„Xalqlar doʻstligi“ saroyiToshkent shahridagi madaniyat markazlaridan biri. 1980-yil qurilgan, 1981-yilda foydalanishga topshirilgan (meʼmorlar: Ye.Bukina, S.Odilov, Ye. Rozanov, Ye.Suxanova, F. Tursunov, V.Shestopalov, Ye.Shumov va boshqalar). Turli tadbirlar (sʼyezd, qurultoy, festival va boshqalar) oʻtkazish, konsertlar berishga moʻljallangan. Konsert zalida xorijiy davlat rasmiylari uchun turli tantanalar ham tashkil etiladi[2][3]. Bino qiyofasi va bezaklarida milliy meʼmorlikka xos boʻlgan muqarnasga oʻxshash shakllardan foydalanilgan; binoni bezashda mahalliy xom ashyolar, Nurota va Gʻozgʻon marmarlari ishlatilgan. Bino tarhi toʻrtburchak shaklda, tarzlariga ishlangan quyosh nurini toʻsadigan jimjimador shakllar binoga salobat, kiraverishdagi peshtoqlar koʻrk berib turadi. Bino tepasiga yuzasi marmar bilan qoplangan muqarnasni eslatuvchi yirik yigʻma temirbeton qurilmalar oʻrnatilgan. Bino mujassamoti markazida balkonli, amfiteatr shaklidagi 4 ming oʻrinli zal turadi (bir oz qiyaroq yon devorlari tomoshalarni yaxshi koʻrish hamda eshitish imkonini beradi). Sahna maxsus qurilmalar (koʻtarilib tushiriladigan supalar, prezidium, sahna va xor supalarini tomosha vaqtida siljitishga imkon beradigan transportyor, dekoratsiyalarni koʻtarib tushiradigan shtanketlar, keng formatli ekran) bilan jihozlangan. Zalda kinotovush texnikasi hamda matnni bir yoʻla 8 tilga tarjima qilish apparatlari, maxsus texnologik aloqa tizimi bor. Vestibyul tabiiy toshlardan ishlangan „Xalqlar doʻstligi“, „Bayram“, „Gullagan oʻlka“ mozaikalari (rassom A. Buxorboyev) bilan bezatilgan. Prezidium zali gobelen (rassom B. Jalolov), tomosha zali „Sanʼat“ mozaikasi (rassom V. Burmakin, R. Nemirovskiy), yogʻoch oʻymakorligi (usta Q. Haydarov, O. Fayzullayev), banket zali bezaklari (rassom J. Hakimov, A. Ilhomov), yon devorlari sopol laganlar (rassom A. Kedrin) bilan bezalgan. Saroy interyerida feruza rangli ulkan koshinkori devor (Toshkent chinni zavodida tayyorlangan) mavjud.

Xalqlar doʻstligi saroyi

Xalqlar doʻstligi saroyi old fasadi (2022-yil fevral)
Eski nomlari „Istiqlol“ sanʼat saroyi (2008-yil 7-apreldan 2018-yil 3-maygacha)
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tugallangan
Joylashuvi Toshkent
Manzili Furqat koʻchasi, 3
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°18′31″N 69°14′29″E / 41.308706°N 69.241336°E / 41.308706; 69.241336 G OKoordinatalari: 41°18′31″N 69°14′29″E / 41.308706°N 69.241336°E / 41.308706; 69.241336 G O
Qurilishi tugagan 1980-yil[1]
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Yevgeniy Rozanov
Xalqlar doʻstligi saroyi
Xalqlar Do'stligi Saroyi

Binoning oʻziga xos tarhi Varaxsha va Kampirtepa arxeologik yodgorliklariga monand loyihalangan. Bino asosi kvadrat shakldadir[4].

Tarixi tahrir

Bino 1980-yil „Xalqlar doʻstligi“ maydonida qurib bitkazilgan. Bu maydonda 1977-yilda Toshkent metropoliteni Chilonzor yoʻlining Xalqlar doʻstligi metro bekati qurilgan. Binoning old kirish qismi toʻgʻrisida Shomahmudovlar oilasi monumenti oʻrnatilgan (haykaltaroshlar: Leon Adamov, Sobir Odilov).

Respublika toponimik obyektlar nomlarini tartibga solish komissiyasining 2008-yil 7-apreldagi 07-5-16-sonli protokoli asosida bino nomi „Istiqlol sanʼat saroyi“ deb oʻzgartirilgan[1].

2018-yil 26-aprelda tashkil etilgan videoselektor majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev binoga avvalgi nomini qaytarishni taklif etgan[5].

2018-yil 3-mayda Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashining 36-sessiyasida „Xalqlar doʻstligi“ nomini qaytarish taklifini rasman tasdiqlagan[6].

Muhim sanalar tahrir

Banknota va davlat mukofotlarida tasvirlanishi tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Дворец искусств Истиклол.“ (deadlink). 2017-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-iyul. (Wayback Machine saytida 2017-04-16 sanasida arxivlangan)
  2. Подготовка официального визита Премьера Госсовета КНР.
  3. Подготовка официального визита Президента Франции.
  4. О дворце Истиклол., 2015-07-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-08
  5. „Название «Дружба народов» вернут дворцу и станции метро“ (ru-UZ). Газета.uz (2018-yil 27-aprel). Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
  6. „Название «Дружба народов» вернули дворцу и станции метро“ (ru-UZ). Газета.uz (2018-yil 3-may). Qaraldi: 2018-yil 3-may.
  7. „Scorpions в Ташкенте - Фотографии“. Afisha.uz. 2018-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.