chiqarish sexi oʻz faoliyatini boshlaydi. Marten sexida 3 ta marten pechi bor (1944, 1945 va 1949-yillarda ishga tushirilgan). 1946—49-yillarda prokat sexi ishga tushiriladi. 1962-yili uzluksiz poʻlat quyuv qurilmasi ishga tushirilgan. 1974-yildan emallangan poʻlat roʻzgʻor idishlari ishlab chiqarish boshlanadi. 1978-yil avgustda yillik quvvati 250 ming tonna boʻlgan elektr yordamida poʻlat eritadigan 1 ta pech, dekabrda 2-pech, 1979-yil sentabrda 3-pech mahsulot chiqarishni boshladi. 1984-yil iyulda navli prokat sexining 1-navbati, 1987-yil sentabrda 2-navbati ishga tushirildi. 1991-yildan 32—76 mm li poʻlat quvurlar ishlab chiqaradigan ikki liniya mahsulot chiqara boshladi. 1994-yil iyunida togʻ-kon sanoati uchun ruda maydalash tegirmon sharlari ishlab chiqarish st-yani foydalanishga topshirildi. Korxonada asosiy mahsulotlar bilan birga 50 yaqin turdagi xalq isteʼmoli tovarlari ham ishlab chiqariladi.

Nomlanishi

tahrir

Korxona 1944—94-yillarda „Oʻzbekiston metallurgiya zavodi“ deb nomlangan. 1994-yil 24-martdan uning tarkibiga Shirin mashinasozlik zavodi, „Ikkilamchi qora metallar“ korxonalari boshqarmasi kirdi va aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi.

Quvvati

tahrir

2003-yilda 486 ming tonna poʻlat, 550,7 ming tonna tayyor prokat, shu jumladan, 132,1 ming tonna tegirmon sharlari ishlab chiqarildi.

Eksport

tahrir

Chet ellarga 86740 ming AQSH dollarilik mahsulotlar eksport qilindi. Mahsulotlari Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Eron va boshqalarga eksport qilinadi. Chet ellardagi firmalar bilan ishlab chiqarish va ilmiy aloqalar oʻrnatilgan.[3]

Manbalar

tahrir