Oʻzbekiston Prezidentining inauguratsiyasi

Oʻzbekiston Prezidentining lavozimga kirishish marosimi

Oʻzbekiston Prezidentining inauguratsiyasi — saylangan Oʻzbekiston Prezidentining lavozimga kirishish marosimidir[1]. Inauguratsiya marosimi Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Prezidentlik saylovlarining umumiy natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab, 60 kun ichida oʻtkazilishi belgilab qo'yilgan[2][3]. Marosim davomida yangi Prezident Oʻzbekiston xalqi olidida qasamyod qiladi va Prezidentlik lavozimiga kirishadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yangi binosi

Oʻzbekiston Prezidentining lavozimga kirishi marosimi 2021-yildan Oliy Majlisning yangi binosida oʻtkazilgan[4].

Jarayon

tahrir

Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 108-moddasida Oʻzbekiston Prezidenti lavozimiga kirishishi bilan Oʻzbekiston senatorlari, Oliy Majlis deputatlari va Konstitutsiyaviy sudyalar ishtirokida tantanali ravishda Oʻzbekiston xalqi oldida qasamyod qiladi. Marosim davrida boshqa shartlar va qonun bilan tartibga solinmagan holatlar, Oʻzbekiston Konstitutsiyasida belgilangan ishtirokchilarning majburiy ishtirok etishi sharti bilan har qanday inauguratsiya senariysiga ruxsat beriladi.

Inauguratsiya marosimida Konstitutsiyada belgilangan shaxslarga qoʻshimcha ravishda, odatda, Oʻzbekiston hukumatini tashkil etuvchi boshqa shaxslar: Oʻzbekiston hukumatining raisi, vazirlar, idoralar rahbarlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbariyati, prokuratura, mahsus xizmat vakillari, viloyat rahbarlari, asosiy diniy konfessiyalarning yetakchilari, taniqli sanʼat va sport, fan, biznes vakillari, amaldagi hukumatni qoʻllab-quvvatlovchi jamoat va yoshlar tashkilotlari vakillari ishtirok etadilar.

Anʼanalar

tahrir

Inauguratsiyada odatda quyidagi shaxslar qatnashadilar[5]:

  • Oliy Majlis deputatlari
  • Konstitutsiyaviy sud sudyalari
  • Diplomatik vakolatxonalar rahbarlari
  • Oʻzbekiston hukumati va viloyat hokimiyati vakillari
  • Diplomatik korpus vakillari

Oʻzbekiston Prezidentining inauguratsiyasi senariysi

tahrir
 
Oʻzbekiston Prezidentining shtandarti
  1. Konstitutsiyaviy sud raisi, Markaziy Saylov Komissiyasi raisi va Oliy Majlis raisi minbarga koʻtariladi.
  2. Oʻzbekistonning yangi saylangan prezidenti korteji Sharof Rashidov koʻchasidan oʻtib, Islom Karimov koʻchasidagi Oliy Majlis binosi kirish qismida toʻxtaydi. Bino kirish qismida Oʻzbekistonning saylangan Prezidentini faxriy qoravul boshligʻi kutib oladi.
  3. Prezident tashrifidan soʻng marosim zaliga faxriy qoravul boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi va Oʻzbekiston Prezidentining shtandarti[6][7] minbarning oʻng tomoniga davlat bayrogʻi, chap tomoniga esa prezident shtandarti qoʻyiladi.
  4. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining maxsus nusxasi, muqaddas kitob Qur’oni Karim va Oʻzbekiston Prezidentining belgisi, Oliy nishon faxriy qoravul boshchiligida davlat rahbari qasamyod qiladigan minbarga qoʻyiladi. Bunday holda, Konstitutsiya va Qurʼon oʻng tomonga, Prezident belgisi esa chap tomoniga qoʻyiladi.
  5. Markaziy Saylov Komissiyasi raisi oʻtgan saylov natijalarini tanishtiradi va yangi prezidentga Prezidentlik guvohnomasini topshiradi.
  6. Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi Prezidenti qasamyodiga oid Prezidentlikka kirishish toʻgʻrisida maʼlumot va 108-moddaga izoh beradi. Shundan soʻng saylangan prezidentdan qasamyod qabul qilishni soʻraydi.
  7. Prezidentlik lavozimiga kiruvchi davlat rahbari oʻng qoʻlini Oʻzbekiston Konstitutsiyasining maxsus nusxasi va muqaddas kitob Qurʼoni Karimga qoʻyib, qasamyod matnini oʻqiydi. Shundan soʻng Oʻzbekiston prezidenti oʻz lavozimini egallagan hisoblanadi.
  8. Oʻzbekiston Prezidenti qasamyoddan soʻng marosim mehmonlari va Oʻzbekiston fuqarolari oldida nutq soʻzlaydi.
  9. Prezident nutqidan soʻng zalda Oʻzbekiston madhiyasi yangraydi va Toshkentdagi prezident qarorgohida Oʻzbekiston Prezidenti shtandarti koʻtariladi.

Qasamyod

tahrir
 
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va Qurʼoni Karimga oʻng qoʻlini qoʻyib qasamyod qilmoqda.

Oʻzbekiston Prezidentining qasamyodi matni

tahrir

Markaziy saylov komissiyasi raisi yangi Prezidentga mansabdorlikka qabul qilinganidan keyin Prezidentlik guvohnomasini topshiradi.

Inauguratsiya marosimida saylangan Prezident oʻng qoʻlini Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va Qurʼoni Karimga qoʻyib, unga qasamyod qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yigʻilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishgan hisoblanadi:

„Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman“[8].

Oʻzbekiston Respublikasining Saylov Kodeksining 12-bob 65-moddasida Oʻzbekiston Prezidenti lavozimga kirishish muddati belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy ravishda eʼlon qilingan kundan ikki oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida qasamyod qilgan paytdan eʼtiboran oʻz lavozimiga kirishgan hisoblanadi.

Аmaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimga kirishguniga qadar bajaradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

Oʻzbekiston tarixida ilk Prezidentlik lavozimi 1990-yil 24-martda joriy qilingan boʻlsada, Prezidentlik qasamyod marosimi ilk bor 1992-yilda oʻtkazilgan. 1991-yil 30-dekabrda Islom Karimov Oʻzbekistonning birinchi prezidenti sifatida saylangan boʻlsa, 1992-yil 4-yanvarda Oliy Kengash binosida Prezidentlik qasamyodi va lavozimga kirishish marosimi boʻlib oʻtgan[9][10]. Inauguratsiya marosimi turli yillarda haftaning shanba kunida uch bor, juma va chorshanba kunlari ikki bor oʻtkazilgan. Marosim uchun aloxida sana va kun belgilanmagan. Prezidentlik saylovi natijalari eʼlon qilinganidan soʻng bir hafta muddat ichida oʻtkazilgan.

Inauguratsiya marosimlari roʻyxati

tahrir
Sana Marosim Manzil Qasamyod bilan tasdiqlangan hujjat
1 4 Yanvar 1992

(Shanba)[11]

Islom Karimovning birinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati eski binosi,

Toshkent.

Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi
2 22 Yanvar 2000

(Shanba)[12][13]

Islom Karimovning ikkinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati eski binosi,

Toshkent.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
3 16 Yanvar 2008[14][15][16][17][18]

(Chorshanba)

Islom Karimovning uchinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati eski binosi,

Toshkent.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
4 10 Aprel 2015

(Juma)[19][20][21][22]

Islom Karimovning toʻrtinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati eski binosi,

Toshkent.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
5 14 Dekabr 2016[23]

(Chorshanba)

Shavkat Mirziyoyevning birinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati eski binosi,

Toshkent.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
6 6 Noyabr 2021

(Shanba)[24][25][26][27]

Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati yangi binosi,

Toshkent[28].

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
7 14 Iyul 2023[29]

(Juma)

Shavkat Mirziyoyevning uchinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati yangi binosi,

Toshkent

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

Manbalar

tahrir
  1. „O‘zbekistondagi avvalgi inauguratsiyalar qanday o‘tgan — foto“ (2023-yil 14-iyul).
  2. „65-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish“ (2019-yil 26-iyun).
  3. Valeriy Sharifulin/TASS. „O'zbekistonda Prezident saylovi. Dosye“ (Ru) (2016-yil 2-dekabr).
  4. „Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimidan fotoreportaj“ (2021-yil 6-noyabr).
  5. „O‘zbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishish marosimi“ (2023-yil 14-iyul).
  6. „O‘zbekistonda rasmiy prezidentlik ramzlari joriy etilmoqda“ (Rus) (2021-yil 26-oktyabr).
  7. „“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida“ (2021-yil 25-oktyabr).
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Beshinchi boʻlim, XIX bob, 108 modda
  9. „Выборы Президента Узбекистана“.
  10. „Ислом Каримов Мустақил Ўзбекистоннинг Биринчи Президенти сифатида қабул қилган илк қасамёди“ (4 jan. 2020 ).
  11. „Tarixiy video: Islom Karimov prezident sifatida qasamyod qabul qilmoqda“ (2020-yil 4-yanvar).
  12. „Video: 28 yil avval Islom Karimov Prezident sifatida birinchi marta qasamyod qilgandi“ (2020-yil 4-yanvar).
  13. „Islom Karimov saylanish huquqidan foydalanadi“ (2007-yil 19-sentyabr).
  14. „Uzbek president delivers inauguration speech“ (17/01/2008).
  15. „Избранный президентом Узбекистана Ислам Каримов принял присягу“ (2008-yil 16-yanvar).
  16. „Ислам Каримов официально вступил в должность Президента Узбекистана“ (16 января 2008).
  17. „Islam Karimov sworn in as Uzbek president“ (16/01/2008).
  18. „I. Karimov O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishdi.“ (ukraincha) (2008 yil 16-yanvar).
  19. „Islom Karimov O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qildi“ (2015-yil 10-aprel).
  20. „Islom Karimov prezident sifatida to'rtinchi bor qasamyod qildi“ (10-aprel, 2015).
  21. „Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimidagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi.“ (2015-yil 13-aprel).
  22. „Toshkentda Islom Karimov yana qasamyod qabul qildi“ (2015-yil 15-aprel).
  23. „Инаугурация Президента пройдет 14 декабря“ (2016-yil 13-dekabr).
  24. „Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimidan fotoreportaj“ (2021-yil 6-noyabr).
  25. „Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qildi“ (2021-yil 6-noyabr).
  26. „Mirziyoyevning Oʻzbekiston Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi 6-noyabr kuni boʻlib oʻtadi“ (2021-yil 4-noyabr).
  27. „O‘zbekiston Prezidenti inauguratsiyasi sanasi ma’lum qilindi“ (2021-yil 5-noyabr).
  28. „Qonunchilar qarorgohi: O‘zbekiston Senatining yangi binosiga fotosayohat“ (2022-yil 17-fevral).
  29. „O‘zbekistonning saylangan prezidenti lavozimiga kirishdi“ (2023-yil 14-iyul).

Havolalar

tahrir